(ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o’qitish metodikasi) bilan
bog‘liq.
O’qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun
o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Ilmiy-tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni,
munosabatlarni,
aloqalarni o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni
olish usullaridir.
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o’quvchilar ishlarini
o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari
jumlasiga kiradi.
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
matematekani o’qitishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd
qilinmoqda.
Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
quyidagi uch
savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
3. Matematikani qanday o‘rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik
pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan “Sonni ko‘rgazmali
o‘rganish” asarida bayon qilingan. Boshlang‘ich ta’lim haqida ulug‘ mutafakkir
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi
hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim asoslarini o‘rganish muammolari haqida o‘z
davrida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surganlar.
MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi.
1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi.
Bu bo‘limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli,
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari
hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo‘limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini
aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang‘ich sinflarda matematikao’qitish metodikasi butun pedagogik
tadqiqotlarda
pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida
qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda
kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita
maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‘ida
davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida
kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-
kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o’quvchilarning
mustaqil ishlari) kuzatiladi.
Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan,
tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan
sharoitda o‘tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi.Pedagogik
tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin.
Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va
tamoyillarini ishlab chig‘arish, ishchi faraz tuzish, boshlang‘ich sinflarda
matematika O’qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
2-reja
«Metod» atamasi yunoncha «methodos — tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya,
ta’limot» so'zidan kelib chiqqan bo'lib — tadqiqot yo'li, liaqiqalga ifililisli, bilisli,
liarakaf qilish yo'llari, kutilayotgan natijaga erishish usuli ma’nosini anglatadi.
Metod deganda voqyelik- ni amaliy yoki nazariy o'zlashlirish usullari tushuniladi.
Faoliyatning lurli jabhalarini o'rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning
usullari metodikaning asosiy yo'nalishidir. Unda ta’lim va larbiya berish usullari
asosiy o'rinda turadi. Metod — o'qituvchi bilan o'quvchi-talabalarning ta’lim-
tarbiyadan qo'yilgan maqsadga erishishga
qaratilgan tartibga solingan,
tizimlashtirilgan faoliyatdir.
Metod nihoyatda serqirra bo'lib, juda ko'p komponentlarni jamlaydi. Uning
qirralariga: ta’lim-tarbiyaning maqsadi; o'qituvchi tanlagan maqsadga yetish
usullari; o'qituvchi bilan o'quvchi- talabalarning hamkorlik qilish yo'llari; ta’lim
maqsadini aniq o'quv materiali mazmunida ifodalash; ta’lim-tarbiya jarayonining
(qonun, qonuniyatlar, prinsiplar) mantig'i; axborotlar manbasi; o'qituvchining
mahorati; ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi; o'qitish
vositalari va
usullari tizimi va boshqalarni yozish mumkin. Murakkabligi uchun ham metodni
yagona ma’noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmun-
mohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta’riflarda berishga to'g'ri
keladi.
O'qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli
jihatdan yondashuvlarda o'z ifodasin
1
topadi. P. Podlasiyning fikricha, metod-
jarayonning o'zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi
bo‘g‘in. Uning «Maqsad — mazmun — metodlar — shakllar - o‘qitish vositalari»
tizimidagi roli hal qiluvchidir
1
. Pedagogik amaliyotda, an'anaga muvofiq, o‘quv -
tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo'llanilayotgan,
tartibga solingan faoliyat
usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan
o'quvchining o'qish faoliyatining usullari bir-biriga bog'liqligi ta’kidlanadi.
0‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o'qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli^
o‘quv jarayoni qatnashchilari (o'qituvchi-; o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro
munosabati. Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo'lib, qaysi
pedagog qollashidan qat’i nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-
qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda
maqsadlarning doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining mazmuni, shaklini
ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo'lib, u pedagog shaxsi,
o'quvchi-talabalarning o'ziga xos tomonlari,
aniq sharoit bilan belgilanadi,
Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir.
Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq subyektiv
xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi
tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi
bo'lgan, tola obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: