Bog'liq Yulovchi tashish amalyotAvtobus yo`nalishlarini tashkil qilish
Shaharda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi to‘g‘risida 1. Shaharda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda “komissiya” deb ataladi) shaharda yo‘lovchilar tashish ishlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobat muhitini yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
2. Komissiya o‘z faoliyatida “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalaridir:
shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini ta’minlashga oid ishlarni muvofiqlashtirish;
shahar transport xizmatlari ko‘rsatish bozorida mulkchilikning turli shakllaridagi tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish;
shahar yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;
shahar yo‘lovchilar transportini rivojlantirishga, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmlari va turlarini kengaytirishga oid kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
yo‘lovchilar huquqlari ta’minlanishini tashkil etish.
4. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
Davlat boshqaruvi organlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlaridan Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
shaharda yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar tashkil etish;.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining axborot-ma’lumotlar banki ma’lumotlariga ko‘ra bir yil davomida yo‘nalishga xizmat ko‘rsatishda majburiyatlarni bajarish borasida 5 va undan ortiq bartaraf etilmagan huquqbuzarliklar sodir etgan talabgorning tender taklifini rad etish.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,vakolatli organlar (YHXDX, Davlat soliq qo‘mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqalar) bilan yo‘l harakati xavfsizligini, tashuvchilar tomonidan belgilangan jadvallarga, tashish tariflariga rioya qilinishini, tekin va imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo‘lovchilarning tekin va imtiyozli yurishi ta’minlanishini nazorat qilishini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni uyushtirish va boshqalar;
(4-bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
tenderda yutib chiqilgan yo‘nalishlarda qonunga zid ravishda ishlovchi tashuvchilar aniqlanganda soliq organlarga ma’muriy jazo choralari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish;
shahar avtobuslarida yo‘lovchilar tashishni amaldagi tariflarini o‘zgartirish yuzasidan hokimliklarga takliflar kiritish,
5. Komissiya:
Tender bo‘yicha joylashtirilgan yo‘nalishlardagi ish natijalarini muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) yakunlab borishga;
Shahar yo‘lovchilar transporti ishi ustidan tushgan shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etishga va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rishga;
Jadvallar va yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning sifati, madaniyati va bir maromda bo‘lishining u yoki bu masalalari bo‘yicha shaharliklarning jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etishga;
aholini va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashini, viloyatlar (shahar) hokimliklarini tender bo‘yicha shahar yo‘nalishi yutib chiqqan yo‘lovchi tashuvchilar bilan tuzilgan kontraktlar bajarilishi to‘g‘risida har oyda xabardor qilib turishga majburdir.
6. Komissiya komissiya faoliyatiga rahbarlik qiluvchi rais, uning o‘rinbosarlari va manfaatdor boshqaruv organlari hamda joylardagi xo‘jalik birlashmalari, shuningdek jamoat tashkilotlarining vakillaridan iborat komissiyaning boshqa a’zolaridan iborat tarkibida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari Komissiya raislari hisoblanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Komissiya tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat (shahar) hokimligi qarori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
7. Komissiya majlislari zaruratga qarab, lekin bir chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida 75 foizi qatnashganda qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.
Komissiya qarorlari ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda komissiya raisining (u bo‘lmaganda — rais o‘rinbosarining) ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Shahar yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlar o‘tkazish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga yuklanadi.