- Mavzu: Biznes huquqi sub’ektlari. Biznes subyektlari faoliyatini tugatish va qayta tashkil etish.
- Reja:
- 1. Biznes huquqi subyektlari tushunchasi va belgilari.
- 2. Biznes huquqi subyektlari tasnifi.
- 3. Biznes huquqi subyektlarini davlar ro’yxatidan o’tkazish va xisobga qo’yish.
- 4. Yakka tartibdagi tadbirkor biznes huquqi subyekti sifatida.
- Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tushunchasi va makomini aniklash uchun avvalambor “huquq sub’ekti” va “fuqarolik huquqi sub’ekti” tushunchalarining moxiyatini chukur anglab olish lozim buladi. Huquq sub’ekti keng huquqiy kategoriya xisoblanib, uning tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O’z navbatida har bir huquq tarmog’ining o’z sub’ektlari (davlat huquqida - saylovchilar va saylanuvchilar, mexnat huquqida - ish beruvchi va xodim, moliya huquqida - soliq tulovchi va soliq organi, jinoyat protsessual huquqida surishtiruvchi, tergovchi, gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi va xk.) bo’lganidek, tadbirkorlik huquqining ham o’z sub’ektlari bor.
- Biznes huquqining sub’ektlari - bu tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bulgan shaxslardir.
- Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda tadbirkor sifatida, shuningdek bunday makomga ega bulmasdan xam ishtirok etishlari mumkin. SHuning uchun fuqarolik huquqi sub’ektlari bir vaktning o’zida tadbirkorlik huquqi sub’ektlari xisoblanishi mumkin. Fark shundaki, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda sub’ekt xar doim tavakkal kilib, o’z javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maksad kilgan xolda faoliyat yuritadi.
- Xozirgi biznes huquqi - bu yakka va jamoa tadbirkorlarining yoki boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning va barcha mulk shakllariga ega bulgan xususiy, shuningdek davlat korxonalarining professional faoliyati bulib koldi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida” URK-328-son yangi taurirdagi sonunning 4-moddasiga muvofik tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan tartibda davlat ruyxatidan utgan xamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
- Birok, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi qonun xujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bulishi mumkin emas.
- Masalan, quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi ta’qiqlanadi:
- davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muxofaza qilish organlarining xodimlari;
- davlat banklari raxbarlari va ularning urinbosarlari, xizmat yo’zasidan pul belgilariga va pul (bank) xujjatlariga bevosita alokasi bulgan mansabdor shaxslar;
- davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari raxbarlari va ularning bank xujjatlariga imzo kuyish huquqiga ega bulgan urinbosarlari;
- davlat ta’minot va savdo-sotik korxonalari va tashkilotlarining raxbar xodimlari; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boglik masalalarni xal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish o’z vazifasiga kiruvchi davlat organlarining raxbar xodimlari va mutaxassislari;
- Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, quyidagilarni tadbirkorlik huquqining sub’ektlarining o’ziga xos belgilari
- xisoblanadi:
- davlat ruyxatidan o'tgan bo'lishligi;
- muayyan faoliyat turlari bilan shugullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bulishlari lozimligi;
- o’z mol-mulkiga ega bulishligi;
- tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bulishligi: bunday huquq va majburiyatlarning doirasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan xamda ularga muvofik kabul kilingan mazkur tadbirkorlik faoliyati yurituvchi sub’ektlarining ta’sis xujjatlari bilan aniklanadi;
- mustaqil javobgarligi: javobgarlik uning o’z mol-mulki doirasida amalga oshiriladi;
- o’zlarining bo’zilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orkali ximoya qilish imkoniyatiga ega ekanligi xisoblanadi.
- Biznes huquqi sub’ektlari tasnifi
- Umuman olganda, tadbirkorlik huquqi sub’ektlarini bir necha turlarga ajratish mumkin. Sub’ektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga (masalan, fuqarolarning xususiy mulki, jamoa mulki yoki davlat mulkiga asoslangan), vakolatlariga (ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar, yoki boshqaruvni amalga oshiruvchi sub’ektlar kabi), shaxslarga (jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar) xamda faoliyat turiga (tijoratchi va notijorat tashkilotlar) karab belgilanadi.
- SHu o’rinda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarni faoliyat maksadiga (turiga) karab tijoratchi tashkilot va tijoratchi bulmagan tashkilotga ajratilgan ikki turiga tushuncha berib utsak.
- Ushbu turlarga bulish Fuqarolik kodeksining 40-moddasida, ya’ni yuridik shaxslarning turlarida xam kursatib utilgan bulib,
- Tijoratchi tashkilot - bu foyda olishni o’z faoliyatining asosiy maksadi kilib kuygan sub’ekt bulib, (xususiy korxonalar, xo’jalik jamiyatlari, shirkatlari) tijoratchi tashkilotlarning huquqiy xolatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun xujjatlarida belgilab kuyilgan.
- Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofik, jismoniy shaxslarga tadbirkorlik makomiga ega bulishlik imkoniyati berilib, ular xam tadbirkorlik huquqining sub’ektlari doirasiga kiritilgan.
- Jumladan, Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga muvofik, fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ruyxatidan utkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishga xaklidir.
- Keenan va Richeslar xammuallifligida 2013 yilda yozilgan “Business Law” kitobining 2-bulimida kayd etilishicha Angliyada tadbirkorlik sub’ektlari, ya’ni biznes tashkilotlarining quyidagi turlari sanab utilgan. YAkka tartibdagi tadbirkorlik (the sole trader), sheriklik, shirkat (the partnership) va kompaniya korxona (the company).
-
- Korxonalar (companies) . Biznes faoliyati ruyxatdan utgan korxona shaklida xam yuritilishi mumkin. Ruyxatdan utish koidalari asosida Kardiffdagi ruyxatdan utkazuvchi tashkilot tomonidan ruyxatga olinadi. 2006-yildagi qonunga asosan xususiy korxonalar korxona kotibiyati tashkil qilishi shart emas, ammo ular xoxlasa bunga ta’kik yuk. Xususiy korxonada asosiy xulosalar sarmoyadorlar xamda biznes maslaxatlatchilari, ya’ni maxsus buxgalterlar va advokatlar tomonidan chikarilishi umumiy xisoblanadi.
- Korxonalar tugrisidagi qonunning ijrosidan sung, xususiy korxonalarda ulushlar ma’lum darajada cheklanadi, yoki biz a’zo bir kishi uchun javob beradi. YOki uning sherikligi bir kishi uchun yopiladi.
- YAkka tartibdagi tadbirkor. 2012 yil 2 mayda kabul kilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tugrisida”gi yangi taxrirdagi qonunda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari doirasi kengaytirilib, ular kichik tadbirkorlik sub’ektlari shaklida, jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shugullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xam kichik tadbirkorlik sub’ekti sifatida mastaxkamlandi. qonunga binoan xar qanday fuqaro xam tadbirkor shaxs xisoblanmaydi, balki fakat belgilangan tartibda davlat
- YAkka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan xolda amalga oshirishdir.
- ruyxatidan utib, tadbirkor makomini olgan fuqarolargina etirof etilishi mumkin.
- Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek mol- mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
- Xunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar kursatish) uchun kupi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha xak tulagan xolda jalb etishga xaklidir.
- YAkka tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish xujjatlari blankalaridan, muxr, shtamplardan foydalanishga xakli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi xakida dalolat berishi lozim.
- Demak, yuridik shaxs tashkil etmagan xolda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari shakllari tugrisida so’z ketar ekan qonun ularni quyidagi tarzda mustaxkamlaganligini ta’kidlash joiz.
- yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik;
- er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
- ikki yoki undan ortik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda olish yoki qonunga zid bulmagan boshqa maksadga erishish uchun o’z xissalarini kushish va yuridik shaxs to’zmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini olgan oddiy shirkat;
- yuridik shaxs tashkil etmagan xolda dexkon xujaligini yuritish.
- YUridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish (davlat ruyxatidan utishi) uchun shaxs 18 yoshga tulgan bulishi lozim.
- YAkka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining negizi, mulkning shakllanish xolati bir-biridan fark kiladi. YAkka tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida fakat o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yul kuyadigan o’zga ashyoviy huquq tufayli o’ziga tegishli bulgan mol-mulk negizida faoliyat kursatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |