Eshkak eshish
Reja:
1.Baydarka va kanoeda eshkak eshish
2.Eshkak eshish tarixi
3. Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Sport turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida Yevropaning koʻpgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo boʻlgandan soʻng boshlandi va avval baydarkalarda, keyin kanoeda sport poygalari oʻtkaziladigan boʻldi. Xalqaro kanoe federatsiyasi (IKF, 1946 y. tashkil topgan) 54 milliy federatsiyani birlashtiradi (1991). 1936-yildan Baydarka va kanoeda eshkak eshish Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1938-yildan jahon chempionatlari oʻtkaziladi. Baydarkalardagi musobaqalar ayollar va erkaklar oʻrtasida, kanoeda esa — faqat erkaklar oʻrtasida boʻladi. Baydarkalar bir kishilik, ikki kishilik va toʻrt kishilik, kanoe — bir kishilik va ikki kishilik. 1972-yildan baydarka va kanoeda slalom musobaqalari olimpiada musobaqalari dasturiga tajriba tariqasida kiritilgan.
Oʻzbekistonda bu sport turi havaskorlari 50-yillardan suv havzalari, anhor va daryolarda mashq qilib, musobaqalarda qatnasha boshladilar. Oʻzbekiston terma jamoasi 1996-yilgi 26-yozgi olimpiya oʻyinlarida va ayniqsa 1997-yilgi Osiyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sokchasiti (Janubiy Koreya) shahrida boʻlgan qitʼa chempionatida 12 oltin, 11 kumush, 9 bronza medali qoʻlga kiritilib, birinchi oʻrin egallandi. Jamoa muvaffaqiyatiga xalqaro sport ustalari aka-uka S. va V. Shoislomovlar (kanoe), D. Kovalenko (kanoe), T. Levina, I. Lyalina, A. Shpiganovich, I. Isakova (baydarka) katta hissa qoʻshishdi. Oʻzbekiston Baydarka va kanoeda eshkak eshish jamoasi 13-Osiyo oʻyinlari (Bangkok, 1998) chempioni nomini ham oldi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻiicha asosiy sport bazalari Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Samarqand eshkak eshuvchilar kanalida joylashgan.
1892-yilda akademik eshkak eshish bo‘yicha xalqaro birlashma
(FISA — Federation Internationale des Societes d’Aviron) tashkil
topdi. Bu tashkilotning dastlabki a’zolari Belgiya, Haliya, Fransiya
va Shveytsariya davlatlari bo‘ldi.
FISA qaroriga muvofiq 1893-yiIdan boshlab akademik eshkak
eshish bo‘yicha har yili Yevropa chempionati o‘tkaziladigan boMdi.
1900-yilgacha Fransiya va Belgiyalik eshkak eshuvchilar yuqori natija
ko‘rsatgan!ar. Germaniya Yevropa chempionatlarida 1913-yildan
boshlab ishtirok eta boshladi.
B irinchi jahon urushi davrida chem pionat o ‘tkazi!magan.
1920-yiidan boshlab musobaqa qayta tashkil qilindi. Umshdan keyin -
gi yillarda Shveytsariya!ik eshkak eshuvchilar yuqori natijalarga
erishdi. 1930-yillar o'rtalarida Germaniyalik eshkak eshuvchilar
yetakchiiikni qo'lga kiritdi. Bu yillarda AQSH, Kanada va Avstra-
liyada eshkak eshishning sifati oshdi.
Yevropa chempionati ochiq musobaqa xarakterida bo‘Iganiigi
sababli nafaqat Yevropa davlatlari, balki hamma davlat eshkak eshuv-
chilari qatnashishgan, Shuning uchun FISA 1962-yildan boshlab
to ‘rt yiida bir marta, 1974-yildan esa har yili Jahon chempionatini
o'tkazishga qaror qildi.
Akademik eshkak eshish yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturidan
1896-yilda o‘rin olgan.
Baydarka va kanoeda eshkak eshishning rivojlanishi
Baydarka va kanoeda eshkak eshish ko'plab mamlakatlarda
ommabop sport turi hisoblanadi. Juda qadimdan mahkamlovchi
moslamasiz qayiqlar odamlarga har xil suv yo'llarini kesib o‘tish
vositasi sifatida xizmat qiigan. Ulardan ovda, baliq ovlashda va suv
yo‘llaridan yuklarni olib o ‘tishda keng foydalanishgan.
Baydarkada eshkak eshish sport turi sifatida XIX asming birinchi
yarmida yuzaga chiqdi. XIX asming 60-yiliarida gollandiyalik Mak-
Gregor eskimoslar qayig‘i konstruksiyasini o ‘zgartirib, baydarka
qayig‘ini yaratdi (2-rasm). Yangi sport qayig*i bir qator Yevropa
davlatlarida havaskor eshkak eshuvchilar orasida ommalashib ketdi.
1860-yilda Angliyada dastlabki baydarkada havaskor eshkak
eshuvchilar klubiga asos solindi. Keyinroq shunga o‘xshash klublar
Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Yevropaning bir qator davlatlarida
ochildi.
О
Bu klublarda baydarkada eshkak eshish bilan bir qatorda kanoeda
eshkak eshish ham muntazam rivojlanib bordi.
Zamonaviy kanoe qayiqlarining ajdodlaridan qadimda ham
foydalanishgan. Kanoe qayiqlaridan Shimoliy Amerika hindulari
keng foydaianganlar. Hali hanuz Kanada, Lotin Amerikasi, Afrika
va Osiyo davlatlarida kanoe keng qocllaniladi.
Mahkamlovchi moslamasiz qayiqlarda eshkak eshish G'arbiy
Yevropada ancha tez suratda rivojlandi. XIX asr o'rtalarida Angliya,
Fransiya va Italiyada eshkak eshish sporti bo‘yicha yirik musoba
qalar o‘tkazildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ko‘plab Yevropa
mamlakatlarida turli eshkak eshish klublari sportchilari orasida
xalqaro m usobaqalar o 4kazila boshladi. Bularning ham m asi
1924-yilda baydarka va kanoeda eshkak eshishning rivojlanishini
boshqaruvchi Xalqaro Kanoe Federatsiyasi (ICF — International
Canoe Federation)ning yaralishiga olib keldi. Xalqaro Kanoe
Federatsiyasinmg vujudga kelishida Avstriya, Shvetsiya, Germaniya
va D aniya davlatlarining baydarka va kanoe b o ‘yicha milliy
federatsiyalari asos bo‘ldi.
XX
asrning 30-yillaridan baydarka va kanoeda eshkak eshish
Yevropada keskin rivojlana boshladi. 40-yillar oxirlarida esa Chexos-
lovakiya, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya va Gollandiya vakillari
bu sport turida kuchlilar sifatida tan olindi. 1932-yildan boshlab
Xalqaro Kanoe Federatsiyasi m untazam Yevropa birinchiligini
o‘tkazib kelmoqda.
1936-yilda baydarka va kanoeda eshkak eshish yozgi Olimpiada
o £yinlari dasturiga kiritildi va shundan keyin bu sport turi ommabop
sport turi sifatida rivojlana boshladi. 1938-yildan baydarka va kanoeda
eshkak eshish bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkaziladi.
2.5. Eshkak eshish sportining 0 ‘zbekistonga kirib kelishi
0 ‘zbekistonda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha dast
labki rasmiy trenirovka mashg‘ulotlari 1958-yilda o‘fkazila boshla
di. 0 ‘zbekistonlik baydarka va kanoeda eshkak eshish ustalari Sobiq
Ittifoq spartakiadalarida har doim yetakchi o‘rin!anii egallab kelishgan.
1976-yilda 0 ‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi qa-
roriga binoan 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida eshkak
Dastlabki baydarka qayiqlari
eshish ixtisosligi tashkil qilingan, Ixtisoslik kafedrasi har xil yillarda
«Dengiz ko‘pkurashi kafedrasi», «Suv sporti turlari kafedrasi», «Su
zish va eshkak eshish kafedrasi», «Suzish, eshkak eshish va sinxron
suzish nazariyasi va uslubiyati kafedrasi» nomlari bilan yuritilib
keldi. Hozirgi kunda eshkak eshish ixtisosligi «Suv sporti va eshkak
eshish turlari nazariyasi va uslubiyati» kafedrasining ajralmas
qismidir.
2.6. Mustaqillik yillarida eshkak eshish sporti
(Uzbekistan mustaqiliikka erishgandan keyin hamma sport tur
lari kabi eshkak eshish sporti ham keng miqyosda rivojlana bosh
ladi. 0 ‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar jahon birinchiliklari va
kuboklarida, Osiyo o‘yinlari, birinchiliklari va kuboklarida munosib
qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
2008-yii Xitoyning Pekin shahrida o ‘tkazilgan XXIX yozgi
Olimpiada o‘yin1arida bir kishilik kanoeda eshkak eshish dasturi da
hamyurtimiz V. Menkov to'rtinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib
o‘tdi. Shu yili Germaniyaning Duysburg shahrida o‘tkazilgan Jahon
kubogining !T bosqichida uchinchi o ‘rinni egalladi. 2009 va
2010-yillarda Jahon kubogining har uchta bosqichida birinchi o'rinni
qo‘lga kiritdi va mutloq chempion degan nomga sazovor bo‘ldi.
Ketma-ket uch yi! 2009, 2010, 2011-yillarda dunyoning eng yaxshi
kanoechisi deb e’tirof etildi.
Teglar : Baydarka va kanoeda eshkak eshish
O'zbekistonda eshkak eshish 1935 yildan rivojlana boshlagan, ammo u 1955 yilda sobiq Ittifoq xalqlari yozgi spartakiadasi dasturiga kiritilganidan so'ng tan olindi.
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi Qoraqalpog'istonda eshkak eshish sportini rivojlantirishga qaror qildi. Toshkentdagi zavodlarda ishlagan va Rossiyada eshkak eshish sirlarini puxta o'rgangan V. I. Grachev va K.V. Dergachev I Spartakiadaga tayyorgarlikni boshqarishgan. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining qo'llab-quvvatlashi bilan Mitrofanov boshchiligida “Pishevik” (Paxtakor), «Spartak» va «Torpedo» jamoalarining tayyorgarlik ko'rishiga yordam ko'rsatildi. Sport qayiqlari sotib olindi. Asosiy mashg'ulot Qora-Qamish suv ombori va Anhor daryosi quyi qismi bo'lgan “Komsomol” ko'lida o'tkazildi. U erda 1956 yil may oyida O'rta Osiyo va Qozog'iston respublikalarining mintaqaviy musobaqalari bo'lib o'tdi.
1958 yilda birinchi Respublika chempionati o'tkazildi. Keyinchalik sport ustasi N.V. Denisov boshchiligidagi milliy terma jamoa asosan II va III toifadagi eshkak eshuvchilardan iborat bo'ldi. Sportni behad sevadigan, hayotini u bilan bog'laydigan odamlar eshkak eshishni o'rgana boshladilar, ular asosiy ishini mashg'ulot bilan birlashtirib, baydarka va kanoeda eshkak eshish texnikasini o'zlashtirdilar. Sportning ushbu turi bo'yicha birinchi kashfiyotlar suzish sportidan o'tgan B. Ismoilov, engil atletikachilar B. Polyakov va B. Bondarev edi. Inventarlar etishmasdi, ular o'zlari qayiqlarni tamirlardilar, bir-birlariga o'rgatardilar.
SSSR xalqlarining II Spartakiadasiga tayyorgarlikni Leningraddan kelgan sobiq Ittifoq chempioni N.V. Denisova-Sodiqova olib bordi. Keyin tayyorgarlik jarayoniga uning eri, Dushanbe shahridagi jismoniy tarbiya institutini tamomlagan, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi G'ulom Sodiqov qo'shildi. Respublika chempionati natijalari terma jamoani to'ldirish uchun asos bo'ldi. Kanoechilar etishmasdi, spartakiadada ishtirok etuvchi jamoani deyarli noldan boshlagan baydarkachilar safidan to'ldirish kerak edi.
1959 yilda Moskvada Ximki suv omborida o'tkazilgan sobiq SSSR xalqlarining II Spartakiadasida O'zbekiston delegaciyasi umumjamoa hisobida 13-o'rinni egalladi. O'zbekistonlik eshkak eshuvchilarning eng yaxshi chiqishi Raisa CHerkasovada (Toshkent) bo'lib, u 500 metr masofaga kechgan yakkalik baydarkachilar bahsida 6-o'rinni egalladi.
Kerakli tajriba va bilimlarga ega bo'lgan holda murabbiylar mashg'ulot jarayonini sezilarli darajada yaxshiladilar va ROSMM va Toshkentdagi bolalar sport maktabida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'limlari ochila boshlandi. Bekoboddagi Farhod suv omborida G'.Sodiqov rahbarligida eshkak eshish bo'limi ish boshladi. Keyinchalik, 1961 yilda, Sirdaryo bo'yida eshkak eshish bazasi qurilishi tugallandi. Baza tayyorgarlik ko'rish uchun barcha talablarga javob berardi: katta suv, qayiqlarni saqlash uchun elling, ustaxona va murabbiylar xonalari.
1960 yilda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan SSSR chempionatida toshkentlik V. Krasnikov «Burevestnik» ko'ngilli sport jamiyati jamoasi sharafini himoya qilib, 4x500 m masofadagi estafetada 1-o'rinni egalladi. Bu O'zbekistondan bo'lgan butunittifoq musobaqalarining (ushbu sport turida) birinchi g'olibidir. Boku shahrida maktab o'quvchilarining spartakiadasida toshkentlik G.Boguslavskaya yakkalik baydarkada 500 m masofada 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
I Spartakiadada O'zbekiston jamoasi 15-o'rinni band etgan bo'lsa, II Spartakiadada O'zbekiston eshkak eshuvchilar jamoasi 13-o'ringa ko'tarilib olishdi.
1961 yilda Kasaba uyushmalari spartakiadasida O'zbekiston jamoasi 12-o'rinni egalladi.
1962 yilda II talabalar o'yinlarida toshkentlik eshkakchilar birinchi, ikkinchi va to'rtinchi o'rinlarni bo'lishib oldilar. Toshkentlik eshkak eshuvchilar B. Polyakov va N. Zaynulin birinchi marotaba sport ustaligi talablarini bajarishdi. Eshkak eshish marafonida esa Toshkent shahri terma jamoasi 7-o'rinni egalladi.
1963 yilda SSSR xalqlarining III Spartakiadasiga tayyorgarlik ko'rish barcha o'zbekistonlik eshkak eshuvchilar hayotidagi muhim voqea bo'ldi. Spartakiada yilida o'zbekistonlik eshkak eshuvchilar bir qator yirik musobaqalarda qatnashdilar. Bu ularning darajalarini sezilarli oshirishga imkon berdi. Spartakiadada O'zbekiston jamoasi 12-o'rinni egalladi. R. CHerkasova, N. Ustyanceva (Toshkent) juftlik baydarkachilar bahsida (500 m) ettinchi bo'lib marraga etib kelishdi.
O'zbekistonga Vladivostokdan kelgan spartakiada ishtirokchisi Yuriy Rodionov CHirchiq shahrida eshkak eshish bo'limini ochdi. SHuningdek, u shaharda eshkak eshish bazalari qurilishi tashabbuskori bo'lgan.
1966 yil kuzida Bekobod shahridagi ROSMM ochiq filialining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'limi to'liq ishlay boshladi. Bu erda B. Polyakovning tavsiyasi bilan SSSR xalqlari II spartakiadasi ishtirokchisi B. Bondarev shahardan 8 km uzoqlikda joylashgan Farhod suv ombori bazasida ish boshladi.
1965 yilda Minskda bo'lib o'tgan IX maktab o'quvchilari sport festivali finalida mazkur dargohning birinchi qaldirg'ochi bekobodlik N. Tarnaushinko 500 metr masofaga kechgan yakkalik bahsi finalida qatnashdi.
SHu davrga kelib Toshkentdan 40 km uzoqlikda joylashgan Toshkent dengizida ushbu sportning rivojlanishi boshlanadi.
1967 yilda sobiq SSSR Xalqlarining IV Spartakiadasi final o'yinlariga tayyorgarlikni Minskdan kelgan V. Kornaushenko boshqargan. Spartakiadada jamoa 12-o'rinni egalladi. Eng yaxshi natijalarni ko'rsatgan to'rttalik baydarkada R. CHerkasova, A. Kalyagina, V. Parushina, N.Stacenko kvarteti 5-o'rinni egalladi. Armiya sportchilari V. Razlojko va V. Samadaev kanoeda 10 000 metrga poygada ham beshinchi bo'lishdi. B. Polyakov, V. Zaynulin, V. Zaxarov, V. Taryannikovlardan iborat jamoa 1000 metrlik masofadagi to'rttalik baydarka bahsida 8-o'rinni egalladi. Leningraddagi maktab o'quvchilarining X spartakiadasida murabbiy B.Bondarevning shogirdi V. Teterev (Bekobod) 1000 m masofada yakka kanoeda birinchi chempion bo'ldi. Teterev keyinchalik SSSR terma jamoasi safida bo'lajak etti karra Olimpiya chempioni I. Pacaykin (Ruminiya) bilan Vengriyada bo'lib o'tgan “Do'stlik” musobaqasida 5-o'rinni egalladi. U shu tariqa xalqaro musobaqalarda qatnashgan birinchi sportchi bo'ldi. O'shanda mamlakatimiz eshkak eshuvchilari N. Teshaboev va I. Kayzer juftlikdagi baydarkada 10-o'rinni egallashdi.
Niyozxo'ja Teshaboev nafaqat kanoeda eshkak eshish bo'yicha professional sportchi sifatida, balki milliy terma jamoa murabbiyi bo'lib ham ushbu sport rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Uzoq vaqt davomida N. Teshaboev kanoe federaciyasida ijrochi direktor bo'lib ishlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |