O'zbekiston markaziy bankining pul kredit siyosati
O'zbekiston markaziy bankining pul kredit siyosati
Reja:
1. Bank tizimi
2. Pul-kredit siyosati
3.Ozbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklari
1. Bank tizimi
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda mavjud bolgan bank tizimlarini shartli ravishda universal va segmentlangan turlarga ajratish mumkin.
Ozbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani olgandan songgina davlat qimmatbaho-qogozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirilishi mumkin. Ularga qimmatbaho qogozlar bilan operatsiyalar qilish uchun, tolov harajatlari funktsiyasini bajaruvchi qogozlar uchun (veksel-chek) yoki pul mablaglarini jamgarmalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi kogozlar (depozit va jamgarma sertifikatlari) uchun maxsus litsenziya olishlari shart emas.
Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yukotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvi va jamgarilishi bilan bevosita bogliqdir.
Bunday harakat natijasida ozaro yaqin va oxshash bolmagan kredit tashkilotlarini yoqolib ketishi yoki qoshilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin.
Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillariga bogliqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni oz ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yoqolishi va banklar tomonidan funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bolishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmokda. Shuni qayd qilish lozimki, yirik banklarning universallashuvi va global yonalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga yani malum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bolmoqda. Bu esa kopgina mamlakatlarda faoliyot korsatayotgan kop bosqichli bank tizimiga hos xususiyatdir.
Bugungi kunda banklarning kop pogonali bolishi ularning tashkiliy tuzilishiga bogliq. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pogonali bank tizimi xosdir. Bir pogonali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank hali mavjud bolmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bolsagina real (haqikatda) mavjud bolishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pogonali bank tizimi hos. Bunda birinchi pogona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pogona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bolgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi orni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bogliq.
Bu esa oz navbatida ikki pogonali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bolib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank boladi.
Ikki pogonali bank tizimining zarurligi bozor munosabatlarining qaramaqarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablaglaridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pogona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni malum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yonaltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Yuqorida korib otganimizdek bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi Ozbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar. Ularga qoshimcha litsenziya zarur emas (faqat valyuta operatsiyalaridan tashqari).
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xojaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora koproq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas, balki shuningdek moliyaviy xizmatlar korsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyb 350 dan ortiq turdagi moliyaviy xizmat korsatmoqda.
Kredit moliya-tizimining barqarorligini taminlash, uning alohida boginlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini taminlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir.
Zamonaviy ikki pogonali bank tizimi kop sonli tijorat banklari va yagona Markaziy bankka asoslangan bank tizimi shu yol bilan vujudga keldi. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy meyorlarini tartibga soluvchi, aniqlovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini ozida mujassamlashtirgan va ozida davlatning tartibga soluvchi organi bolib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bolib hisoblanadi. Markaziy Bank - birinchi orinda davlat va iqtisodiyot ortasida vositachi bolib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank oz oldiga foyda olishni maqsad qilib qoymaydi.
Markaziy bank funktsiyalari uzoq yillar mobaynida deyarli ozgarmay aniq modifikatsiyalangan korinishga egadir.
Markaziy banklar ozlarining joriy (depozit) raqamlarida tijorat banklarining pul mablaglarini aks ettiradilar, ularning naqd pullarini toldirishga bogliq operatsiyalarni amalga oshiradilar, tijorat banklariga kreditlar beradilar. Markaziy banklar kop hollarda davlatning bankirlari hisoblanadilar. Shu bilan barcha emission banklarning yana bir asosiy funktsiyalariga ochiq bozordagi operatsiyalar va deviz operatsiyalari kiradi. Ular davlatning qimmatbaho qogozlarini sotish va olish, xorijiy valyutalarni hamda milliy valyuta kurslarini ushlab turish maqsadida sotadi va sotib oladi.
Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi tort guruhga (turga) bolinadi:
1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish;
2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi;
3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi;
4. Markaziy bank pul- kredit munosabatlarini tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi.
Markaziy banklarga davlat vaqili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni monopol ravishda emissiya qilish biriktirilgan, yani umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Takidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul zahiralarini tashkil qiluvchi, chakana pul muomalasini naqd banknotalar bilan taminlash va kredit tizimini likvidliligini taminlash vositasi hisoblanadi. Bu funktsiyalar naqd pul muomalasi ulushi sezilarli bolgan mamlakatlarda katta ahamiyatga egadir.
Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bolib tijorat banklari hisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyot va Markaziy bank ortasida vositachi sifatida faoliyat korsatadilar. Markaziy bank banklar banki sifatida tijorat banklarining zahiralarini saflaydi, jumladan, majburiy zahira talablari shaklidagi pul mablaglarini saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy bankda ochadigan hisob varaqlari orqali mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradilar, banklar va boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar.
Kapitalidagi mulk shaklidan qatiy nazar Markaziy bank davlat bilan uzviy bogliqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank xukumat xazinachisi ornida va kreditori sifatida, vaqili (agenti), moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi. Bu orinda Markaziy bank hukumat tashkilotlarining va korxonalarning hisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yigadi, tolovlarni amalga oshiradi. Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, ozining portfelini toldirish uchun davlat qogozlarini sotib olish, davlatga (xukumatga) togri gazna kreditlarini berish bilan shugullanadi.
Davlat byudjetining defitsiti sharoitida kopgina mamlakatlarda Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun turli usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga tasir korsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini ozgartiradi, turli yollar bilan xususiy investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi.
Davlatning vaqili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltinvalyuta zahiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta interventsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda oz mamlakati nomidan qatnashadi.
Yuqorida aytib otilganlardan, umuman olganda, Markaziy bankning barcha funktsiyalari ozaro bogliqdir. Davlatga kredit berish orqali Markaziy bank kredit muomala vositalarini yaratadi. Xukumatning majburiyatlarini chiqarish va qoplash orqali, u ssuda foiziga tasir korsatadi. Sanab otilgan funktsiyalari orqali Markaziy bank ozining asosiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga solish funktsiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi.
2. Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati deganda, toliq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning tasirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini ozgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni taminlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy osish, toliq bandlikni, baholarning hamda tolov balansining barqarorligini taminlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini taminlab turish zarur boladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib korsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari korinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga tasir otkazadi, taklifini ozgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qogozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish boyicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qogozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida kopaytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, yani yuqori quvvatli pullar bolganligi uchun pul taklifi multiplikativ kopayadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri bu, majburiy bank zaxira meyorini ozgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan oz omonatlarini talab qilib olganda zarur boladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bolgan zaxiralarning eng quyi normasini ornatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga tasir etadi. Bu meyor qanchalik yuqori bolsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yoli bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past boladi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha kopincha bir necha vosita birdaniga qollanilishi, yani kompleks siyosat otkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita tasir korsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida korib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi osadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bolgan talabni oshiradi va oz navbatida, YaIM miqdorining kopayishiga olib keladi. Bu bilan davlat malum davrda oz maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi toxtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati togrisida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori osishini ragbatlantirgan hamda malum darajada samaradorlikka erishgan bolsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining tasir etishi jarayonlarini organuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar ortasida kop yillardan beri tortishuvlar bolib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga tasirini inkor etmaydilar, ammo bu tasirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaIMga tasirini quyidagi ketma-ketlikda amalga oshadi deb hisoblashadi: pul taklifining ozgarishi foiz stavkasining ozgarishiga olib keladi, u esa oz navbatida, investitsiyalarga bolgan talabning ozgarishi orqali ishlab chiqarish hajmiga, yani YaIMga tasir etadi. Monetaristlar esa pul miqdorining ozgarishi bilan YaIM ozgarishi ortasida yaqinroq aloqa mavjud, yani pul miqdorining ozgarishi bevosita YaIM ozgarishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar:
M x V = R x Y
Agar R x Y = nominal YaIM bolsa, unda tenglamani quyidagicha yozish mumkin boladi:
M = YaIM / V;
Bu erda: M - pul taklifi;
V - pulning aylanish tezligi yoki aylanishlar soni;
R - tovar va xizmatlarning ortacha bahosi; Y - real YaIM.
Bunda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, nobarqaror deydilar.
Hozirda mavjud bolgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, yani, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qoshib, ozida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv koproq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga tasir etish usulidan voz kechmaydi.
Davlatning pulga bolgan talab va taklifi ozgarishi borasidagi siyosatini monetar siyosat deb yuritiladi. Bu siyosat monetarizm nazariyasiga asoslanadi. Uning bosh goyasi iqtisodiy osishni bozor mexanizmi taminlaydi, bu mexanizmning asosiy vositasi pul, degan xulosadan iborat. Pulga bolgan talab va taklifni oldingi paragrafda korsatilganidek quyidagi boglanishga asoslanib ozgartirib turilishi tavsiya etiladi.
M x V = R x Y
Bu tenglik bozor iqtisodiyotidagi eng muhim muvozanat bo’lib, unga asoslanib, quyidagi bog’lanishlarni aniqlash mumkin:
Bozordagi baho pul massasi bilan bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatiga bog’liq.
M V
P*=
PY
Ya’ni, pul massasi bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning bozordagi bahosini belgilaydi. Agar;
1. R* > 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan ko’p bo’ladi;
2. R* < 1 bo’lsa, pul talabga nisbatan kam bo’ladi;
3.R=1 bo’lsa, pul massasi bilan tovar va xizmatlar massasi tenglashadi, yani, bozor muvozanatlashadi.
Birinchi holda narx oshgan boladi va pul qadri pasayadi, ikkinchi holda esa aksincha, pul massasi kamaygan boladi va tolov inqirozi yuzaga keladi.
Muomalada bolishi zarur bolgan pul massasi tovar va xizmatlar massasi bilan pul harakati - pul aylanish tizimiga bogliq;
M = R x Y / V;
Muomala uchun zarur bolgan pul massasini davlat muomalaga chiqaradi va u mamlakat davlat doirasida harakat qiladi. Muomalada tovarlar bilan taminlanmagan pulning paydo bolishi inflyatsiyani bildiradi. Pul qadrsizlanganda muomaladagi pul kopayib, unga nisbatan tovar va xizmatlar kamayib ketadi. Pul birligining xarid kuchi unga sotib olish mumkin bolgan tovar va xizmatlar miqdoridan kamayadi, natijada ularning bahosi osadi. Bu esa oz navbatida pulning valyuta kursini pasaytiradi, chunki, unga nisbatan boshqa valyutaga koproq tovar sotib olish mumkin boladi.
Davlat oz xarajatlarini qoplash uchun pul emissiyasini amalga oshirib, uni kopaytirib, muomalaga kiritishi mumkin. Lekin uni tovar va xizmatlar massasi bilan taminlay olmasa pulning qadrsizlanishi kuchayib boradi. Demak, qogoz pullar oltinga, chet el valyutasiga nisbatan qadrsizlanadi. Binobarin, pul miqdori asosan ishlab chiqarish holatiga, narxga, pul aylanishi tizimiga bogliq bolib, unga nisbatan davlat jiddiy yon-dashadi. Iqtisodiyotni tartibga solish uchun davlat muomaladagi pul miqdorini ozgartirib, uni normal holga keltirib turadi.
Markaziy Bank bir vaqtning ozida ham pul massasini, ham foiz stavkasini ozgartirmasdan ushlab turolmaydi. Pulga talab osgan xolatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini taminlash bolsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur boladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining kopayib ketishiga yol qoymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qollash foiz stavkasining kotarilishiga olib keladi va bu siyosat kattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida kopaysa qattiq pul kredit siyosatini qollash maqsadga muvofiq boladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning osishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qollash orinlidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashivi yanada oshadi. Xususan, davlat iqtisodiyotga kredit tizimi orqali faol tasir korsata boshlaydi.
Bunda ssudaga beriladigan pul miqdorini ozgartirish uchun foiz vositasidan foydalanadi. Malumki, kredit munosabatlarida Markaziy bank markaziy zaxira tizimi vazifasini otaydi va ular davlat tasirida boladi. Davlat kreditga bolgan talab va taklifni mar-kaziy zaxira tizimi orqali ozgartiradi. Ushbu jarayonni uch xil yol bilan amalga oshiradi.
Birinchidan, davlat markaziy zahira tizimi orqali banklar mablagining qarzga beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini ozgartiradi.
Ikkinchidan, markaziy zaxira tizimi ozi boshqa banklardan oladigan foizlarni ozgartiradi. U boshqa banklarga past foiz hisobidan qarz berib, ularga moliyaviy yordam korsatadi. Imtiyozli qarz olish banklarga quvvat berganidan ular kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy osishga tasir eta oladilar.
Uchinchidan, davlat markaziy zaxira tizimi orqali xazina veksellarini (majburiyatlarini) tarqatadi, oz zayomlarini sotadi yoki qimmatli qogozlarni sotib oladi.
Davlatning pulga bolgan talab va taklifni ozgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Ushbu siyosatni otkazish orqali davlat iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
3.Ozbekiston Respublikasi bank tizimi va pul-kredit siyosatining ustuvorliklari
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi qatiy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bolib faoliyat korsatmoqda.
2013 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirishda asosiy etibor Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliyabank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting korsatkichlariga erishishning ustuvor yonalishlari boyicha kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan:
– banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini yanada oshirish maqsadida ular kapitallashuvini oshirish, resurs bazasini kopaytirish va aktivlar sifatini yaxshilash, bank sohasiga xususiy kapitalni keng jalb etish;
– respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini Bank nazorati boyicha Bazel qomitasining yangi talablaridan kelib chiqqan holda xalqaro andozalar asosida takomillashtirib borish;
– mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qollaniladigan meyor va korsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish va ushbu darajalarga erishish tadbirlarini amalga oshirish;
– iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qollab-quvvatlashga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yonaltirilgan bank kreditlari hajmini yanada kopaytirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qollab-quvvatlash, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar bandligini oshirishga qaratilgan biznesloyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish hajmini oshirish;
– xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.
2013 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori suratlarda osishiga imkon berdi va natijada bank tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda korsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va rivojlanishi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 yanvardagi PQ-1464-sonli Qarori bilan tasdiqlangan indikatorlar tizimiga asosan tahlil qilinganda, bank tizimining barcha korsatkichlari «yuqori darajada»gi indikator baholariga muvofiq kelmoqda.
Jumladan, 2013 yil boyicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati boyicha Bazel qomitasi tomonidan belgilangan xalqaro meyordan 3 barobar yuqoridir.
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim korsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2013 yilda ham 65 foizdan yuqori darajada saqlanib qolayotganligi va ushbu korsatkichning talab etiladigan minimal darajadan 2,2 barobar ortiqligi mamlakatimiz bank tizimining mustahkamligini hamda har qanday tashqi va ichki salbiy tasirlarga tola bardosh bera olishini tasdiqlaydi.
Banklar tomonidan aholiga xizmat korsatish indikatorlari, jumladan, bank xizmatlaridan foydalanish darajasi har 100 ming (katta yoshli) aholiga togri keladigan bank muassasalari soni 49,7 tani tashkil etib (30 tadan kopi yuqori bahoga togri keladi), «yuqori daraja» va har mingta katta yoshli aholiga togri keladigan jismoniy shaxs-omonatchilar hisobvaragi soni 1028 birlikni tashkil etib, bu boyicha ham (1000 tadan kopi) «yuqori daraja» baholariga muvofiq kelmoqda.
Shuningdek, yuqoridagi qaror talablari boyicha respublika bank tizimida depozitlar hajmi dinamikasi, kredit qoyilmalari hajmining ozgarishi kabi indikatorlar ham yuqori darajadagi baholarga muvofiq kelmoqda.
Shu bilan birga, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi 117-sonli qarori asosida 2012 yilning 1 iyulidan boshlab joriy etilgan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shu jumladan, moliya-bank sohasi faoliyatini baholovchi indikatorlarning har chorakdagi tahlili natijalari tijorat banklarining hududlardagi filiallari korsatkichlarining yuqoriligini korsatdi.
Bank tizimi infratuzilmasini rivojlantirish boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar. 2013 yilda tijorat banklarining respublika hududlaridagi filiallar tarmogi yanada kengayib, 2014 yil 1 yanvar holatiga kora, ularning soni 837 taga etdi.
Bank muassasalarini aholi va ishlab chiqarish korxonalari hududlariga yaqinlashtirish orqali bank xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida tashkil etilgan minibank va maxsus kassalar soni otgan yilda 66 taga kopayib, ularning soni 4196 taga etdi, shundan 2156 tasi qishloq joylarida joylashgan.
Bundan tashqari, aholidan kommunal va boshqa tolovlarni bevosita aholi yashash joylariga borib qabul qiluvchi 505 ta ixtisoslashtirilgan kochma kassa faoliyati yolga qoyildi.
Respublikamizdagi tijorat banklari bilan keng qamrovli va ozaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizda xorijiy yirik banklarning 6 ta vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Bank infratuzilmasining kengayib borayotganligi, oz navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
2013 yilda monetar siyosat «Monetar siyosatning 2013 yilga moljallangan asosiy yonalishlari» asosida amalga oshirilib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan respublika Hukumatining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2013 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari, xususan, belgilangan makroiqtisodiy korsatkichlarning sozsiz bajarilishini taminlashga qaratildi.
Pul-kredit sohasida yalpi ichki mahsulotning osish suratlariga muvofiq iqtisodiyotning oshib borayotgan pulga bolgan talabini toliq qondirish va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish orqali inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz korsatkichidan oshirmaslik maqsadlariga qaratilgan choratadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda Markaziy bank oz tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalandi.
Oz navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan pul bozoridagi operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini taminlashga qaratildi.
Shuningdek, 2013 yil davomida tashqi savdo balansining ijobiy saldosi va bank tizimi sof tashqi aktivlarining kopayishi hisobiga shakllangan qoshimcha likvidlikning inflyatsion bosimga tasirini oldini olish maqsadida otkazib borilgan sterilizatsiya operatsiyalarining ortacha hajmi 2012 yilga nisbatan 1,2 martaga oshdi.
Majburiy rezervlar. Majburiy rezerv talablari tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga tasir korsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida qollanilmoqda.
Xususan, 2013 yil davomida inflyatsiya va pul massasining belgilangan prognoz korsatkichlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida diversifikatsiyalangan majburiy rezerv normalari qollanilib, tijorat banklari tomonidan jalb qilingan yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bolgan muddatli depozitlari uchun 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bolgan depozitlar uchun 12 foiz, 3 yildan ortiq bolgan depozitlar uchun 10,5 foiz miqdorida ozgartirilmasdan qoldirildi.
2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 463,1 mlrd. somga yoki yil boshiga nisbatan 25,2 foizga kopaydi.
Oz navbatida, Ozbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasi hisobvaragiga qoshimcha ravishda 1,2 mlrd. dollar miqdoridagi mablaglar yonaltirilishi pul massasining belgilangan prognoz korsatkichidan ortiqcha osishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini taminlashga xizmat qildi.
Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy osish jarayonlarini ragbatlantirish maqsadida foydalanildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining, iqtisodiyotning kredit resurslariga bolgan talabini etarli darajada qondirish va boshqa makroiqtisodiy korsatkichlarning 2013 yilga belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2013 yil mobaynida yillik 12 foiz miqdorida saqlab turildi.
Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bolgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini taminlashga xizmat qildi.
Foiz stavkalari dinamikasi. 2013 yilda respublikadagi barqaror iqtisodiy osish suratlari hamda Markaziy bank tomonidan qatiy monetar siyosatining yuritilishi, oz navbatida, mamlakatimizning pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari dinamikasida, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va depozitlari boyicha hamda banklararo kreditlar boyicha foiz stavkalarida oz aksini topdi.
Xususan, 2013 yil davomida aholi va xojalik yurituvchi subektlar daromadining oshishi hisobiga respublikamizdagi moliya institutlari resurs bazasining kengayishi banklararo pul bozoridagi resurslar taklifining kopayishiga va oz navbatida, moliyaviy resurslar narxining arzonlashishiga sabab boldi.
Jumladan, 2012 yil davomida banklararo pul bozoridagi operatsiyalar boyicha ortacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,9 foizni tashkil etgan bolsa, 2013 yilda ushbu korsatkich 9,9 foizga teng boldi.
Mamlakat yalpi ichki mahsulotining va unga mos ravishda aholi daromadlarining yildan-yilga yuqori suratlar bilan osishi, bank tizimiga bolgan ishonchning ortib borishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar tasirida 2013 yilda bank depozitlari boyicha foiz stavkalarining pasayishi kuzatildi.
Xususan, jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi jami depozitlari boyicha ortacha tortilgan foiz stavkasi 2012 yildagi ortacha yillik 7,7 foizdan 2013 yilda 7,1 foizgacha pasaydi.
Yuridik shaxslarning jamgarma va muddatli depozitlari boyicha ortacha tortilgan foiz stavkalari 2012 yildagi ortacha yillik 6,2 foizdan 2013 yilda 6,0 foizgacha pasaydi.
Shuningdek, banklararo pul bozoridagi operatsiyalar hamda depozitlarni jalb qilish boyicha foiz stavkalarining pasayishi natijasida tijorat banklarining aktiv operatsiyalari boyicha, jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini kreditlash boyicha foiz stavkalarining ham pasayishi kuzatildi.
umladan, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori subektlariga ajratilayotgan kreditlar boyicha ortacha tortilgan foiz stavkasi 2012 yil dekabr oyida 13,6 foizni tashkil etgan bolsa, 2013 yilda 13,0 foizgacha pasaydi
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A
2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b.
3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001.
4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.
5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996.
6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С.
7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997.
8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.
9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.:
10. «O’qituvchi»,1994
11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997.
12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005.
13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.Oquv qollanma-T.:ILM ZIYO 2012, 324 b.
14. 20. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga kotaradigan yil boladi nomli maruzalarini organish boyicha Oquv-uslubiy majmua. Toshkent: Iqtisodiyot. 2012, 282 b.
15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va Ozbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. T. Akademiya, 2011, 92 b.
16. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy malumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |