4.Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish.
Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish – tashkiliy jihatdan ilgari surilgan vazifani bajarishga kirishish uchun zarur shart-sharoit yaratish demakdir. Ko’zlangan maqsad yo’lida boshqariluvchi tizimning barcha elementlari o’rtasida samarali aloqadorlikni ta’minlashga imkon beruvchi munosabatlarni o’rnata olish zarur. Tashkillashtirish – umumiy boshqaruvchilik mas’uliyati va vakolatini qismlarga ajratib, boshqaruv tizimining turli pog’onalariga taqsimlab yuborish, shu bilan birga har xil ish turlarini bajaruvchi bo’g’inlar o’rtasida o’zaro aloqa o’rnatish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |