kuchlar va vositalarni tayyor holga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda mo‘ljallanayotgan favqulodda vaziyatlar rayoniga siljitish; v) favqulodda rejimda: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida boshqaruv organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar rayoniga siljitish; aholini muhofaza qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish; favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash; sanoat tarmoqlari va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayotini ta’minlash ishlarini birinchi navbatda tashkil etish; favqulodda vaziyatlar rayonlaridagi atrof-tabiiy muhitning ahvoli, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish. 27. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga zaxiradagi moliyaviy jamg‘armasi va favqulodda vaziyatlarni tugatish chog‘ida birinchi navbatdagi ishlarni amalga oshirish uchun davlat zaxirasi tarkibida yig‘iladigan moddiy resurslar zaxiralari — respublika budjeti mablag‘lari hisobidan; idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasi — vazirliklar va idoralar mablag‘lari hisobidan; mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan; obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan; Qizil Yarim oy Jamiyatining stixiyali ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlari. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari nomenklaturasi va hajmlari ularni tashkil etgan organ tomonidan belgilanadi. 28. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ular balansida turadigan avariya obyektlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi. 29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish obyektlarning, vazirliklar (idoralar) va hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaxassislari) rahbarlarining bevosita rahbarligida amalga oshiriladi. 30. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, agar bu birlashmalarning qutqaruvchilarida attestatsiya tartibida tasdiqlangan tegishli tayyorgarlik mavjud bo‘lsa, jamoat birlashmalari ishtirok etishlari mumkin. 31. Agar favqulodda vaziyatlarning ko‘lamlari mavjud kuchlar va vositalar bilan uni mahalliylashtirish va bartaraf etish mumkin bo‘lmagan holda bo‘lsa zarur yordam ko‘rsatishi yoki ushbu favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlikni o‘ziga olishi mumkin bo‘lgan FVDTning yuqori rahbar organiga yordam so‘rab murojaat qilinadi.