Reja ctandartlashtirish asoslari


Standartlashtirishning rivojlanish tarixidan qisqacha ma`lumot



Download 23,19 Kb.
bet3/4
Sana14.06.2022
Hajmi23,19 Kb.
#667330
1   2   3   4
Bog'liq
metrologiya va standartlashtirishnin

Standartlashtirishning rivojlanish tarixidan qisqacha ma`lumot

Insoniyat standartlashtirish bilan juda qadimda shug’ullana boshlagan. Masalan, Shumer yoki Misrda topilgan topilmalarga asoslandigan bo`lsak, yozuv kamida 6 ming yil avval paydo bo`lgan. Piktogramma belgilari va yozuvning boshqa shakllari standartlashtirishning dastlabki namunalari desak yanglishmaymiz. Raqamlar ham kamida 4 ming yil ilgari vavilonliklarga ma`lum bo`lgan. eramizdan avvalgi 200 yillarda Gretsiyada paydo bo`lgan, me`yorlashtirilgan notalar yozuvi ham bunga misol bo`lishi mumkin.


Xitoy imperatori Tsin’ Shixuandi (taxminan 2200 yil avval) soliqlar yig’ishni soddalashtirish maqsadida barcha o`lchov (tarozi) toshlarini, o`lchovlarni va tangalarni bir xil qilgan. U ierogliflarni yozishni unifikatsiyalagan, yo`llar kengligini bir xilligini ta`minlash maqsadida barcha aravalar o`qlarining uzunligini bir xilga keltirgan.
O`lchash san`ati qadimgi Misrda ham 7 ming yil avval ma`lum bo`lgan. Misrdagi qabrlardan uzunlik o`lchovi etalonlari topilgan, piramidalar qurilishida uzunligi taxminan 52,6 sm bo`lgan «shoh tirsaklari» (Tsarskiy lokot’) ishlatilgan. eramizdan oldingi XVIII asrda shoh Xammurapi tarozular va toshlarni andozalashtirgan va bu to`g’risida maxsus qonun tayin qilgan.
Vaqtni hisoblash ham standartlashtirishning qadimiyligini ko`rsatuvchi misol hisoblanadi. Xitoyda eramizdan oldingi V asrda bir yili 365,25 kunga teng bo`lgan kalendar qabul qilingan. Hozirda amalda bo`lgan kalendarimiz ham Tsezar davriga (eramizgacha 45 yil) borib taqaladi.
Qo`l mehnatidan mashina mehnatiga o`tish davrida standartlashtirishning erishgan yutuqlari diqqatga sazovordir. Fransuz Leblan tomonidan 1785 yilda tayyorlangan 50 ta qurollar uchun qulflar (orujeynie zamki) bir vaqtda ishlab chiqarilgan qurollarning bir biriga hech qanday qayta ishlovsiz tushgan, bu o`zaroalmashuvchanlikning bir misoli hisoblanadi. Ommaviy ishlab chiqarishga o`tish maqsadida Germaniyaning qirollik qurolsozlik zavodida qurollar uchun standart o`rnatilgan va natijada ularning kalibri 13,9 mm qilib belgilangan. 1845 yilda Angliyada mahkamlash rez’balarining tizimi amalga kiritilgan va shu vaqtda Germaniyada temiryo`l izining eni standartlashtirilgan.
Xalqaro standartlashtirishning boshlanishi deb 1875 yilda 19 ta davlat vakillari tomonidan Xalqaro metrik konvensiyani qabul qilinishi va Xalqaro tarozilar va birliklar byurosining tashkil qilinishini hisoblash mumkin.
Turkiston Respublikasi xalq komissarlari sovetining farmoyishiga asosan 1923 yil Toshkentda tarozilarni va o`lchovlarni tekshirish markaziy byurosi tashkil qilingan. Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasida tarozilar va o`lchovlar davlat xizmatiga asos solingan.
Mustaqillik yillarigacha, ushbu Markaziy byuro o`z nomini bir necha marta o`zgartirgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, mustaqil davlat sifatida 1992 yil mart oyida dastlab BMTga a`zo bo`lib kirdi va shu oyda xalqaro ISO Qo`mitasiga teng huquqli a`zo bo`ldi.
Hozirgi vaqtda bizning Respublikamiz xalqaro ISO Qo`mitasining teng huquqli a`zosi sifatida mazkur qo`mitaning xizmatlaridan, me`yoriy hujjatlari va standartlaridan foydalanib kelmoqda.
Respublikamizda 1992 yilda Standartlashtirish, Metrologiya va sertifikatlash Respublika qo`mitasi tuzildi. Keyinchalik mazkur qo`mita stardartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash bo`yicha O`zbekiston milliy qo`mitasi «O`zstandart», hozirda esa «O`zstandart» agentligi nomini oldi. Respublikamizning barcha yirik shaharlarida, Respublika «O`zstandart» ining cheklangan imkoniyatlariga ega, standartlashtirish va metrologiya bo`yicha boshqarmalari, shuningdek sifat va sertifikatlash markazlari faoliyat yuritmoqda. Shaharlardagi ushbu qo`mitalar me`yoriy hujjatlarning me`yor va qoidalari bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek ma`lum bir mahsulotlar sifati to`g’risida sertifikatlar beradi. SHular bilan bir qatorda ular standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlar to`g’risida tushintirish ishlari olib boradi va texnik shartlar va me`yoriy hujjatlar ishlab chiqishda korxonalarga ko`maklashadi (zarur hollarda «O`zstandart» ga yangi mahsulotlar va xizmatlar bo`yicha yangi standartlarni ishlab chiqish bo`yicha tavsiyanomalar beradi).



Download 23,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish