shoulders), frazeologik chatishmalar (to get up, to fall in love; ularning metaforik motivatsiyasi
sekin-asta yo`qolib boradi va ular ta`sirchanlik hamda uslubiy jihatdan neytralligi va tegishli
tushuncha uchun faqatgina ibora tarkibidagi so`zlardan biri bo`lib qolayotganligi sekin-asta asl
ma`noning yo`qolib borishining asosiy sabablaridandir), va iboralar (tasavvuriy, ta`sirchanlik va
uslubiy jihatdan rangdor, doim bir qancha neytral sinonimlari mavjud: to take the bull by the
horns, to wash one`s dirty linen in public, to fish in troubled waters, as dead as a doornail).
Faqat ikkinchi guruhga, ya`ni frazeologik chatishmalarga, batafsil tahlillar va tasnifning ayrim
turi berilgan. Professor Smirnitskiyning ilmiy asaridagi frazeologiyaga bag`ishlangan bobi juda
qisqa, uning yanada batafsilroq deb yuritilayotgan tasnifi juda tartibsiz – tuzilishi bilan uslub va
ma`no mezoni, qo`yingki, barcha jihatlari chalkashtirib yuborilgan. Bu qo`llanilgan tasnifning
ta`siri akademik Vinogradov foydalangan klassifikatsiya ta`siriga qaraganda ancha arzimas
hisoblanadi. Shunga qaramasdan uning turg`un ifodalarga bo`lgan munosabatida juda foydali va
qayd qilishga arzirli bir nechta fikrlar mavjud va ular hozirgacha ingliz tilining, eng muhim
xususiyatlarini qamrab olgan. Professor Smirnitskiyning olib borgan tadqiqotlari so`zlar va
frazeologik birliklar o`rtasidagi qiyosiylikka asoslangan. Ba`zilarida frazeologik birikmalar
qo`shma so`zlarga va boshqalari yasama so`zlarga o`xshatilgan. Shunday qilib, to take the chair
– ikki mustaqil so`zdan tashkil topgan birlik (birlikda bir qancha so`zlar bo`lishi mumkin) huddi
17
qo`shma so`zga o`xshaydi, modomiki to give up – bir mustaqil so`zdan tashkil topgan birlik
yasama so`zga qiyoslangan.
Professor A.I.Smirnitskiy gaplarni to`liq shartli ifoda sifatida talqin eta olinishiga e`tibor
qaratgan birinchi rus olimi edi. Masalan: How do you do? yoki I beg your pardon. It takes all
kinds to make the world. Can the leopard change his spots? Ular uzoq muhokama qilib,
yuqoridagilarni hamma birikmalardan farqlashgan, chunki ular tasniflashda ma`nosi bir so`zga
teng bo`lmas edi va ma`no jihatidan tahlilga muhtoj edi. Professor N.N.Amosova tomonidan
muhokama qilingan shartli ifodalar ma`no jihatidan muayyan tafovutda edi, misol ucun, save
your breath – ovozi o`chmoq, jim bo`lmoq, ovozini o`chirmoq yoki tell it to the marines.
Turg`un birikmalarda tez-tez uchrab turganidek, ularning kelib chiqishi bilan bog`liq turli izohlar
mavjud. Taklif etilgan etimologik izohlardan biri bu: tell that to the horse marines – bu gapingni
borib katta xolangga aytasan, o`sha ishonadi. Yuqoridagiga o`xshash ko`plab iboralar gaplarda
kiritmalar sifatida ishlatiladi: the cap fits – haqiqiy bayonot; bo`lgan voqea. Masalan, He called
me a liar. Well, you should know if the cap fits. Butter would not melt in his mouth. His bark is
worse than his bite.
Professor N.N.Amosova frazeologiya sohasiga kontekstologik jihatdan yondashgan. U
frazeologik birikmalarni qat`iy kontekst birliklari sifatida aniqlagan. Qat`iy kontekst muayyan
leksik komponentlarning aniq va o`zgarmas izchilligi hamda ular o`rtasidagi g`aroyib semantik
aloqadorlik orqali xarakterlangan kontekst sifatida aniqlanadi. Qat`iy kontekst birliklari so`z
birikmalari va iboralarga ajratiladi. So`z birikmalari doimo ikki qismli bo`ladi: bir komponentda
frazeologiyaga yo`nalgan ma`no mavjud bo`lsa, boshqasi kontekstni aniqlashga xizmat qiladi.
Masalan: small talk, small hours, small change. Iboralardagi yangi ma`no har bir ibora
tarkibidagi so`zning o`z haqiqiy ma`nosi zaiflashgan yoki butunlay ma`nosi yo`qolgan bo`lishi
mumkinligiga qaramay, butun birikma orqali yaratiladi. Qiyoslang: “in the nick of time” – ayni
daqiqada. Iboralar motivlashgan yoki motivlashmagan bo`lishi mumkin. Motivlashgan ibora
erkin so`z birikmasiga omonim bo`ladi, lekin bu so`z birikmasi shaklan qo`llaniladi. Misol
uchun: take the bull by the horns – xavf-xatarni mardona qarshi olish. In the nick of time iborasi
motivlashmagan, chunki nick so`zi eskirgan so`z hisoblanadi. So`z birikmalari ham
o`zgaruvchan va o`zgarmas bo`lishi mumkin, - deb ta`kidlab o`tgan edi professor N.N.Amosova.
Yuqoridagi fikrlarni quyidagi misollar yordami orqali oydinlashtirib olamiz. Yangi
ma`no, iboraning ma`nosi, har bir element o`z ma`nosini saqlashiga qaramay, butun birikma
ma`nosi o`sha birlik orqali yaratiladi deb aytib o`tildi. Bu jumlani quyidagi misol orqali
oydinlashtiramiz: a mares nest – safsata, kashshofning faqat tasavvuridagina mavjud kashfiyot.
Do'stlaringiz bilan baham: |