Reja:
Dalvarzintepa yodgorligi
Xolchayon
Ayritom yodgorligi
Foydalanilgan adabiyotlar
Dalvarzintepa yodgorligi
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Bu tadqiqotlar va o‘rganishlar davomida topilgan ashyolar tariximiz naqadar boy ekanidan dalolat beradi. Tarixiy eksponatlar orasida ham moddiy, ham madaniy jihatdan qimmatlisi Dalvarzintepa xazinasidir. Xazina qanday topilgan?
— Sho‘rchi tumanidagi Dalvarzintepa Kushonlar davri madaniyatining mashhur yodgorligi sanaladi. Tepalikda o‘tgan asrning 60-yillaridan keyin qazilma ishlari boshlangan, — deydi Termiz davlat universiteti Tarix fakultetining magistratura yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabasi Saidvali Sultonov. — 1972 yildagi qazishma ishlarida akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi bir guruh arxeologlar og‘irligi 36 kg. bo‘lgan oltin buyumlarni topadi. Kichik ko‘zadagi xazina qadimiy shahar uylardan birining poli tagiga ko‘mib qo‘yilgan ekan. Ko‘zada oltindan tayyorlangan sirg‘alar, bilakuzuklar, kamarbandlar, uzuklardan iborat 115 ta buyum bo‘lgan.
Ularning har biri, avvalo, san'at asari sifatida bebaho ahamiyatga ega. Chunki oltin bezaklar zo‘r mahorat bilan tayyorlangan. Ular go‘zalligi, nafisligi, jimjimadorligi va nozik ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi. Xazina orasidagi kamarbandlarda afsonaviy hayvonlar tasvirlangan. Bu topildiq Kushonlar davrida Baqtriyada zargarlik san'atining yuqori darajada taraqqiy etganidan dalolat beradi.
Dalvarzintepa xazinasi qaerda saqlanadi?
Yaqin o‘tmishimizdan ma'lumki, o‘tgan asrda istilochilar yurtimiz boyliklarini turli yo‘llar bilan o‘z vataniga olib ketgan. Ular ba'zan qimmatbaho topilmalarni oddiy odamlardan arzon-garovga sotib olgan bo‘lsa, gohida shunchaki o‘ziga tegishli buyumdek cho‘ntagiga urishgan. Ne ajabki, o‘sha zamonda topilgan Dalvarzintepa xazinasi yurtimizda saqlab qolinadi.
— Tarixda yaxshi bilasizki, o‘tgan asrning 70-80-yillarida yurtimiz siyosiy hayotini Sharof Rashidovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, — deydi
S.Sultonov. — Nazarimda, Dalvarzintepa xazinasini saqlab qolishda Sharof Rashidovning xizmati bor. Chunki oddiy sopol idishni ham yurtimizda qoldirishni istamaganlar bunday katta xazinadan osongina kechib ketmagani aniq. Ehtimol, xazina boshqa insonlar sabab saqlab qolingandir. Nima bo‘lganda ham mana shu tarixni o‘rganishning o‘ziyoq biz, yoshlarga ulkan saboq bo‘lishiga ishonaman. Kushonlarning ilk poytaxti
Dalvarzintepadan Budda ibodatxonasining qoldiqlari, gipsdan ishlangan ajoyib haykallar, Buddaning boshi, qimmatbaho fil suyagidan tayyorlangan shaxmatning ikki donasi ham topilgan. Topilmalar orasida Kushonlar imperatori Vima Kadfiz tasviri tushirilgan muhr katta ahamiyatga ega. U Dalvarzintepa Kushonlar davlatining ilk poytaxti bo‘lganidan dalolat beradi.
Mazkur muhr mashhur yapon arxeologi, marhum Kato Kyudzo hamda taniqli olim Bahodir Turg‘unov ishtirokidagi qazishmalari vaqtida tangalar, g‘alati shaklga ega bo‘lgan tutqichli tangasimon buyum qatorida topilgan. Bu noyob topilma Surxon vohasi Kushonlar imperiyasi davrida ancha muhim ahamiyatga ega bo‘lgani, ma'muriy-siyosiy markazga aylantirilganini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |