Reja: Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha



Download 80,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi80,41 Kb.
#309659


 Mavzu:  Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari 

Reja: 


 

1. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha. 

2. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar. 

3. Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari. 

 

 

Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha 



Bolaning o‘sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a’zosi sifatida 

voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish 

muhim masaladir. 

O‘sish - miqdoriy jihatdan ulg‘ayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan o‘zgarish 

demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz 

beradi. Bu qarama-qarshiliklar: 

Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar 

o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. YA’ni bolalarning extiyojlari tez ortib 

boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga 

keladi. 


Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi 

tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy 

faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, 

tashabbuskorlik bo‘lmaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, 

tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba’zi ishlarni bajarish. 

3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‘rtasida vujudga keladigan 

qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq 

vujudga keladi. Masalan: bola bog‘chaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi 

hayotga o‘rganib qoladi. Bog‘chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va 

qoidalariga duch keladi. 




Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot 

qanchalik murakkab bo‘lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik 

taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shartsharoitning ta’siri tufayli 

yuz beradi. 

Bola yashaydigan muhit o‘zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati 

natijasida o‘zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‘zgarib boruvchi muhit 

ta’siri ostida o‘sadi. Ammo muhit bolaning o‘sishi uchun qulay va noqulay bo‘lishi 

mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‘aytiradi. Noqulay 

ijtimoiy muhitda tug‘ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday 

muhit, hatto tasodifan namoyon bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlarni ham nobud 

qiladi. 

 

Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g‘arbidan 2 



qizni bo‘rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan keyin vafot 

etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‘zni o‘rgangan. 

Organizmning o‘sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va 

mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi 

kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‘liqdir. Demak, 

inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy 

qiladi. 

Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil 

tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir. 

Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim-tarbiyani asosiy 

harakatlantiruvchi kuch deb ta’kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli 

ta’sir etishi ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixologiyasida psixik 

taraqqiyot bilan ta’lim-tarbiya o‘rtasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. 

Bu masalani olimlar turli nazariyalar bo‘yicha talqin qiladilar: 

1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta’lim-tarbiya bilan bola psixik taraqqiyoti 

o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘q, psixik taraqqiyot o‘z yo‘liga, ijtimoiy 

ta’lim-tarbiya o‘z yo‘liga bo‘ladi degan fikrni olg‘a suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya 



namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta’lim-tarbiya orasida hech qanday 

farq yo‘q degan fikrni bildiradilar. 

3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari ta’lim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-

boshqa jarayonlar bo‘lsa ham, bir-biriga mos keladigan, ya’ni bir-biriga ta’sir 

o‘tkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar. 

Psixologlar jumladan L.S.Vigotskiyning fikricha ta’lim jarayoni taraqqiyot 

jarayoniga mos kelmaydi, ta’lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar 

psixikasining taraqqiy etishini o‘z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin 

istiqbol ochib beradi, deb ko‘rsatadi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 

bosqichi bo‘lib, ya’ni birinchisi, faol taraqqiyot bosqichi ( katta yoshli kishilar 

yordamisiz mustaqil harakat qila olish;). Ikkinchisi, eng yaqin taraqqiyot zonasi 

bosqichi (bolalarning katta yoshli kishilar yordami bilan qiladigan xatti-

harakatlari) bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot 

jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko‘rsatadi. 

Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya’ni 

qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga, xarakter - sifatlarga ega ekanligini va 

kelajakda bolaning qanday bilim, ko‘nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‘la 

olishini hisobga olish imkonini beradi. 



Download 80,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish