Mavzu:Davlat suv kadastri
Reja:
1.Davat suv kadastri
2.Suvdan foydalanish
3.Suv ombori.Sho’rko’l suv ombori
Maqsad: Davlat suv kadastri mohiyati va uni yaratish tartibi haqida bilim va malaka hosil qilish.
Topshiriq: DKYaT ga taqdim etish uchun davlat suv kadastri ma’lumotlarni tayyorlash.
Suv kadasrt— mamlakatning suv resurslari toʻgʻrisida tartiblashtirilgan maʼlumotlar majmui. Suv kadastri jami suvlarning mikdor va sifat tavsiflari boʻyicha hisobga olish maʼlumotlarini, shuningdek, suvdan foydalanishni qayd qilish va qisobga olish maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi. Suvlardan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni taʼminlash Suv kadastrini yuritishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Suv kadastri maʼlumotlaridan suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv xoʻjaligi tadbirlarini oʻtkazishda foydalaniladi. Suv kadastri 3 boʻlimdan iborat:
1.yer usti suvlari
2.yer osti suvlari
3.suvdan foydalanish
Suv kadastrining har bir boʻlimida doimiy (katalog), yillik va koʻp yillik maʼlumotlar beriladi. Suv havzalarini yillik va koʻp yillik kuzatish orqali ularning hajmini belgilovchi koʻrsatkichlar aniqlanadi (suv havzalari oʻzani, hajmi va h. k. maʼlumotlar). Suvlar tarkibi boʻyicha maʼlumotlar (shoʻrligi, minerallashganligi, harorati va h. k.) suv havzalarining sifat koʻrsatkichlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari, suv havzalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, joylashgan oʻrni, gidrotexnika inshootlari mavjudligi) Suv kadastriga kiritiladi. Suv kadastrida suv monitoringi suv zaxiralaridagi oʻzgarishlarni oʻz vaktida aniklash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish, ularga barham berish uchun suvlarning holati ustidan olib boriladigan kuzatuv tizimi maʼlumotlari muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekiston hududidagi yer usti suv resurslari haqidagi toʻliq maʼlumotlar birinchi marta 1933-1940 yillarda Davlat gidrologiya in-ti tomonidan tayyorlanib, suv resurslari maʼlumotnomasi, daryolar rejimi, suv sathi maʼlumotlari haqidagi nashrlarda koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi suv kadasti yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish toʻgrisida»gi qonuni (1993 yilillar 6-may)
ga muvofiq olib boriladi. Davlat Suv kadastri va suv monitoringini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiradi.
Suv obyektlari daryolar turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sugorishga xizmat qiluvchi kanallar; kollar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar)
Suv xojaligi obyektlari (inshootlari) Gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga moljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv toplanadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari.
Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni organish boyicha vazifalar taqsimotiga muvofiq DSK quyidagi bolimlarga bolinadi: Yer usti suvlari;Yer osti suvlari;Suvdan foydalanish
Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish. Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masalalari Davlat suv kadastri malumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpogiston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari boyicha, yer osti suvlari bolimi boyicha esa gidrogeologiya mintaqalari boyicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi. Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xojalik faoliyati tasiridagi ozgarishlar togrisidagi malumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bolgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika boyicha umumlashtiriladi. Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xojalik faoliyati tasiridagi ozgarishlar togrisidagi malumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika boyicha umumlashtiriladi. Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan ozaro bogliqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish togrisidagi malumotlar davlat ahamiyatiga ega bolgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xojaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika boyicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari boyicha umumlashtiriladi. Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini taminlash uchun Davlat geologiya qomitasi hamda Suv xojaligi vazirligi tomonidan (Davlat suv kadastrining tegishli bolimlari boyicha) ishlab chiqiladigan Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy korsatmalar, Davlat suv kadastri nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri boyicha boshqa normativ-texnik hujjatlar Ozgidromet markazi bilan kelishib olinishi kerak.
Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish togrisidagi zarur malumotlar bilan taminlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, istemolchilarning talablarini hisobga olgan holda malumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun Ozgidromet markazi, Davlat geologiya qomitasi hamda Suv xojaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi Ozgidromet markazi, Davlat geologiya qomitasi hamda Suv xojaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida Ozgidromet markazi, Davlat geologiya qomitasi hamda Suv xojaligi vazirligining tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish bolimlari boyicha Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, Davlat suv kadastri idoralarga qarashli bosh markazlari tashkil etiladi. Davlat suv kadastri idoralararo bosh markazi funksiyasini Ozgidromet markazining gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi.
Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul,Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi
Shoʻrkul suv ombori - Buxoro viloyatidagi suv ombori. Zarafshon daryosidan maxsus qazilgan kanal orqali kuzqish mavsumida toʻldiriladi. 1977—80 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln.m3, toʻgʻoni bal. 14,5 m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 35 m³/s. Buxoro viloyatidagi Gʻijduvon, Navoiy viloyatidagi Konimex va boshqalar tumanlardagi 35 ming ga ekinzorlarni sugʻoradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |