Shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot va konstmktorlik ishlarini bajarish uchun jalb qilingan hamijrochilardan ularning bajarib tugatgan ishlarini qabul qilingan summalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 082 - «Shartnoma asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining
xarajatlari» subschyoti; Kredit 156 -«Xo'jalik shartnomasi asosida bajarilayotgan ishlami bajarishga
jalb qilingan hamijrochilar bilan hisob-kitoblan> subschyoti. Shartnomalar asosida bajarilgan va buyurtmachilarga topshirilgan ilmiy-tadqiqot va konstmktorlik ishlari 282-«Shartnoma asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sotish» subschyotida hisobga olinadi. Bajarilgan va shartnomada ko‘zda tutilgan qiymati bo'yicha to'lash uchun buyurtmachilarga taqdim etilgan subschyotlarda ko'rsatilgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlarining qiymati 282-subschyotning kreditida qayd qilinadi, bu subschyotning debetida esa mavzu bo'yicha bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining haqiqiy tannarxi qayd qilinadi. Shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini sotish natijalarini hisobdan chiqarish tugatilgan va buyurtmachilarga dalolatnomalar bo'yicha topshirilgan mavzular bo'yicha amalga oshiriladi. Olingan foyda qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining sotilishining analitik hisobi ko'p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi. Shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarinibajarishbilanbog'liqxarajatlarsummasigaquyidagibuxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 082 - «Shartnoma asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining xarajatlan» subschyoti;
Kredit 043 - «Ilmiy tadqiqotlarda va laboratoriya sinovlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materials subschyoti;
Kredit 044 -«Shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus uskunalar» subschyoti;
Kredit 060 -«0‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» subschyoti;
Kredit 063 - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;
Kredit 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti;
Kredit 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 156 -«Xo'jalik shartnomasi asosida bajarilayotgan ishlami bajarishga jalb qilingan hamijrochilar bilan hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 178 -«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar blan hisob-kitoblaD> subschyoti.
Bajarilgan va shartnomada ko'zda tutilgan qiymati bo'yicha to'lash uchun buyurtmachilarga taqdim etilgan schyotlarda ko'rsatilgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining qiymatiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 154 - «To'lanishi lozim bo'lgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha buyurtmachilarbilan hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit282 -«Shartnoma asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sotish» subschyoti.