Fayllar bilan ishlash
Reja:
1. Dasturlar, fayl va papka oynalari. Ishlash usullari va ta’rifi.
2.Papka va fayllar bilan ishlashning asosiy usullari.
3. C++ da matnli fayllar bilan ishlash.
1. Dasturlar, fayl va papka oynalari. Ishlash usullari va ta’rifi
1. Kompyuterda dastur ishga tushgach, ekranda fayllar ro‘yxati va ular xaqidagi axborotlar yozilgan ko‘sh chiziq bilan chegaralangan oynalar paydo bo‘ladi. (Aslida WINDOWS so‘zi xam “oynalar” degan ma’noni bildiradi). Oynalar to‘gri to‘rtburchak shaklda bo‘ladi. Obyektni (fayl, papka yoki dastur) ochish obyektning belgisida yoki obyektning kontekst menyusidan ochish buyrugida “sichqoncha”ning chap tugmasini 2 marta tez bosish bilan amalga oshiriladi.
2. Oyna elementlari-ochiq obyektning nomini saqlovchi sarlavxa o‘lchovini o‘zgartiruvchi va oynalarni biriktiruvchi tugmalarni boshqarish tugmalaridan iborat. Bunda tugmalarning yigishtirish, o‘lchov o‘zgartirish va oyna berkitish faoliyatini ko‘rsatib tasvirlab berish lozim. Oynani yigishtirish operastiyasi bilan oynalarni yopish operastiyasi farqlarini ta’kidlab o‘ting (Birinchi xolatda obyekt faolligicha qoladi, ikkinchisi bilan ish xam to‘xtatiladi).Masalalar paneli yordamida yoki ALT+TAB tugmasini bosish bilan yigishtirilgan oynalarni tiklash xam mumkin.
3. Oyna o‘lchovlarini o‘zgartirish, oyna o‘lchovi o‘zgartirish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi 2 yo‘nalishli strelkalar paydo bo‘lguncha, “sichqoncha” kursorini oyna chegarasiga olib berishi kerak. “Sichqoncha”ning chap tugmasini bosish va uni bosib turgan xolda kursorni ko‘chirib, shu vaqtda oyna o‘lchovini o‘zgartirish kerak.
4. Oynani “sichqoncha” yordamida boshqa joyga ko‘chirish yo‘li bilan xarakatlantiriladi. Buning uchun kursorni oyna sarlavxasi o‘rtasiga olib boriladi, “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi, uni bosgan xolda oyna ish stolida ko‘chiriladi.
5. Bir vaqt ichida bir necha obyektni, ularning xar biri aloxida oynada joylashganligi, ochish imkoniyatlari xaqida gapirish o‘rinli. Shuni ta’kidlash lozimki, faqat ulardan biri faol bo‘lishi mumkin, vaqtning xar damida faqat bir oyna bilan ish amalga oshirilishi mumkin. Bunda faol oyna sarlavxasi to‘q ranglar bilan ajratilgan bo‘ladi.
Oynalar orasida ko‘chish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) “Sichqoncha” tugmalarini faoliyatsiz oyna yuqori qismida bosiladi;
b) “sichqoncha” tugmalarini masalalar panelida faoliyatsiz oyna tugmasida bosamiz;
v) ALT+TAB tugmalar kombinastiyasi yord
Do'stlaringiz bilan baham: |