Reja: Biogeografiya biologiya va geografiya fanlari orasidagi fan



Download 206,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi206,61 Kb.
#260602
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu biogeogr maruza



Mavzu: Kirish. “Biogeografiya” o’quv kursi, predmeti, tadqiqot ob’yekti 

Reja: 

1.Biogeografiya biologiya va geografiya fanlari orasidagi fan  

2.Uning tarixiy rivojlanishini asosiy etaplari 

3.Biogeografiyani  asosiy  bo’limlari:  Umumiy  geografiya,  Botanik  geografiya, 

zoogeografiya 

4.Biologiya  faninning  asosiy  tushunchalari:  flora,  fauna,  biota,  o’simliklar 

jamoasi, hayvonlar olami, biomlar 

 

Tayanch so’z va iboralar: Biogeografiya, geografiya, tarixiy rivojlanish, flora, fauna, biota, 



o’simliklar jamoasi,biomlar 

1.Biogeografiya  biologiya  va  geografiya  fanlari  orasidagi  fan,  uning  tarixiy 

rivojlanishini asosiy etaplari 

Tabiat  insonning  birlamchi  hayot  manbai  va  yashash  muhiti  hisoblanadi.  O`simlik  va 

hayvonot  dunyosi  tabiatda  va  inson  hayotida  katta  rol  o’ynaydi.  Yashil  o’simliklar  oziqlanish 

(fotosintez)  jarayonida  atmosferaga  hayotning  asosi  bo’lgan  kislorodni  chiqaradi.  Tabiatda 

moddalarni davr aylanishi va tuproq hosil bo’lishi, o’simliklar va hayvonlar ishtirokisiz bo’lmaydi. 

Inson  o’simlik  va  hayvonot  dunyosidan  oziq-ovqat,  qurilish  materiallari, formatsevtika,  kiyim-

kechak, ximiya va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xilma-xil xomashyo oladi. Shuning uchun bu 

biologik  boyliklardan  oqilona  foydalanish  lozim.  O’simlik  va  hayvonot  dunyosidan  oqilona 

foydalanish,  uni  qo’riqlash,  boyitish  va  ekologik  holatini  yaxshilash  uchun  birinchidan,  

o’simliklar  va  hayvonlarning  biologik  xususiyatlarini,  ikkinchidan,  ularning  hayot  kechirishini 

belgilaydigan geografik qonuniyatlarni bilish kerak. Bu qonuniyatlarni bizga, biogeografiya fani 

o’rgatadi.  

Biogeografiya  fani  tabiiy  hududiy  komplekslarning  asosiy  komponentlarini  o’rganishga 

bag`ishlangan. Biogeografiya  talabalarni tirik komponetlar bilan tanishtiradigan  yagona fandir. 

Bu  fanni  o’rganish  natijasida    talabalar  quruqlik  yozasida  va  okeanda  tirik  organizmlarni 

tarqalishini belgilaydigan asosiy tarixiy va ekologik faktorlar to’g`risida tushuncha hosil qiladilar. 

Shuni  hisobga  olish  lozimki,  geografiya  yonalishining  o’quv  dasturida  ekologiya  faniga 

alohida e'tibor beriladi. Shuning uchun biogeografiya muammolarini bayon  etganda, talabalarni 

asosiy ekologik faktorlar bilan chuqurroq tanishtirish va bu faktorlarni organizmlar hayotida va 

yer  sharida  tarqalishining  ta'sirini  tushuntirish  lozim.  Biogeografiya  fanini  tushungan  holda 

o’rganish uchun, maktabda o’simliklar va hayvonlar sistemasi bo’yicha olingan bilimlar etarli deb 

hisoblaniladi. 

Biogeografiya floristik va faunistik geografiya to’g`risidagi ma'lumotlarni o’z ichiga oladi. 

Bu  fanning  maqsadlaridan  biri,  yer  shari  organik  dunyosining  bir-butunligi,  uning  o’simlik  va 

hayvonot  dunyosining  tabiiy  geografik  muhit  faktorlariga  va  kishilarning  ta'siriga  bog`liqligini 

ko’rsatishdan iboratdir. 

Biogeografiya  fanini  o’rganish  jarayonida  talabalarga  tabiiy  resurslardan  oqilona 

foydalanish, tabiatni qo’riqlash va kishilarning sog`ligi uchun kurashish sohasida  fandan amaliy 

foydalanish tushunchasi hosil bo’ladi.  



Biogeografiya  fani  bo’yicha  tayyorlanish  uchun  tavsiya  qilingan  asosiy  va  qo’shimcha 

adabiyotlardan foydalanishda, mahalliy o’lkashunoslik muzeyining materiallari bilan  ham batafsil 

tanishish zarur. Bu talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. 

Biogeografiya  fanini  ikki fan oralig`idagi fan, ham geografik va ham biologik fan ekanligi, 

boshqa  fanlar  bilan  aloqalari  hamda  tabiatdan  oqilona  foydalanish,  uni  qo’riqlash  va  ekologik 

holatini yaxshilashda  fanning ahamiyati tasvirlangan. 

Biosfera,  biosferada  asosiy  elementlarni  davr  aylanishida  o’simliklar  va  hayvonot 

dunyosining  roli,  biosferada  organizmlarni  xilma-xilligi,  yer  shari  hayotida  o’simliklar  va 

hayvonot dunyosini roli aks ettirilgan.  

Organizmlarni  umumiy  ekologiyasining  asosiy  omillari,  organizmlar  hayotida  iqlimiy, 

edafik va antropogen faktorlarni ta'siri bayon etilgan. 

Biotsenoz  uni  xarakterli  xususiyatlari,  biotsenozni  yarusliligi,  unda  yashaydigan 

organizmlarni o’zaro munosabatlari, biotsenoz hayotida o’simliklar va hayvonlarni roli to’g`risida 

tushuncha berilgan. 

Areallar ularning tiplari, uzluksiz va dizyonktiv areallar, dizyonktiv areallarni hosil bo’lish 

sabablari, areallarni kattaligini belgilaydigan omillar, endemik organizmlar areallari va ularni hosil 

bo’lish sharoiti, o’simlik va hayvonot dunyosini qo’riqlash masalalari yoritilgan. 

Quruqlik  organizmlarini  xilma-xilligini  asosiy  ekologik  va  tarixiy  sabablari  yer  sharining 

floristik  va  faunistik  oblastlari,  quruqlikning  xarakterli  biomlari,  ularni  tarqalishini  iqlimga 

bog`liqligi,  zonal,  intrazonal  va  ekstrozonal  biotsenozlar,  qutb  sahrosi,  tundra,  o’rmontundra, 

o’rtacha  poyasli  o’rmonlari,  o’rmondasht,  dasht,  cho’l,  qattiq  bargli  doim  yashil  o’rmonlar  va 

butalar, savannalar va nam tropik o’rmonlarni biotsenozlari bayon etilgan  

Orollar  biotasini  kelib  chiqishi,  materik  o’simligi  va  hayvonlarini  okeanlardan  orollarga 

o’tib olish usullari, orollar biotasini materik biotasidan farqi to’g`risida ma'lumot berilgan. 

Suv  muhitining  asosiy  ekologik  faktorlari,  ichki  suv  havzalari  va  okeanlarning  organik 

dunyosi va ularning ekologik sharoitga nisbatan moslanishi aks ettirilgan. 

  


Download 206,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish