Kuchli tarflari
|
Kuchsiz taraflari
|
Har bir bosqich oxirida qayta ko’rilishi boshqaruvga nazorat imkonyatini beradi.
|
Tizim foydalanuvchilari yaratuvchilar tushungan va anglagan tizimni qabul qiladilar. Foydalanuvchilar va yaratuvchilarning tizim to’g’risidagi tushunchasi har xil bo’lishi mumkin. Ya’ni tizim yaratilishi tugaguncha foydalanuvchi uni ko’rmaydi.
|
Har bir bosqichdan keyin rasmiy hujjatlar tayyorlanadi.
|
Hujjatlashtirish qimmatga tushishi mumkin va ko’p vaqt talab qilishi mumkin.
|
Rasmiy hujjatlar tizim talablarini qondirishini kuzatib borish imkoniyatini beradi.
|
Foydalanuvchi talablari kupincha noto’g’ri tushuniladi.
|
Bu uslubda ko’p oraliq yarim mahsulotlar yaratiladi va ularni talablar va standartlarga muvofiqligi ko’riladi.
|
Foydalanuvchilar oraliq mahsulotlarni ko’rmaydilar va ularni talablarga muvofiqligini bila olmaydilar
|
Hozirgi tezkor davrda axborot tizimlarini yaratishning boshqa usuli “spiral” usuli kengroq qo’llanilmoqda. Ushbu usul tizimlar yaratilish jarayonida takrorlanish yondashuvini qo’llaydi. Har bir takrorlanishda talablar va muammoning alternativ echimlari aniqlanadi va tahlil qilinadi, yangi dizayn tayyorlanadi va tizimning bir qismi amalda yaratiladi. Foydalanuvchilar bu qismni ishlatib ko’radilar va o’z fikrlarini bildiradilar. Spiral usuli tizimning muhim qismini tajribaviy yaratilishidan boshlanadi. Yaratilgandan keyin u takomillashtiriladi va yakuniy versiyasida ishlatiladi.
Bugungi kunda Axborot tizimlarini yaratish dasturiy ta’minot sifatida amalga oshiriladi. DT ishlab chiqishda dasturlashning ob’ekti – mo’ljallangan metodologiyasi ishlatiladi. Bu usul uchun 3-rasmda ko’rsatilgan B.Boem taklif etgan spiralli model to’g’ri keladi.
3- rasm. Dastur ta’minotini ishlab chiqishning spiralli modeli
3-rasmda keltirilgan bu jarayonning ierarxik dekompozistiyasi ko’zda tutilgan. Bunday yiriklashtirilgan qadamlarga (loyihalashtirish darajalari) talablarni tahlillashtirish va formallashtirish, hamda telekommua2 nikastion uskunaning interfeyslari (R daraja), arxitekturani aniqlash (tizimli va funkstional) va DT ning modulli tuzilmasini (A daraja), SDL ishlab chiqish–modullarning spestifikastiyasi (bloklar, prostessorlar, amallar, makroslar, ma’lumotlarning tuzilmasi) va modullararo inter-feyslar detalli loyihalashtirish (S daraja), va xususan dasturlash va das-turni sozlash (R daraja), DT ni ishlatish (eksplutastiya qilish).
Birinchi uchta daraja AT loyihalashtirishga, undan keyingi ikkitasi esa DTni loyihalashtirishga kiradi. Oxirgi bosqich ishlab chiqilgan DT bilan bog’liq, ishlab chiqish jarayonida AT va DT da avval aniqlanmagan xatoliklar tekshiriladi, hamda DT da amalga oshiriladigan funkstiyalarni o’zgartirish va kengaytirish ehtiyojlari aniqlanadi. Bu holatlar AT va DT ning alohida komponentlarini loyihalashtirish bo’yicha qo’shimcha ishlarni o’tkazish uchun oldingi darajalarga qaytishni taqozo qiladi.
Shunday qilib
Spiral modelda AT ni ishlab chiqish iterastion jarayonda amalga oshadi.
Xar bir iterastiya tayyor mahsulotga olib keluvchi tugallangan sikl hisoblanadi, tayyor mahsulot esa iterastiyadan iterastiyaga mukammallashtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |