Mavzu :Baliqlar (pisces)katta sinfi. To`g`ayli baliqlar sinifi vakili Tikanli akulaning ichki va tashqi tuzilishini organish.
Reja:
1.Baliqlarning katta sinfi.
2.Tog’ayli baliqlar sistematikasi va ularni tuzilishi.
3.Tikanli akulaning ichki va tashqi tuzilishi.
Tip. Xordalilar Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar Vertebrata yokiBosh ckeletlilar Kraniata
Bo`lim. Lag`sililar- Gnathostomata
Kattta sinf. Baliqlar Pisces
Sinf. Tog`ayli baliqlar - Chondrichthyes
Turkum. Akulalar – Selachoidri
Vakil. Tikanli akula Squalus acanthias L.
Tog'ayli baliqlar sinfi vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi.
Tog'ayli baliqlarning tuzilishi ko'ppak akula m isolida berilgan (2 5 -
rasm). Uning byi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchida
qazg'ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari
joylashgan. K o'zlarining orqasida ikkita halqum ga ochiladigan
sachratqichlari bo'ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldida
kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo'lmaydi, ya'ni ustki
pallasi pastkisiga nisbatan katta bo'ladi. Bunday dum suzgich qanoti
geteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal
joylashgan juft ko'krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonida
esa juft qorin suzgich qanoti joylashgan.
Skeleti faqat tog'aydan iborat bo'lib, quyidagi bo'limlarga ajratiladi:
1. O'q skeleti; 2. Bosh skeleti; 3. Juft suzgich qanotlar skeleti; 4. Toq
suzgich qanotlar skeleti. O'q skeleti bir nechta umurtqalaming o'zaro
qo'shilishidan hosil bo'lgan umurtqa pog'onasidan iborat. Umurtqalaming
tanasi ikki tomonlama botiq amfisel tipda bo'ladi. Umurtqalaming ichida
va umurtqalar orasidagi bo'shliqda xorda joylashadi. Gavdaning tana
bo'limidagi umurtqalaming yon tomonlariga qobirg'alar birlashadi.
Qobirg'alar tanani ustki va yon tomonlaridan qoplab turadi.
T ikanli akula, ya'ni katran (S q u a lu s a ca n th ia s) eng k en g
tarqalgan akulalardan biri bo'lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Bering
dengizlarida uchraydi. Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi.
Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to'da bo'lib k chib
yuradi. Uzunligi 2 m gacha og'irligi 14 kg gacha keladi. Go'shti
m azali bo'lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo'yib, kopayadi
Jabralar nafas organlari bo'lib xizmat qiladi. Har bir jabra yorig'i bir
uchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan tashqariga ochiladi. Jabra teshiklari
bir—biridan keng jabralararo to'siq bilan ajralgan va bu yerda jabra yoylari
joylashadi. Jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devorlarida jabra yaproqlari
boshqa baUqlardagi singari ektoderma hisobidan rivojlanadi.
Ayirish organi bo'lib tana buyragi —mezonefros xizmat qiladi.
Chiqaruv yo'llari vazifasini Volf kanallari bajaradi va kloakaga ochiladi.
Urg'ochisining tuxumdoni tuxum yo'li bilan qo'shilmagan. Tuxum yo'li
kloakaga ochiladi. Urg'ochilarining jinsiy va ajratish yo'llari bir —biri
bilan qo'shilmagan. Juft urug'donining kanallari buyrakning oldingi
bo'limi bilan qo'shilgan. Urug'don kanallari buyrak orqali o'tib, Volf
kanallariga quyiladi. Shunday qilib, erkaklarida Volf kanallari ham siydik
yo'li, ham urug' yo'li vazifasini bajaradi. Volf kanallari ham kloakaga
ochiladi. Ayrim jinsli, urug'lanish ichki. Ayrim turlari tirik tug'adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |