Inkapsulyatsiya: Yuqorida qayd qilingandek sinf uchta mohiyatni – maydon
(berilganlar), metodalar va xossalarni birlashtirishni angalatadi. Inkuapsulyatsiya sinfni
programmaning boshqa qismlaridan ajaratish imkonini beradi va ma‟lum bir ma‟noda sinfni
«mustaqil» holda biror bir konkret masalani yechish uchun yetarli qiladi. Natijada alohida holda
sinf qandaydir amaliy xususiyatga ega bо„ladi. Masalan, TForm sinfi Windows darchasini
yaratish uchun, TMemo - matn tahriri uchun, TTimer – taymer bilan ishlash uchun zarur
«narsalarni» о„z ichiga oladi va hakoza.
Inkapsulyatsiya foydalanishga tayyor programma ishlanmalarini almashinuvi uchun
kuchli vositasidir. Delphi sinflar kutubxonasi - bu programmani qurishda ishlatiladigan,
Borland programma tuzuvchilari tomonidan yaratilgan «g„ishtchalar» majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |