Reja: Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari


 Auditorlik dalillarni olish manbalari



Download 200,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana15.11.2022
Hajmi200,42 Kb.
#866495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Auditorlik dalillar

2. Auditorlik dalillarni olish manbalari 
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt 
xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; 
hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita 
kuzatishi chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz 
korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya 
hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz
korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz 
korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjatlarini 
uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va 
passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari.
Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita 
kuzatishi va moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar 


eng ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga 
asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning 
axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, to’plangan 
ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan 
ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot 
tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning 
dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini 
inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan axborotdan 
dalil sifatida foydalanish mumkin.
Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik 
riskini pasaytiradi.
Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar 
birbirlariga zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal 
etish va to’plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga 
ishonch hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar to’plashi zarur. Agar auditor 
qandaydir muammo bo’yicha etarli dalillar to’plash imkoniga ega bo’lmasa, buni 
o’zining hisobotida aks ettirishi lozim.
Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi 
hujjatlarni takdim kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash 
imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. 
№50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik 
tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud hujjatlar to’la hajmda 
taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha etarli auditorlik 
dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni 
o’zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish 
to’g’risidagi masalani o’rtaga qo’yishi mumkin. Demak, etishmayotgan auditorlik 
dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, 
auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni 
tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim.


Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini 
shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan 
foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko’zlaydi.

Download 200,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish