Bog'liq 3 E 21 KI gruh talabasi Nurmamatov Xudoyberdining Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ishi
Mavzu:Ma'lumotlarning fayilli toifasi.(C++ dasturlash turida)
Reja:
1.C++ dasturlash tili
2.Fayl tushunchasi
3.Binar fayllar bilan ishlash
C++ da ma’lumot turlari ikki kategoriyaga bo’linadi: fundamental va murakkab ma’lumot turlari.
Quyidagi ma’lumot turlari fundamental turlar hisoblanadi:
Bu tur tugallanmaydigan (ya’ni, bu tur bilan obyekt, massiv va adres (reference, ссылка) lar e’lon qilinmaydi va aniqlanmaydi) ma’lumot turi hisoblanib hech qanday qiymat qabul qilmaydi. Lekin bu tur bilan ko’rsatgichlar e’lon qilinishi va aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari bu tur qiymat hosil qilmaydigan funksiyalarni e’lon qilish va aniqlashda foydalanilishi mumkin.
Obyekt yoki funksiyalar uchun adreslar (reference, ссылка). Ikki turdagi adreslar mavjud: l-ifoda adreslari va r-ifoda adreslari. r-ifoda adres tushunchasi C++ 11 dan boshlab kiritilgan.
Ma`lumotlarni saqlab qo`yish uchun, tashqi xotiraning nomlangan qismiga fayl deyiladi. Bunday fayllar fizik fayllar deyiladi.
Mantiqiy fayllar. Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy (logicheskiy) fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma`lumotlarning mantiqiy modelini o`zida saqlaydi.
Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi. Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo`lganligi uchun, faqat fayl ko`rsatkichi ko`rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin. Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi. Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin.
Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini programmaning o'zi aniqlashi lozim.
Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun sarlavha faylini programmaga qo'shish kerak bo'ladi.
Fayldan ma'lumotlarni o'qish yoki yozish uchun ochish fopen funksiyasi orqali amalga oshiriladi. FILE * fopen (const char * filename, const char * mode); filename - o'zgaruvchisi char toifasidagi satr bo'lib, faylning to'liq nomini
ko'rsatishi lozim (filename = "D:\Namuna\file\file.txt"). Agar faylning faqat nomi ko'rsatilgan bo'lsa, fayl joriy katalogdan qidiriladi (filename = "file.txt"). mode - o'zgaruvchisi ham char toifasidagi satr bo'lib, faylni qaysi xolatda ochish lozimligini bildiradi.