Tashqi xizmat ma’lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ularning ko'rsatmasiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi. Bunday ma’lumotnomalar oddiy ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog'oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.
Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo'yiladi. Masalan, "Korxonaning ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida". Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlarga taalluqli sana alohida ajratib, asosiy matn oldidan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |