Tabiatdagi barcha moddalar yuzdan ortiq ximiyaviy elementlardan tashkil topgan. Elementning barcha xossasini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrachasiga atom deyiladi. Hozirgi vaqtda, ma’lumki, atomning o’zi ham kichik elementar zarralar - yadrodagi proton va neytronlar hamda ular atrofida ma’lum orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi elektronlardan iborat. Ammo bu zarralar elementning xarakterli xossalariga ega bo’lmasdan, turli xil elementlarning proton, neytron va elektronlari o’z sifatlari bilan bir-biridan farq qilmaydi. Turli xil atomlarda ularning soni turlicha bo’lganligi tufayli ularning xossalari bir-birlaridan keskin farq qiladi.
Eng sodda element bu vodorod atomidir. Vodorod atomining yadrosi bitta proton va uning atrofida ma’lum orbita bo’ylab harakatlanuvchi bitta elektrondan iborat (1-rasm).
1-rasm
Hamma ximiyaviy elementlardagi musbat zaryadlar - protonlar soni, manfiy zaryadlar - elektronlar soniga teng bo’lib, ularning miqdori shu elementning davriy sistemadagi egallagan tartibi - o’rni bilan aniqlanadi. Bu zarralar moddiy bo’lganligi uchun massaga ega. Elektronning massasi
va zaryadi
Protonning massasi esa elektronning massasidan 1836 marta katta, ya’ni
va zaryadi elektronning zaryadiga teng.
Atomda bor bo’lgan neytronlar soni shu elementning massa sonidan davriy sistemada egallagan tartibining ayirmasiga teng. Masalan: kislorod atomining massa soni 16 ga teng. Uning davriy sistemadagi tartib nomeri esa 8. Demak, kislorod atomida 8 ta proton va 16-8=8 ta neytron bor ekan.
Molekulyar fizikada atom massa sonini nisbiy birliklarda o’lchash qabul qilingan. Atomning birlik massasi qilib uglerod o’n ikki izotopi massasining o’n ikkidan bir ulushi qabul qilingan. Uglerod o’n ikki izotopi atomining massasi
Uning o’n ikkidan bir ulushi esa
Boshqa barcha elementlarning massa soni ana shu birliklarda o’lchanadi. Masalan: ftor atomining massasi uglerod atomi massasining o’n ikkidan bir ulushidan o’n to’qqiz marta katta ekan. Nisbiy birliklarda
Absolyut birliklarda esa
Tabiatda ko’pgina moddalar atom holda emas, molekula holida uchraydi. Modda molekulasi bir, ikki yoki undar ortiq sondagi atomlardan va shuningdek bir xil atomlardan yoki bir necha xil atomlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Molekula so’zi lotincha - “molecula” so’zidan olingan bo’lib, shu moddaning asosiy va o’ziga xos xarakterli xossalarini o’zida aks ettiriuvchi eng kichik zarrachasidir. Molekula so’zini fanga birinchi bo’lib 1658 yilda fransuz olimi P.Gassendi kiritgan. Uning haqiqatan mavjud ekanligini tajribada 1906 yilda Fransiyada J.Perren isbotladi.
Har bir modda molekulasi o’ziga xos xossalarga ega bo’lib, atomlarning birikib molekula tashkil qilishi asosan ikki xil bog’lanish asosida hosil bo’ladi: ionli va kovalent bog’lanish.
Moddalarning molekulyar massasi nisbiy birliklarda birdan tortib bir necha ming va hatto million (polimerlarda)larga etishi mumkin.
Agar molekula bir tipdagi atomlardan (H2, O2, N2, Cl2 kabi) tashkil topgan bo’lsa gomeopolyar, turli tipdagi atomlardan (HF, NaCl, H2SO4 kabi) tashkil topgan bo’lsa geteropolyar molekulalar deyiladi. Ayrim molekulalarda atomlarning joylashish o’rni bilan farq qilish mumkin.
Turli xil modda molekulalari faqatgina tarkibi, atomlar soni bilangina farq qilib qolmasdan ular o’lchami, formasi, strukturasi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Agar molekuladagi atomlar bir to’g’ri chiziqda yotsa chiziqli, yotmasa chiziqli bo’lmagan molekula deyiladi. Molekulalarning o’lchami juda kichik bo’lib (~10-8 sm), ajrata olish qobiliyati katta optik mikroskoplar yordamida ham ularni ko’rib bo’lmaydi.
SHunday qilib, barcha moddalar atom va molekulalardan tashkil topgan. Molekulalar berilgan moddaning asosiy xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarralardan iborat bo’lib, ionli va kovalent bog’lanish asosida birikkan atomlardan tuzilgan.