Bozorning asosiy belgilari:
sotuvchi va xaridorning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosidagi ayirboshlash;
sotuvchilarning xarajatlarni qoplashi;
foyda olish va pul to’loviga qodir bo’lish;
raqobatchilik muhitini yaratishdir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Bozor talab bilan taklifni moslashtirsa muvozanat hosil bo’ladi va aksincha bo’ladi.
Misol: tovarlar va xizmatlar miqdori ko’p taklif qilingan bo’lsa, narx pasayadi, sotuvchilar zarar ko’radi, talabga nisbatan kam tovarlar va xizmatlar bozorga chiqarilsa, narxlar oshib ketadi, sotuvchi ko’p daromad topadi, xaridorlar zarar ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |