Transmissiya – burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
- ilashish muftasi
- uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)
- kardanli uzatma
- asosiy uzatma
- differensial
- yarim o‘qlar
Yurish qismi transport vositasini harakatini, yo‘llarda silkinish va tebranishlarni bir me’yorda ta’minlaydigan qism hisoblanadi.
- oldingi va orqa osmalar
- g‘ildirak
Boshqaruv mexanizmi harakatlanish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish, bekat va to‘xtash joylarida harakatsiz holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- rul boshqarmasi
- tormoz tizimi
Elektr jihozlari elektr ta’minot tizimi, avtomobildagi barcha tok iste’mol qiladigan elektr uskunalarini o‘z ichiga oladi, ular:
- tok ishlab chiqaruvchi
- tok iste’molchilari
Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar. Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi:
Sedan–uch hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon va yuk bo‘limi) bo‘lib,
ikki, to‘rt yoki olti yon eshiklardan iborat bo‘ladi (5-rasm). Olti yon tomonida eshikka ega bo‘lgan, salonda haydovchi yo‘lovchilardan ajratilgan sedan – limuzin ham deb ataladi. Bu turdagi kuzovlar eng ko‘p tarqalgan. Masalan: NEXIA, LASETTI, YEPICA, VAZ-2170 kabi avtomobillar kuzovi.
Universal – ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uchta yoki beshta eshiklardan iborat bo‘ladi, lekin yuk bo‘limining vertikal eshigi yo‘lovchi kirishiga mo‘ljallanmagan. Yuk tashish uchun orqa o‘rindiqlar yig‘iladi (6-rasm). Sayohatga chiquvchilar va dam oluvchi uchun mo‘ljallangan kuzov turi. Masalan: TACUMA, VAZ2102, 2104 kabi avtomobillar kuzovi.
Kupe–ikki eshikdan iborat bo‘lib, bir yoki ikki qatorli to‘liq hajmli yoki kalta qilib ishlangan (yosh bolalar uchun) o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan kuzov turi (7-rasm). Masalan: Audi TT.
Do'stlaringiz bilan baham: |