Avtogreyder – o’ziyurar mashina hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati, bu old va orqa g’ildiraklarning orasida joylashtirilgan pichoq bilan jihozlangan ag’darma uskunasidir. Ushbu mashinalarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri esa uning vazniga bo’g’liq. Ushbu tasniflarga ko’ra, avtogreyderlarni og’ir, o’rta hamda yengil vaznli uch toifaga ajratish mumkin.

So’nggi toifadagi avtogreyderlar kichik yamash ishlari hamda tuproq ko’tarmali yo’llarni qurish jarayonlarida keng ishlatiladi.O’rta vazn toifasiga kiruvchi avtogreyderlar qiyinroq yo’l-yamash ishlarida ishtirok etib, tuproq qatlamini barpo etish jarayonlarida ishlatiladi. Og’ir greyderlar esa yo’l qatlamini yotqizish, yo’llarni qurish jarayonida qurilish aralashmalarini qorishtirish hamda ushbu aralashmalarni taqsimlashda qo’l keladi. Greyderning ag’darma moslamasi ushbu texnikaning asosiy ishchi qismi hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu qismni deyarli istalgan holatda o’rnatish mumkin. Uning gorizontal holatidagi aylanma burchagi 360 darajaga teng. Avtogreyderlarning yana bir tasnifi ishchi qismlarni boshqarish tizimlari bilan bog’liqdir: ular gidravlika yordamida hamda mexanik tarzda boshqariladigan avtogreyderlarga bo’linadi. Bundan tashqari avtogreyderlar quvvati bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi.