Reja: Atom tuzilishi to’g’risidagi ta‘limotlarning rivojlanish tarixi



Download 68,5 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi68,5 Kb.
#703720
  1   2   3
Bog'liq
Atomdagi elektronlar energiyasi. Atom arbitallar o`lchamini xisoblash, atom spektorlari va ularning o`zgarishi


Atomdagi elektronlar energiyasi. Atom arbitallar o`lchamini xisoblash, atom spektorlari va ularning o`zgarishi.

Reja:


  1. Atom tuzilishi to’g’risidagi ta‘limotlarning rivojlanish tarixi.

  2. Atom spektorlari.

  3. Atom tuzilishining to’lqin nazariyasi.

Atom tuzilishining hozirgi zamon nazariyasi uzoq tarixga ega.
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida fizika sohasidagi ko’pgina tekshirishlar natijasida atom moddaning eng kichik bo’linmaydigan zarrachasi emas, balki bo’linadigan, biridan ikkinchisiga aylanadigan, murakkab tuzilishiga ega degan xulosa chiqarildi. B xulosaning chiqarilishiga fizika va kimyo sohasida erishilgan quyidagi asosiy yutuqlar sabab bo’ladi.
Atom tuzilishining murakkabligi to’g’risidagi dastlabki tushunchalar qtgan asrda paydo bo’la boshladi. Dalton va uning safdoshlari atomga bo’linmaydigan zarracha deb qaradilar. Ammo sekin asta atom ichki strukturaga ya‘ni yanada mayda zarrachalardan iborat degan faktlar to’plana bordi. Atom tuzilishining hozirgi zamon modeliga olib kelgan eng muhim tajribalarga to’xtalamiz.
XIX asr boshlarida atom bilan elektr o’rtasida uzviy bog’lanish ya‘ni atomlar bir-birlari bilan elektr jarayonlari asosida birikkan degan umumiy tushuncha mavjud edi. 1834 y ingliz fizigi M.Faradey elektroliz qonunlari asosida ionlar ixtiyoriy xoxlagancha miqdordagi zaryadni emas, balki qat‘iyan aniq portsiyadagi elektr miqdori tashishini isbotladi. 1874 y DJ.Stoni bu fikrga asoslanib, elementar elektr zaryadining son qiymatini hisoblab, u 10-20 Kl. ekanligini topdi. Atomda qarama-qarshi elektr zaryadlari mavjudligi, xavosi siyraklashtirilgan sohada elektr zaryadlari ta‘sirida katod yoki anod nurlari vujudga kelishi bilan to’liq isbotlandi.
Katod nurlarini 1879 y. ingliz olimi Kruks ichdi.
Yuqori kuchlanishli (1000V) elektr tokini havosi surib olingan shisha nayda kavsharlangan elektroddan (katoddan) o’tkazilganda ko’zga ko’rinmaydigan nurlar vujudga kelishi aniqlandi. Bunday nurlar katod nurlari deyiladi, chunki ular manfiy zaryadlangan elektrod katodda vujudga keladi. Bu nurlar kuzga ko’rinmas bo’lib, ularning yo’liga qattiq moddalar qoyilsa nurlanish vujudga keladi. Masalan: oddiy shisha plastinkasi yashil nurlanadi, siyrak-er elementlarning oksidlari, siyrak-er element tabiatiga qarab turli rangdagi nurlanishni vujudga keltiradi. (Bu hodisa hozir rangli televizorlarda foydalaniladi). Ayrim kimyoviy birikmalar katod nurlari ta‘sirida parchalanadi. Masalan: katod nurlari ta‘sirida fotoplastinka yoki fotoqog’ozdagi Ag uning parchalanishi natijasida uning qorayishi kuzatiladi. Demak, ko’zga ko’rinmas katod nulari qattiq tusiqqa urilganda uning nurlanishini yuzaga keltiradi. Kuzatiladigan nurlanishlar manfiy zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat bo’lib, ularga «elektronlar» deb ataldi. Katod nurlari magnit va elektr maydonlari bo’lmaganda to’g’ri chiziqli yo’naladi. Manfiy zaryadlangan zarrachalar magnit va elektr maydonlarida og’ishi kabi katod nurlari ham og’adilar. Shunday qilib katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligi isbotlandi. 1897 yilda ingliz fizigi Dj.Tomson elektron elektr zaryadini uning massasiga nisbatini (e/m)ni o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu nisbat 1,76 . 108 kl/g. teng ekanligini aniqlandi. Faqat 1909 y. Chikago universitetidan R.Milliken juda ko’p tajriba natijalariga asoslanib elektron zaryadini o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu qiymat 1,60 . 10-19 Kl. teng ekanigini topdi. Bu qiymatni Tomson aniqlagan nisbat qiymatiga bo’lib, elektron massasini hisoblash mumkin:

Atom tuzilishining murakkab ekanligini isbotlovchi kashfiyotlardan yana biri 1895 y. frantsuz olimi Anri Bekkerel tomonidan ochilgan tabiiy radioaktivlik xodisasidir. Radioaktivlik xodisasi ochilishidan sal oldin 1896 yil yanvarda Rentgen g-nurlarniochdi va keyinchalik bu nurlar «Rentgen» nurlari nomini oldi. Rentgen nurlari to’lqin uzunligi 10-5-102 nm bo’lgan, ko’zga ko’rinmaydigan elektromagnit nurlanishi bo’lib, kuchli teshib o’tish qobiliyatiga ega. rentgen nurlarining bu xossasidan texnikada va meditsinada ko’p qo’llaniladi.
A.Bekkerel bu kashfiyot bilan juda qiziqdi va K2[UO2(SO4)2]2H2O mineralini qorong’ulikda o’z-o’zidan ko’zga ko’rinmas nur tarqatishini aniqladi. Bu hodisa radioaktivlik deyiladi.
Bekkerel maslahati bilan M.Skladovskaya-Kyuri va uning eri Per-Kyurilar o’zlarining eng muhim tajribalariga kirishadilar va uran rudasi tarkibidan 1898 y. poloniy va raiy elementlarini ajratib olishga muvaffaq bo’ladilar.
Radioaktivlik hodisasini keyinchalik asosan tekshirganingliz olimlardan Ernest Rezerford bo’lib, u uch xil – a (alfa), (beta) va g (gamma) nurlanishni aniqladi. Har bir nurlanish o’zining elektr xossasi va teshib o’tish qobiliyatlari bilan farq qiladi.
-nurlanish juda katta tezlik bilan harakterlanuvchi elektronlar oqimidan iborat ekanligi isbotlandi, shuning uchun ular, -zarrachalar deb nomlanadi. Elektron zaryadi birligida har bir -zarracha birligi 1ga teng.

Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish