31.Mavzu:Arifmetik masalalar tuzish va yechishga o’rgatish
Reja:
1.Bolalarni masalalar yechisga o’rgatish metodlari.
2.
Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish. Oldingi olib borilgan ishlar bolalarning yangi faoliyatga, hisoblashga o‘gishlariga imkon beradi. Qo‘shish va ayrishga o‘rgatish — birinchi sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalr arifmetik masalalarni yechib hisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu arifmetik amallarning ma’nosini tushinishga hamda unga ongli suratda yondashishga, kattaliklar, natija hamda amallar komponenti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, yani narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik – ko‘paydi, ayirdik – kamaydi) arifmetik masalalarni yechadilar. Bular yig‘indi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir. Bolalarni katta songa kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval bir sonini qo‘shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o‘rgatish va masalalar bilan tanishtirish, ularga kichik-kichik hajmda bosqichma-bosqich bilimlar berish bilan amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o‘rgatish hamda ularga masalalar mazmunida tevarak-atrofdagi hayotda o‘z aksini topishini anglab olishlarida yordam berish zarur. Ular masala strukturasi (tuzilishi)ni o‘rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan sonlarni muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar yechishga, qo‘shish va ayirish amallarini ongli tanlash va ifodalashga, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday miqdoriy o‘zgarishlarga olib kelishini aniqlashga harakat qiladilar. Nazorat
A.M.Leushinaning 1963-yilda chiqqan «Bolalar bog‘chasida sanoq bo‘yicha mashg‘ulotlar» asari bolalar bog‘chasining o‘zida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari qo‘lyozma bo‘yicha yozilgan. Olimlar va psixologlar elementar matematika bo‘yicha bir qancha ishlar olib bormoqdalar. A.M.Leushina bolalarni son-sanoqqa o‘rgatishni ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Bosqichma-bosqich o‘rgatish, ko‘pliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan tanishtirish, miqdor son, tartib son, sonlarni birliklardan iborat tarkibiy miqdori bilan tanishtirish, 5 ni 2 kichik songa ajratih, kichik sondan 5 sonini hosil qilishga o‘rgatish, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish arifmetik masalalar yechish, ikki to‘plamni taqqoslash, ular o‘rtasidagi tenglik va notenglikni aniqlashga o‘rgatish masalalariga ham e’tibor qaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |