3. Buyuk Britaniya maxalliy moliyasi va ularning tarkibi. Angliyaning moliya tizimining uchinchi zvenosini maxalliy budjet tashkil etadi. Ular iktisodiy va ijtimoiy rivojlanishga umumdavlat va maxalliy moliya resurslarini jalb etadi.
Angliyada maxalliy xukumat to‘rt asosiy daromad manbai:
markaziy xukumat subsidiyalari;
uy – joy soligi;
xarakatlanuvchi mulk tariflari va litsenziyalar sotishdan tushgan daromadlar;
soliklar.
75% xarajatlar xukumat subsidiyalari tomonidan moliyalashtiriladi.
Xarakatlanuvchi mulk tariflari xarakatlanuvchi mulk egalaridan olinadigan soliklar demakdir. Bu mulk narxi xar 5 yilda kayta baxolanadi. Tariflar markaziy xukumat tomonidan o‘rnatiladi.
Angliyada ko‘chmas mulk solikka tortiladi. Ikki yosh boladan ko‘p uylarga chegirmalar bor. Kam ta’minlangan fukarolar uchun solik 100% gacha chegirilishi mumkin.
1997-1998 yillar maxalliy xukumat xarajatlari 76900 mln. Angliya funt sterlingini tashkil etgan. Bu davlat xarajatlarining ¼ kismi demakdir.
Maxalliy moliya budjetdan tashkari fondlar xisobidan xam shakllanishi mumkin.
Angliyaning oxirgi moliya zvenosi davlat tashkilotlari moliyasidir. Davlat korporatsiyalari, tashkilotlar va boshkalar.
Buyuk Britaniya daromad va xarajatlar tizimi
Angliyada davlat daromadlarining bosh manbai soliklardir:
daromad soligi;
kapital soligi;
egri soliklar (KKS, aksiz, bojlar);
davlat sugurta to‘lovlari.
Angliya solik tizimi:
uzok muddatli investitsiyalarni to‘ldirishda ko‘maklashuvchi;
ishlovchilarni ko‘llashi;
odil bo‘lishi kerak.
4.Angliyaning fiskal siyosati. Angliyaning fiskal siyosati ikki koidaga amal kiladi:
oltin koida fakat investitsion maksadlar uchun zayomlar chikarishga ruxsat berish;
uzok muddatli investitsiya koidasi – milliy karz iktisodiy sikl davomida stabil bo‘lishi kerak.
2000 – 2001 moliya yili uchun Angliya davlat budjeti fiskal stabillik kodeksini kabul kildi. Fiskal siyosat va davlat karzlarini boshkarishda 5 prinsipga amal kilinadi:
1) Fiskal siyosat uni bajarish va ommaga tanishtirishda aniklik va maksadlilik;
2) Fiskal siyosat, uning iktisodiy ta’siri protsessining stabilligi;
3) Davlat moliyasini boshkarish uchun javobgarlik;
4) Millatlar o‘rtasida odillik;
5) Yechimlar kabul kilish va fiskal siyosatni bajarishda tezkorlik.
2000 – 2001 moliya yillarida Angliya davlat budjetining e’lon kilinishi, solikka tortishning o‘zgarishi, mexnatni, tadbirkorlik, oilani saklash ragbatlantirishni ko‘llaydi.
1998 – 1999 yil Angliya budjetida solik sistemasida va nafaka to‘lash bo‘yicha bir kancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Maksad mexnatni ko‘llashdir. Bunda odamlar xolati, ishsizlik nafakasi, ish xaki muxokama etildi. Davlat soliklari sistemasiga o‘zgartirishlar kiritib kashshoklikni kamaytirish millat manfaatini oshirishgi xarakat kiladi.
Budjetda kuyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilmokda:
2000 yil oktabrgacha berilgan yangi solik kreditlari va oldingi oygi kreditlar almashtiriladi;
Yangi bolalarni tarbiyalash solik krediti bolalarni tarbiyalash bo‘yicha pul yordamini ko‘paytirishga chakiriladi;
2000 yil davlat sugurtasi to‘lovlari strukturasida bosh reforma o‘tkaziladi. Bu sistema soddalashdi va salbiy effektlar olib tashlandi.
Tadbirkorlikni ko‘llab kuvvatlash
Korporatsiya solik to‘lovini o‘zgartirish moliyani ragbatlantirdi, tadbirkorlikni ko‘llab kuvvatladi. 1999 yil kooperativ solik soddalashtirildi. Solik stavkalari kamaytirildi. Yevropa ittifokida Angliya kooperativ solik stavkasi eng past stavkalardan biri bo‘ladi. Solik sistemasining fundamental reformasi investorlarga yordam bo‘ldi. Buning uchun uzok muddatli foyda kiska muddatli foydaga nisbatan kam solikka tortiladi.
Omonatlarni ragbatlantirish
1999 yil Angliyada yangi xisob formasi – individual jamgarma xisobi kiritildi, u o‘n yilga mo‘ljallandi. Xar bir fukaro ushbu jamgarmaga 1998-1999 yillar 5000, 1999-2000 yillar 7000 angliya funt sterlingi mikdorida omonat ko‘yishi mumkin. Bunga 1000 angliya funt sterlingi mikdorida nakd pul, 1000 angliya funt sterlingi mikdorida xayot sugurtasi, aksiya va obligatsiyalar kiritishi mumkin. Omonatchilar daromad soligidan ozod etiladi.