Center (markaz), Current Object (dastlabki ob’yekt) va Target Object
(tayanch ob’yekt) guruhlaridagi X va Y koordinatlarini belgilang.
Ilgak asosi taglik markazida joylashadi (4.14 rasm).
6. Yana bir silindr qurib, uni belgilangan holatda qoldiring.
Eslatma
Eslatib o‘tamiz, ob’yekt belgilangan holatda turganda parametrlar tizimidagi
hisoblagichlar yordamida uning parametrlarini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
7. Create (yaratish) buyruqlar panelidagi Object Type (ob’yekt turi)
ro’yxatidan Compound Objects (tarkibli ob’yektlar) variantini tanlang va
Scatter (taqsimlangan) tugmasini bosing.
Bu tugma bir ob’yekt dublikatini boshqa ob’yekt yuzasi bo‘yicha
joylashtiradi. U o‘tlar, daraxtdagi barglar va boshqalarni o‘xshatish uchun
ishlatilishi mumkin. Taqsimlangan ob’yekt manbai-ob’yekt deb nomlanadi,
taqsimlangan dublikatlar joylashgan ob’yekt bazaviy ob’yekt deyiladi.
Dublikatlarning taqsimoti tasodifiy sonlar generatori yordamida amalga
oshiriladi. Dublikatlarning joylashuvini hisoblagichning sonli qiymatini
o‘zgartirib, almashtirish mumkin.
8. Pick Distribution Object (taqsimlash bazasini belgilash) tizimida Move
(surish) rejimini belgilang.
Bu rejimda ob’yekt-baza, taqsimlash bazasi belgilanayotganida, tarkibiy
ob’yektga o‘tadi.
9. Pick Distribution Object (taqsimlash bazasini ko‘rsatish) tugmasiga ChS
bilan bosing va ilgakning asosi-silindrni belgilang.
Silindr joyidan qo‘zg‘alib, ilgakning asosi bo‘lgan silindrga birikib qoladi
(4.15. rasm).
10.Duplicates (dublikatlar) hisoblagichiga 6 raqamini kiriting.
Hisoblagichning qiymati taqsimlanayotgan ob’yektni miqdorini belgilaydi.
Agar ob’yekt-manbaining dublikatlari ob’yekt-bazaning yoqlari yoki uchlari
markazlariga taqsimlansa, hisoblagichning qiymati dublikatlar sonini
aniqlamaydi. Aytilgan rejimlar quyida ko‘rib chiqiladi.
11.Distribution Object Parameters (ob’yekt-baza parametrlari)
bo‘limidagi Perpendicular (perpendikulyarno) bayroqchasini belgilang.
Bu variantda dublikat ob’yekt bazani qirralarining yuzalariga perpendikulyar
holatda joylashadi.
4.15 rasm. Silindr ilgakning asosiga biriktiriladi.
. 12.Distribute Using(taqsimlash) bo‘limida Area (maydon bo‘yicha) ulagichni
bosib, ob’yekt-baza yuzasi bo‘yicha dublikatlar taqsimoti variantini bering.
Baza yuzasi bo‘yicha dublikatlar tasodifiy bir tekis taqsimlanadi. Bu bo‘limning
qolgan variantlari quyidagini bildiradi:
Even (bir tekis) — ob’yektni qirralari soni dublikat soniga bo‘linadi;
Skip N (N yoqlarni o‘tkazib yuborish) —dublikatlarni taqsimlashda ob’yektbazani
Do'stlaringiz bilan baham: |