qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotlar va hisobot shakllarini berishga yo’natirilgan bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborot-ma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |