Xor bo‘lib kuylash.
Musiqa savodi.
Musiqa tinglash.
Musiqaga mos xarakatlar bajarish
Bolalr cholg‘u asboblarida ritmik jo‘r bo‘lish bilan amalaga oshiriladi.
Mazkur faolityalar negizida birinchi sinf o‘quvchilarini musiqaga faol qiziqtirish musiqa taassurotlarini tarkib toptirish va zaruriy musiqiy tajribalarni xosil etish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Natijada, bolalarda musiqiy didni shakllantirib, musiqani san’at sifatida ahloqiy estetik jihatdan ongli idrok etishga tayyorlash ko‘zda tutiladi. Musiqa madaniyati darsida qo‘llanadigan har bir musiqiy faoliyat turi darsning ajralmas mantiqiy bo‘lagi bo‘lib, aniq maqsadga qaratilmog‘i lozim.
Xor bo‘lib kuylash. Bolalarni musiqiy o‘quvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. bunda, o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish, ko‘p jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiqni, o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berishga bog‘liq. Chunki, yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko‘pincha o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish ish olib borishi kerak.
Vokal-xor isharini amalga oshirishda o‘qituvchi ovoz-sozlash, qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarning primar tovushlarini kuylash uchun qulay (sol-lya) ishchi diapozioni (mi-si), ovoz diapozoni (re-si) aniq bo’lishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o‘rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi.
Bolalar diqqatini qo‘shiqqa jalb qilish.
Qo‘shiq haqidagi o‘qituvchining kirish so‘zi (qo‘shiq mualliflari, ayrim tarixiy xususiyatlari, hayotiy ahamiyati, xarakteri, qo‘shiq ijrosi).
Qo‘shiqni tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari ladi, xarakteri mazmunini suhbat yo‘li bilan belgilash).
Qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatish (to‘g‘ri nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash).
Qo‘shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo‘shiq haqidagi bolalar tasurotlari yuzasidan qisqa suhbat o‘tkazish ya’ni umumlashtirish).
Yuqorida bayon, etilgan qo‘shiq o‘rgatish bosqichlarini, qo‘shiq mazmuni, mavzusiga qarab, istagan bosqichdan boshalash, mumkin. Asosiy maqsad o‘quvchilarni, qo‘shiqqa ko‘proq qiziqtira olish ularda mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish. O‘quvchilarga qo‘shiq o‘rgatish metodlari esa quyidagilardan iborat.
“Oldinga o‘tib ketish va orqaga qaytish” metodi. Qo‘shiqni oldingi darslarda bolalarga eshittirib o‘rganishga tayyorlab boriladi, so‘ngra ma’lum vaqt o‘tkazib qo‘shiq o‘rgatiladi. Bu vaqti-vaqti bilan qo‘llanib boriladi.
Og‘zaki metodlar. Hikoya, suhbat orqali o‘quvchilarni qo‘shiq kuylashga qiziqtirish.
Ko‘rgazmali metod. Qo‘shiqni ifodali qilib ijro etish, rasmlar, grafik chiziqlar, plakatlar, texnika vositalaridan foydalanish.
Amaliy metod. Vokal xor malakalarini shakllantirish, musiqa ifoda vositalaridan ongli ravishda, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi.
Foydalanilga adabiyotlar
1. Omonullayev D. «Umumiy ta’lim maktablarida musiqa dasturlari» T.,1992 y.
2. Ochilov M.“Muallim qalb me’mori” Saylanma.Toshkent. O‘qituvchi 2000 yil.
3. Omonullayeva D. Darsda xalq merosi o‘rganish. Boshlang‘ich ta’lim 1993
4.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.,O‘zbekiston, 2000 y,
5.Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi 6 maxsus soni. T., 1999 yil.
6. Mansurov A., Karimova D.. Musiqa 5-sinf uchun dasrlik .Toshkent-2001 yil.
7. Ibrohimov O., Sadirov J. 7-sinf uchun darslik T., 2001 yil.
8. Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent. 2009.
Internet ma’lumotlari
-WWW.Ziyonet.
-Pedagog.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |