Reja: Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruxlanishi



Download 4 Mb.
Sana06.07.2022
Hajmi4 Mb.
#747172
Bog'liq
Rizk taqdimot


2022
Farg‘ona Politexnika Inisituti
Yengil Sanoat va to‘qimachilik fakulteti
98-20MMTX guruh talabasi
RAYIMOV RAHMATULLONINGning
Yong‘in va portlash xavfsizligi fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
  • BINO VA INSHOOTLARNI YONG’IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH ASOSLARI.
  • Reja:
  • Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruxlanishi.
  • Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash.
  •  
  • Tayanch so’z va iboralar: Bino va inshoot, loyiha, yonuvchi gazlar, xavfli hudud, avariya, yengil alangalanuvchi, favqulodda, moyillik darajasi, energiya, qattiq, suyuq va gaz holati, uchqun.
  • Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong’in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi. Umumittifoq texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24-86. 1.2.3) va qurilish qoidalari va me’yorlari (KMK 2. 01.02-85) ga binoan sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo’yicha 5-ta toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas.
  • Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan.
  • A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan past bo’lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo’lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo’ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
  • B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin.
  • V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120oS dan yuqori bo’lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqorish va qayta ishlov berish hamda harxil yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, kardon, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin.
  • G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar.
  • D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika vassement zavodlari shular jumlasidandir.
  • Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi.
  • Binolarni loyihalash va konstruktiv echim qabul qilishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash
  • Imorat va inshootlarni loyihalashda, qurilishda va ulardan foydalanishda binoning olovbardoshligi, yong‘indan saqlanish va kam talofatlanish kabi talablarni qondirishga doir turli tadbirlar ko‘llaniladi.
  • Loyihalashda imoratni o‘rnini tanlashda, qo‘shni imoratlarga nisbatan kamxavotir, yong‘inga bardosh asosni, poydevorni, ko‘tarish konstruk-siyalarni, qavatlar orasidagi yopmalarni, ustyopmani, devorlarni va boshqa konstruksiya va uskunalarni alohida talablar asosida tanlanadi.
  • Qurilish jarayonida loyiha talablarini bajarish, imoratlarda ko‘zda tutilgan yong‘in xavfsizligidan kelib chiqadigan qo‘shimcha zinalar, koridorlar va cherdaklar og‘ishsiz amalga oshirilishi shart. Keltirilgan 9.3- jadvalda qurilish materiallarining olovbardoshlikdagi eng kichik chegarasi (s) va olov tarqalishining eng yuqori chegarasi (sm) keltirilgan.
  •  
  • Loyihalashda qabul qilingan qurilish materiallari, konstruksiyalar imoratning olovbardoshlik kategoryasi asosida tanlanadi. Imoratning olovbardoshligiga doir xarakteristikalari va xususiyatlari 9.4- jadvalda keltirilgan. Binoning olovbardoshlik darajasi konstruksiyalarni eng kichik olovbardoshlik chegarasi asosida belgilanadi. Misol, agar konstruksiyalardan birining olovbardoshligi 0,25 soat bo‘lsa, faqat temir konstrksiyalar qo‘llash, tashqaridagi devorlarida alyuminlar asosida tayyorlangan materiallardan foydalanish mumkin. Agar 11-darajali sanoat imorati loyhalansa, u holda qo‘llaniladigan ustunning olovbardoshligi 0,75 s dan kam bo‘lmasligi kerak.
  • Qurilish materiallari yonish darajasi bo‘yicha 3-guruxga bo‘linadi: yonmaydigan, yonishi murakkab va yonadigan. Masalan shipga qo‘llaniladigan konstruksiya yonmaydigan, osma shiplar esa qiyin yonadigan va ba’zida yonishi mumkin bo‘lgan materiallardan bo‘lishlari mumkin. Stropilalarda, devorlarda, pollarda, tomlarda qo‘llaniladigan materiallar ham yonishi mumkin bo‘lgan materiallardan qilinishi mumkin. Albatta, stropila kabi ma’suliyatli konstruksiyalarni olovga bardoshligini ta’minlaydigan tadbirlar qo‘llanilishgi shart.

ETIBORIBGIZ UCHUN RAXMAT


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish