siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy o„zgarishlar Oliy ta‟lim tizimida ham o„z aksini
topmoqda. 0„zbekistonda uzluksiz ta‟lim-tarbiya tizimini yaratish, shu asosida ta‟lim sifatini
2
jaxon andozalari darajasiga etkazish ta‟lim sistemasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa
barcha mutaxassisliklar qatori Informatika va dasturlash bo„yicha kadrlar tayyorlash sifatini
oshirishni ham taqozo etadi. Bu maqsad vazifalar ushbu fan dasturi mazmunini ham belgilaydi.
Algoritm konsepsiyasining vujudga kelishi bilan algebra, sonlar nazariyasi, geometriya va
matematikaning boshqa sohalariga tegishli bir qator muammolarning echimli yoki echimli
emasligini aniqlashtirish imkonini berdi. Algoritmlar nazariyasi faoliyat sohasi EHMIar vujudga
kelishi bilan yanada kengaydi. Yuqoridagi fikrlar “Dasturlash tillari” fanining asosiy mazmunini
belgilashga yordam beradi.
“Dasturlash tillari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- va 3-
kurslarda o'qitilishi maqsadga muvofiq. “Dasturlash tillari” fani “Informatika o'qitish
metodikasi” ta‟lim yo'nalishida o'qitiladi. Mazkur fan Algoritmlar fanining nazariy va uslubiy
asosini tashkil qilib, o'z rivojida aniq va tabiiy fanlar uchun zamin bo'lib xizmat qiladi.
“Dasturlash tillari” fanini о„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
bakalavr axborot, uni saqlash usullari, qayta ishlash va uzatish, hisoblash tizimlarining
matematik va dasturiy ta‟minoti, ularni fan sohalarida, ishlab chiqarish va ta‟limda qо„llash
xususiyatlari, kompyuterni dasturiy ta‟minoti, dastur turlari va xususiyatlari, strukturali,
ob‟ektga yо„naltirilgan va umumlashgan dasturlash, dasturni optimallashtirish va
umumlashtirish, dasturlashda modulli tamoyillarini qо„llash, kompyuter texnologiyalari
yutuqlarini zamonaviy hisoblash tizimlarining matematik va dasturiy ta‟minotida qо„llash,
dasturlashning taraqqiyotining an‟analari haqida tasavvurga ega bо„lishi, yuqori darajadagi
dasturlash tillarini, dasturiy ta‟minotni, dasturlash texnologiyalarini, tatbiqiy va hisoblash
matematikasi masalalarini yechish algoritmlarini, modulli tahlil va modulli Dasturlash tillarini,
ob‟ektga yо„naltirilgan va umumlashgan dasturlash usullarini, samarali dastur va dasturlar
kompleksini yaratish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, tadbiqiy masalalarni yechish
algoritmini tuzish, matematik (kompyuter) modelini qurish va uning dasturiy ta‟minotini
yaratish, strukturali, ob‟ektga yо„naltirilgan va umumlashgan dasturlash paradigmalarini
qо„llash asosida ilovalarni yarata olish, dasturlashda, hisoblash texnikasi va dasturiy ta‟minot
imkoniyatlaridan samarali foydalanish, muammoga va ob‟ektga yо„naltirilgan tillardan
foydalanish, yaratilgan ilovalarni baholash kо„nikmalariga ega bо„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: