Reja: Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi


O‘z DSt 1204:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik talablari”



Download 254,67 Kb.
bet9/15
Sana02.02.2023
Hajmi254,67 Kb.
#906774
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Mavzu 3.36

O‘z DSt 1204:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik talablari”
Ushbu standart ochiq va simmetrik kalitli kriptografik modullarga qo‘yiladigan yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi hamda axborotning kriptografik muhofaza qilish vositalarini loyihalash, ishlab chiqish, sotish (eltib berish) va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Standart EHM, telekommunikasiya tarmoqlari, ayrim hisoblash komplekslari yoki EHMda saqlanadigan va uzatiladigan konfidensial axborotni muhofaza qiladigan kriptografik modullarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1092:2005 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari.
O‘z DSt 1105:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi.
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.



    1. Mavzu: Axborot xavfsizligining kontseptual modelini ko’rsatish (Axborot xavfsizligi sohasiga oid me’yoriy xujjatlar)

Reja:

  1. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Nizom.

  2. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish tartibi.

  3. Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlarning axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash tartibi.

  4. Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Atamalar va ta’riflar.



RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Nizom. Ushbu hujjat N 100:2002 «Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida nizom» o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (MUT) axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar, funksiyalar va tashkiliy-texnik tadbirlarni belgilaydi.
Nizom xonaning muhofaza qilinishini tashkil qilish, tarmoq komponentlarining saqlanganligi va fizik yaxlitligini ta’minlash, tabiiy ofatlar, energiya ta’minoti tizimida ishlamay qolishlardan muhofaza qilish masalalari, xodimlar va MUT mijozlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralari, shuningdek Tezkor-qidiruv tadbirlar tizimini (TQTT) tashkil qilish masalalari va uning ishlashini tartibga solmaydi.
Ushbu hujjat talablari MUT normal ishlashini kuzatish, xizmat ko‘rsatish va ta’minlash ishlarini amalga oshiruvchi mutasaddi qo‘mita va vazirliklarning barcha korxonalariga taalluqlidir.
Ushbu Nizomga axborot muhofazasi bo‘yicha xizmatlar ro‘yxati o‘zgarganda yoki MUTni modernizasiya qilish va rivojlantirishda o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu Nizom axborotni muhofaza qilishning huquqiy, tashkiliy, rejimli, texnik, dasturiy va boshqa metodlari va vositalari jamidan foydalanish, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlash qismida amalga oshirilgan choralarning samaradorligi uchun har tomonlama uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish
asosida MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash AXTTni yaratish yo‘li bilan kompleksli va MUT hayotiy siklining barcha bosqichlarida tashkiliy-texnik tadbirlarni doimo o‘tkazish bilan hal etiladi.
MUT AXTT samarali ishlashini ta’minlash funksiyalari korxona rahbariga bevosita bo‘ysunadigan korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi)ga yuklatiladi.
Korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normativ hujjatlari, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari, korxona rahbarlarining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) MUT serverlarida saqlanadigan va MUT telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab uzatiladigan, agar bu shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, abonentlar axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) abonent terminallarida saqlanadigan abonent axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) viruslar bilan zararlangan va zararli dasturlarni o‘z ichiga olgan foydalanuvchi va abonentlarning axborot resurslari (MUT serverlarida joylashadigan va saqlanadigan va MUT telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab uzatiladigan), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborot resurslari tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni qabul qilish huquqiga ega.
Abonentlarga axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish shartnomada bayon etiladi.
MUT foydalnuvchilari va abonentlari o‘z darajasida axborotni muhofaza qilish tizimlari yoki vositalarini qo‘llash (ulardan foydalanish) huquqiga ega.

Download 254,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish