Sanoat elektron biznes tizimlarining sinflari
Korxonalar tomonidan biznesni avtomatlashtirish uchun foydalaniladigan axborot tizimlarining bir necha sinflari mavjud:
ERP (ing. korxona manbalari rejasi) - korxona resurslarini boshqarish IS.
CRM (ing. Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish ) - mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish uchun IS.
(ing. Biznes razvedkasi) - biznes ma'lumotlarini yig'ish, tahlil qilish va taqdim etish IS.
ECM (ing. Korxona kontentini boshqarish) - korxonada axborot va hujjat aylanishi IS.
HRM (ing. Inson resurslarini boshqarish) - xodimlarni boshqarish IS.
SCM (ing. Ta'minot ulanmasi boshqaruvi) - ta'minot zanjiri boshqaruvining IS.
IDC prognoziga ko'ra, 2003 yilga borib elektron biznes bozorining umumiy hajmi 1,6 trillion dollarni tashkil etadi, shundan 1,4 trillion dollari B2B takliflariga to'g'ri keladi.
32-mavzu: Elektron biznesda Internetdan foydalanish.
Elektron tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli tuman.Internet yordamida o’zingizga zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet qanday imkoniyatlarni yaratadi ? Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, IBM, HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini Internet orqali amalga oshiradi. Internetdan foydalanish sotuvchilarga qo’yidagi imkoniyatlarni beradi. O’zining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish. Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda, tovarning rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar hamda qo’shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin
Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini reklama
qilishi mumkin.
Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin;
Invistrlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin;
Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tiziminiyaratishi mumkin;
Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda biznes bo’yicha sheriklarni maьlumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish imkoniyati yaratiladi. Sotib oluvchiga esa:
Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish;
Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va narxi kanoatlantiradigan sotuvchini topish;
Elektron pochta yordamida sotuvchi firmaga aniq surovlar yuborish hamda javob olish;
Tovar buyurtma qilish;
Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash;
Yukni olib kelishini buyurtma qilish;
Tulovlarni amalga oshirish v.b.
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli ma’lumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. Internetning tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli surovlarni oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu surovnomalarni qabul qilgan operator shu surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi. Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa texnologik jixatdan murakkab bo’lgan tovarlarni (telvizorlar,telefonlar) ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday korxonalarning maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq foydalanish. Shu sababdan kompyuter va mobil telefon texnologiyalaridan keng foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa ma’lumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi. Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish, kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. Elektron to’lov texnologiyasi Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi jarayonida nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o’tkazish, bank kartasi erdamida xisob- kitob qilish, cheklar va shunga o’xshash usullar). Istagan maqsadda bankdan po’l o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi).
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketmaketligidir.
Tranzaktsiya qo’yidagi asosiy xossalarga ega:
-Bo’linmaslik;
-Izolyatsiyalangan;
-Ishonchliligi
- Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |