O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XO'JALIK SUDLARI
O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining vakolatlari: O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi xo'jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudining, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida ko'radi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining tushuntirishlari xo'jalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi xo'jalik sudlari faoliyatini tekshiradi, xo'jalik sudlarining ishini tashkil etish ijobiy tajribasini o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |