Oksidlangan aktivlangan ko‘mir
|
Odatdagi ko‘mir - anionalmashtirgich Oksidlangan aktivlangan - kationalmashtirgich
Oddiy va oksidlangan aktivlangan ko‘mir sirtidagi jarayonlar
Aktivlangan ko‘mirning sorbsion xossalarini kompleks hosil qiluvchi moddalar qo‘shish bilan yaxshilash mumkin, ularni shunday tanlanadiki, bunda makrokomponentning adsorbsiyasi mikrokomponentning kompleksini sorbsiyasiga nisbatan juda kam bo‘lishi kerak. Kompleks birikmalarni konsentrlash va ajratishning effektivligi ularning barqarorlik konstantasi bilan, ligandlarning tuzilishi va komplekslar zaryadi bilan aniqlanadi. Uni analiz qilinadigan eritmaga yoki bevosita aktivlangan ko‘mirga kompleks hosil qiluvchi agent qo‘shish bilan effektivligi oshiriladi. Masalan Yakvert kumush metali va talliy nitrati tarkibidagi Bi, Co, Cu, Fe, Zn va Pb mikromiqdorlarini atom-absorbsion aniqlash uslubini taklif etgan. Bunda bu mikroelementlar ksilenol zarg‘aldog‘i bilan barqaror xelatlari hosil qilingan va filtrga o‘rnatilgan aktivlangan ko‘mir qavati adsorbilangan. Kiritilgan konsentrat nitrat kislota bilan ishlov berilgan va sentrifuga qilingandan keyingi eritma atsetilen havo aralashmasi alangasiga kiritilgan. Bunday ishlarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan Belgiyalik kimyogarlar Ag, Co, Cr, Cu, Hf, Fe, Al, Nb, Bi, Mn, Ni, Pb, Re, Sc, Tl, Zn, Zr, Ti, V, Mo, Pd, Hg, Ta, Sn va siyrak er elementlarini konsentrlashda (ularni 8-oksi-xinolyatlarga aylantirgandan so‘ng aktivlangan ko‘mirdan foydalanganlar. Bunda konsentrlash koeffitsienti 104 darajagacha etgan, aniqlash rentgenfluoressent analiz orqali amalga oshiriladi.
Reja :
1. Fizikaviy ajratish va konsentrlash usullari.
3. Rouz-Klaypeyron tenglamasi
2. Distilyatsion va sublimatsion jarayonlar geterogenli sistemalar:
Tayanch iboralar:molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari, haydash, bug‘latish, distilyatsiya, filtrlash, konsentrlash, gelfiltrlash, sublimatsiya, vozgonka, rektifikatsiya,nazariy tarelkalar, azeotrop aralashma, Rouz-Klaypeyron tenglamasi, Truton qoidasi, oddiy haydash, Raul qonuni.
Fizikaviy ajratish va konsentrlash usullarida kimyoviy reaksiyalar amalga oshmaydi. Bunda ajratish va konsentrlash usullarining molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari, Vandervals kuchlari hisobiga amalga oshadi. Bu usullarga misol qilib haydash, bug‘latish, distilyatsiya, filtrlash, konsentrlash, gelfiltrlash, sublimatsiya, vozgonka, rektifikatsiya va boshqalarni keltirish mumkin. Distilyatsion ajratish va konsentrlash uchuvchan moddalarni haydashga asoslangan. Ma’lumki moddalar turli haroratlarda haydaladi. Suyuq moddalar gazga (bug‘ga) aylanib haydalsa, ayrim qattiq moddalar suyuqlanmasdan birdaniga bug‘ga aylanib haydaladi. Bunday hodisa sublimatsiya deyiladi.
3 3
3 4 3
4
Gaz holatiga o‘tgan modda sovutilib kondensatlanadi va ajratib olinadi. Gaz holatidagi moddalarni kondensatlanishidan tashqari yuttirib ham ajratish mumkin. Ayrim hollarda uchuvchan modda haydalib, qoldiq tekshiriladi. Agar suyuqliklar aralashmasini ajratish talab qilinsa, aralashmadagi har bir moddani qaynash haroratida ketmaket haydab ajratish mumkin. Buning uchun rektifikatsion kolonnalardan foydalaniladi. Masalan neftni fraksiyalarga ajratish bunga misol bo‘ladi. Ayrim moddalar uchuvchan emas, ularni ajratish uchun uchuvchan holatga aylantirish talab etiladi. Masalan borni haydab ajratish uchun uni borat kislota efiriga aylantirilib [B(OCH ) ] haydalsa, mishyakni AsCl ga, germaniyni GeCl ga, temirni FeCl ga, kremniyni SiF ga, simobni erkin simob (Hg) ga aylantirilib haydaladi.
Aralashma bug‘lanishi va kondensatlanishining bosqichlariga nazariy tarelkalar deyiladi. Hamma nazariy tarelkalar ham rektifikatsion kolonnalar bilan bog‘liq emas. Dastlabki bug‘lanish va kondensatlanish suyuqlik solingan idishning o‘zida bo‘ladi. Agar berilgan distilyatsion qurilmaning samaradorligi n ga teng bo‘lsa, uning nazariy tarelkalari soni n-1 ga teng bo‘ladi.
Ko‘pchilik suyuqlarning aralashmalarini toza holda ajratish ancha qiyin, chunki ular azeotrop aralashmalarni hosil qiladi. Bir xil tarkibli gaz fazasi bilan muvozanatdagi suyuqlik aralashmasiga azeotrop aralashma deyiladi. Masalan, tarkibida 50% (mol) suv bo‘lgan etanolni ajratish talab etilsa, 95% (massa bo‘yicha) etanol haydab ajratilishi mumkin. 100% lik etanolni haydab ajratib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |