Reja: Chingiz Aytmatovning hayot va ijod yo'llari



Download 18,19 Kb.
Sana30.07.2021
Hajmi18,19 Kb.
#132976
Bog'liq
insho bolalik


INSHO

Chingiz.Aytmatov “Bolalik”

Reja:

1. Chingiz Aytmatovning hayot va ijod yo'llari.



1.Bolaligimning ey qiziq onlari.

2.Chingizning bolalarcha beguborligi

3.Asardan olgan ta’assurotlarim

Bolaligim podsholigim.

Chingiz Aytmatov , mashhur yozuvchi, asarlari jahon adabiyotlari qatorida o’rin olgan qirg’iz adibi bo’lib, qirg’iz adabiyotiga ulkan hissa qushgan shaxslardan biri desak ham bo’ladi. Uning tarjimai holi ham xuddi boshqa adiblar kabi faqirona, ya’ni oddiy bir oilada ulg’yaib usgan va bu faqirona hayot mashhurlikning ilk pog’onalaridan biri edi.

Chingiz Aytmatovning “Jamila”, “Qizil durrali sarvqomatim”, “Boʻtakoʻz”, “Birinchi muallim”, “Erta qaytgan turnalar”, “Momo yer”, “Alvido, Gulsari”, “Oq kema” qissalari, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat” romanlari XX asr jahon adabiyotining noyob durdonalari hisoblanadi. Bu asarlar jahonning yetmishdan ziyod tiliga tarjima qilingan.

Buyuk adib Chingiz Aytmatov 2008-yil 10-iyunda ogʻir kasallikdan vafot etdi.

Chingiz Aytmatov nomini jahonga mashhur qilgan asar “Jamila” qissasi boʻldi. 1958-yilda yozilgan bu asar hozirgacha qirqdan ortiq tillarga tarjima qilingan. Qissani fransuz tiliga tarjima qiblgan Lui Aragon uni “Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa” deb baholaydi.

Asar Chingiz Aytmatovning eng Durdona asarlaridan biridir. Asarda Chingizning eng begubor hecham takrorlanmas hatto oltinga ham alishmeydigan damlari,eslasa koziga beihtiyor kulgu keladigan onlari gavdalangan. Asar kichik kichik hikoyalardan iborat bõlib har bir bolgan voqealarni yozuvchi sujet ipiga mohirona tergandek goyo. Asarda har bir hikoya oziga hos bejirim. Masalan kitobning birinchi hikoyasi “Kotta Enam”deb nomlangan. Chingiz aynan hikoyani enasini eslash bilan boshlagan. Enasiga kichikligidan hurmati òzgacha bolgan. Aynan bolalikning eng gullagan esda qolarli damlari ham enasi bilan otganini korishimiz mumkin. Birinchi hikoyada ,,Bolaligimning ilk hotiralarini rahmatlik kotta enam Oyimxonni eslash bilan boshlamoq burchimdir. Enam favqulodda insoniy sifatlar sohibasi edi. Ovulda aql-zakovati,obro-e’tibori bilan ajralib turar edi. Hudo uni tabiatan dono qilib yaratgandi’’ deya hotiralaydi. Enasining esa 5 nafar farzand kôrgani uchunchi farzand otasi Töraqul bolganini yozadi. Ushbu hikoyada bola enasi bilan chorvachilikni, yaylovma-Yaylov suruv boqishni yosh bola aynan enasidan órgangan. Bola eslaydiki bu paytlarda kollektivlashtirilgan siyosat olib boriladigan pat edi odamlar sekin sekin otroqlasha boshlagan. Yaylovning sõz ila ifodalab bolmaydigan gozaliklari hato suvlarning qay maqomda birdek tiniq hamda musaffo oqishini ham murgak bola qalbida yangi bir dunyoni yaratar edi. Hikoyada kunlardan bir kuni bolaning tishini ogrib qolishi hamda enasi uning uchun har qandey dori darmonlar qilib korgani foydasi bolmagandan keyin bir odamni doktor uchun Jonatgani doktir kelganida esa huddi yosh bolalardek quvnab hursand bolib ketgani eslaydi. Huddi osha shifokorning millati Shaman bòlganini juda ham yaxshi hotiralaydi. Yosh Chingizning aynan ismini ham tarixni yaxshi biladigan Rizqulbek amakisi qoygani uning ham taqdiri huddi dadasi singari bölganini eslaydi.

Asardagi eng qiziq hikolardan biri esa ,,Birinchi maoshim”deya nomalanadi. Bu nomni berishiga Sabab esa jajji bõlishiga qaramasdan tilni juda yaxshi bilgani bois tarjimonlik qiladi. “ Õsha paytdan beri ikki millat uchun tarjimonlik qilib kelaman. Bu voqea meni bu borada ilk tajribam edi.” Deya eslab òtadi. Yozuvchi “Qashqirlarga duch kelganim”deya nomlangan hikoyasida onasi haqida ozgin gapirib õtgan.”Onam kasalmand edi. Nasldan naslga òtadigan keter revmatizm degan hastalikdan aziyat chekar edi. Oyoq-qölarining bògimlari vaqti vaqti bilan ishib ketar,zirqirab ogrir edi. Shu ahvolda ham beva Onam tört bolani voyaga yetgazdi.”deya onasini hotirleydi.

Bizning ovulimizda yetti pushtini bilish aqidasiga qatʼiy rioya qilinardi. Shu sababdan oʻzimizdan oldin oʻtgan yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirilardi. Odatda, ovul qariyalari bu borada oʻgʻil bolalarni: “Qani ayt-chi, botir, kimlarning avlodidansan? Otang kim? Otangning otabobolari kimlar? Nima ish bilan shugʻullanishgan? Odamlar ular haqida nima deydi?” kabi savollar bilan sinashardi. Agar bola bu savollarga javob berolmasa, uning ota-onasi qattiq izza qilinardi.

Aytmat bobomni men koʻrmaganman. U 1918–1920-yillarda vafot etgan. Men esa 1928-yil 12-dekabrda tugʻilganman.

Bizning Sheker ovulimiz (bu Talas vodiysida) chekkasidagi Qurqureu daryosining qirgʻogʻida eski, yerga botib borayotgan tegirmon toshi bor. Yillar oʻtgan sayin u koʻproq yemirilib, yerga chuqurroq singib bormoqda. Ana shu yerda bobomning tegirmoni boʻlgan. Bu tegirmon bir yilcha ishlagan, xolos, keyin yonib ketgan. Shundan keyin inqirozga uchragan bobom 12 yoshli oʻgʻli Toʻraqul mening otam bilan bu yerdan ketib, Mayman stansiyasi yaqinidagi temiryoʻl tunnellari qurilishida ishlagan. Shu yerdan mening otam rus bojxona maʼmuriyati yordamida Avliyoota shahridagi (hozirgi Jambul) rustuzem maktabiga oʻqishga kirdi. Keyin u ikki marotaba Moskvada oʻqidi.Qirgʻizistonda rahbarlik lavozimlarida ishladi.Onam Nagima Hamzayevna Aytmatova oʻqimishli, oʻz davrining ilgʻor xotin-qizlaridan boʻlgan. Bu narsa ota-onamga meni rus madaniyati, tili va adabiyotiga oshno qilish imkonini bergan.

Buvim esa har yozda me

ni toqqa olib ketardi. U ovuldagi eng aqlli va hurmatga sazovor ayollardan edi. U men uchun ertak, doston, qadimiy qoʻshiq va ajdodlarning bitmas-tuganmas xazinasi edi. Ehtimol, oʻshanda buvim oʻzi sezmagan holda oʻz tilimni sevishga, hurmat qilishga oʻrgatgandir. Bunga hech qanday shubham yoʻq. Ona tili! U haqda nihoyatda koʻp gapirilgan. Lekin uning sirli moʻjizasini tasvirlab boʻlmaydi. Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni sheʼriyat bilan sugʻorishi, insonda milliy gʻururning ilk kurtaklarini uygʻotishi va ajdodlar tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglatishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq davr, bolalik inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir.

Buvim mening bolaligimni turli ertak, qoʻshiq, dostonlar bilan bezagan. U meni turli davralarga, toʻyhashamlarga oʻzi bilan birga olib borardi. Menga tez-tez oʻzining tushlari haqida gapirib berardi. Bu tushlar shunchalik qiziq ediki, u mudrab uxlab qolgan vaqtida ham men uni uygʻotib, tushning davomini aytib berishini soʻrardim. Qisqa tushlar meni qoniqtirmasdi. Shunda buvim qoʻshnilarnikiga chiqib, “qarzga” tush soʻrar va menga soʻzlab berardi. Keyinchalik tushundimki, buvim bu tushlarni men uchun toʻqib berarkan.

Buvim koʻp oʻtmay vafot etdi. Endi men shaharda, oʻz uyimda yashay boshladim. Keyin maktabga bordim. Ikki yil oʻtgach sevimli ovulimga qaytib bordim. Bu safargi kelishim uzoq va qiyinchilik bilan kechdi. 1937-yil mening otam partiya xizmatchisi, Moskvadagi qizil professura institutining tinglovchisi qatagʻon qilindi. Bizning oila ovulga koʻchib keldi. Aynan shu vaqtdan men uchun qi-yinchiliklarga toʻla asl hayot maktabi boshlandi.

Men juda erta ishlay boshladim: 10 yoshimda dehqon mehnatining barcha zahmatini tatidim. Bir yildan soʻng biz rayon markaziga Kirov nomli rus qishlogʻiga koʻchib oʻtdik. Onam hisobchi boʻlib ishga kirdi. Men yana rus maktabiga qatnay boshladim. Turmushimiz endi izga tushayotgan kezda urush boshlanib qoldi.

1942-yilda oʻqishni tashlashga toʻgʻri keldi. Chunki urush vaqti, onamning esa hammamizni oʻqitishga imkoni yoʻq edi. Men yana Shekerga qaytib keldim. Ovul urush mashaqqatlari iskanjasida edi. Boshqa odam topilmagach, oʻz tengqurlarim ichida savodli boʻlganim uchun meni qishloq kengashiga kotib etib tayinlashdi. Oʻshanda 14 yoshda edim.

Aytishlaricha, qiyinchilik koʻrmaguncha yaxshi kunlarning qadriga yetmaysan. Bolalikda men hayotni yorqin, goʻzal tasavvur etgan boʻlsam, endi u koʻz oʻngimda oʻta achchiq, ogʻir, beshafqat tarzda namoyon boʻldi. Men xalqimning boshqa bir sharoitdagi, Vatan taqdiri xavf ostida turgan paytdagi, ruhiy va jismoniy jihatdan nihoyatda zoʻriqqan davrlardagi ahvol-ruhiyatini oʻz koʻzim bilan koʻrdim.

Urush yillari RayFO[1] da soliq agenti, keyin bugʻdoy yigʻimida traktorchilar brigadasi hisobchisi boʻlib ishladim. Urush davom etar, hayot esa koʻz oldimda xalq kundalik turmushining yangidan yangi sahifalarini ochib berardi.

Bu taassurotlarimning hammasi “Jamila”, “Qizil durrali sarvqomatim”, “Momo yer”, “Yuzma-yuz”da aks etgan.

1946-yil 8-sinfni bitirgach, Jambul Zoovettexnikum[2]iga oʻqishga kirdim. U yerni bitirgach, aʼlochi oʻquvchi sifatida Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga qabul qilindim va bu yerni ham aʼlo baholar bilan bitirdim.

Yoshligimda badiiy adabiyotga oshno boʻlgan edim, shu boismi maktabda erkin mavzulardagi insholarni bajonidil yozardim. Institutda oʻqish davomida shuni aniq sezdimki, badiiy adabiyot meni oʻziga tamoman band etgan edi. Shu sabab 1956-yili Moskvadagi Oliy adabiyot kursiga oʻqishga kirdim. Faqat ikki yilgina davom etgan mazkur kurs menga favqulodda koʻp bilimlar berdi.Moskvaning joʻshqin hayoti, madaniyati hamda badiiy adabiyoti va teatrining hamma yaxshi tomonlari bilan chuqurroq tanishishga harakat qildim”.

Asardan har kim har xil xulosa chiqarsa kerak menimcha. Lekin bitta narsa guvohi bo’ldim , har gal boshqattan o’qiganizda boshqacha xulosalar va boshqacha fikrlar kelar ekan. Asosiy xulosa shuki, inson hayoti davomida qiyinchiliklarga ro’paro’ bo’lar ekan hech qachon taslim bo’lmasligi va o’z navbatida tutgan yo’lini mustahkam ushlashligi lozim dep o’ylayman. Agar ushanda, otam o’ldi endi dunyo tugadi deganida yoki sigirimiz yo’qoldi, kunimiz o’tmaydi dep o’tirganida bu marralarga albatta yeta olmas edi. Yoki men qora xat eltib bermayman, bu qishloqdan u qishloqqa borish azob bundan ham voz kechaman deganida, xalqni dardini tinglay olmas edi, bu esa kelajakdagi asarlarini tug’ilishiga turtki bo’lar edi.

Boshqa tomondan qaraganda, oddiy bir xalqni azob iskanjasidagi , qayg’uli bir holatini qisqacha tasviri.



Yana boshqa tomondan qarasak, qashshoq xalqni vatani uchun qilgan yuksak ishlari, ya’ni asardagi xalqni soliq tulashligini nazarda tutilyapti.

Yana boshqa tomoni bu xalqni chidami. Qanay holatda ham shukrda bo’lib, yashashi. Hozirchi salga nolishni boshlaymiz. Davlatdan noliymiz, vaholangki u paytda qul bo’lib yashagan bizni xalq.
Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish