Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani ham shu usullardan,
albatta, foydalanadi.
Tahlil usuli o‘rganish predmetini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishni
nazarda tutadi.
Sintez usuli esa predmetning o‘rganilgan bo‘laklarini
birlashtirishni va tahlil natijalarini umumlashtirishni nazarda
tutadi. Tahlil tadqiqot boshida amalga oshirilsa, sintez uni
yakunlaydi.
Induksiya usuli - hususiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr
bildirishdan (ya’ni asosdan) umumiy xodisalar hususiyatlaridan
olingan fikr bildirishni (ya’ni xulosani) keltirib chiqarish usulidir.
Bunda hususiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr
bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish
(asos) haqiqat deb faraz qilinadi.
Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida
hususiyatlar bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash
usulidir.
Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan
hususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida
ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz hususiyatlari, qismlari va
munosabatlaridan voz kechish usulidir.
Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real
xayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan
modelni yaratish va uning hususiyatlarini real xayotda uchraydigan
ob’ekt hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir.
Konkretlashtirish usuli – ob’ekt va predmet to‘g‘risidagi abstrakt,
hamda ideallashtirilgan bilimlarni real hayotdagi xodisalar
to‘g‘risidagi bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir.
Tasniflash (klassifikatsiya) usuli – muayan ob’ektlar (elementlar)
to‘plamidan muayan tasniflash alomati bo‘yicha tasniflar (klasslar,
quyi to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning
hususiyati yoki tavsifidir. Alomatlar sifatiy va miqdoriy
ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani - fanlararo fandir. Demak,
bu fan mutaxassislik fanlarning tadqiqot usullaridan tegishli
tizimlarni o‘rganishda foydalanadi. Bular:
-sotsiologik usullar (kuzatuv, Intervyu va so‘rovnoma orqali
o‘rganish usullari);
-psixologik usullar (kuzatuv, test, eksperiment va xok. orqali
o‘rganish usullari);
-matematik usullar (matematik modellashtirish, matematik tahlil,
funksional tahlil, algebra, matematik mantiq, o‘yinlar nazariyasi,
ehtimollar nazariyasi usullari va boshqalar);
-statistik usullar (boshlang‘ich statistik tahlil, tanlanma statistik
kuzatuv, korrelyasion-regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili,
indekslar usuli);
-iqtisodiy tahlil usullari (iqtisodiy samaradorlik nazariyalari
usullari); -davlat va huquq nazariyasi usullari;
-yuridik dogmatika va germenevtika usullari;
-tarixiy hujjatlar tahlili va sintezi va xok. So‘ngi asrda vujudga
kelgan yangi sohalararo fanlarning quyidagi usullari tizimlarni
o‘rganishda nihoyatda foydalidir:
-boshqaruv usullari;
-verbal modellashtirish usuli;
-qarorlar qabul qilish usullari; -kibernetik va sinergetik usullar.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil
Do'stlaringiz bilan baham: |