Reja: Astronomiyadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari



Download 232,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.07.2022
Hajmi232,88 Kb.
#823758
  1   2
Bog'liq
4-ma'ruza matni



4-ma’ruza. 
ASTRONOMIYADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI 
TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH METODIKASI

Reja: 
1.
Astronomiyadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari. 
2.
Astronomiyadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari. 
3.
Astronomiyadan to'garak, konferensiya, kechalar o’tkazish metodikasi haqida. 
Sinfdan tashqari ishlar - o‘quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, 
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. 
Sinfdan tashqari ishlari. o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va 
ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlariga 
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli 
xil mashg‘ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg‘ulotlar pedagogic jamoa, sinf rahbari, 
yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o‘z- o‘zini boshqarish tashkilotlari 
tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O‘quvchilarning Sinfdan tashqari 
ishlarini tashkil etishda o‘quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, 
yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. 
Sinfdan tashqari ishlarining asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab 
klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o‘tkazish, viktorina va 
ko‘rgazmalar uyushtirish, tabiat qo‘yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga 
chiqish), to‘garak ishlari (o‘quvchilarning turli to‘garaklar, sport seksiyalari, 
ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o‘quvchilarning sinfdan tashqari 
o‘qishi, kolleksiya to‘plashi, texnika, musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va sh.k. 
bilan mustaqil shug‘ullanishi)ni ko‘rsatish mumkin. 
Astronomiyaga qiziquvchi maktab o‘quvchilari uchun to‘garaklarni 
alohida sinflar uchun tashqil qilinadi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun 
to‘garagda mashg‘ulotlar qiziqarli tarzda bayon etiladigan, elementar astronomik 
tushunchalar haqidagi suhbati tarzida o‘tkaziladi. Kuzatishlar sistemali xarakterda 
bo‘lib, ular uchun kerakli asbob uskunalar tayyorlanadi. 
Yuqori sinflar to‘garagida esa o‘quvchilarning mustaqil ishlari elementar 
nazariyani o‘rganish amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.Maktabda 
fizika - astronomiya va geografiya o‘qitishda ular to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘lanishni 
yanada rivojlantirish uchun fizika^astronomiya yoki geografik - astronomik to‘garaklar 
tuzish mumkin. 
Har bir to‘garak mashg‘ulotini ha^ada bir marta 1-2 soat davomida o‘tkazish 
tavsiya etiladi.Davomat va mashg‘ulotlar mazmuni hisobga olib boriladigan jurnal 
tashqil qilish, devoriy gazeta chiqarish yaxshi natijalar beradi. To‘garagning asosiy 
vazifasi astronomiya bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni o‘rganishdan iborat bo‘ladi. 
O‘quvchilar yulduzlar osmoni, osmon sferasining sutkalik aylanishi, yulduzlar osmoni 
ko‘rinishining yillik o‘zgarishi bilan tanishadi. 


Sutka davomida yoritgichlar balandligining o‘zgarishini, yil fasllari davomida 
Quyoshning tush paytidagi balandligining o‘zgarishini kuzatish bu hodisalarning 
mohiyatini tushunib olishga imkon yaratadi. Oyning yulduzlar tekisligida ko‘chishini, 
uning fazalarning o‘zgarishini, shuningdek, planetalarning yulduzlar orasida siljishini 
ko‘rish uchun kuzatishlar qilinadi. 
O‘qituvchi yulduzlar osmonining mazmunini bayon etgan va ularni kuzatish 
uchun sodda ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan bir qancha kitoblarni qanday keta-ketlikda 
o‘rganish rejasini ishlab chiqadi va o‘quvchilarga Ma’lum qiladi. To‘garak 
mashg‘ulotlaridagi suhbatlarga o‘qituvchi astronomiya tarixining elementlari,yulduz 
to‘dalari va planetalar nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan afsonalarni kiritadi. 
Birinchi yarim yillikda to‘garak mashg‘ulotlaridagi barcha suhbatlarni 
o‘qituvining o‘zi olib boradi, keyinchalik esa o‘quvchilarni jalb etish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bu o‘quvchilar faoliyatining sezirlarli faollashishiga olib keladi. 
Yuqori sinflar to‘garagida mashg‘ulotlarning mazmuni murakkablashadi. Bu 
yerda Oy va planetalar harakati qonunlari, tutilishlarning sabablari, Quyosh sistemasi 
jismlarining fizik tabiati bilan tanishtirish mumkin. Osmon sferasi elementlarini 
o‘rganish yulduzlar osmonining surilma kartasidan tushungan holda foydalanish va 
astronomiyaning ayrim amaliy qo‘llanishlarini ko‘rib chiqish imkonini beradi. 
O‘quvchilarga maktab ustaxonasida to‘garak uchun kerakli bo‘lgan asboblar, 
modellar, asboblarni konstruktsiya qilish va tayyorlashni topshirish mumkin. 
Kuzatishlar asta-sekin yulduzlar osmoni bilan chuqurroq tanishish xarakteriga ega 
bo‘ladi: qo‘shaloq yulduzlar, yulduz to‘dalari, tumanliklar kuzatiladi. Quyoshning 
aylanishini va Quyosh aktivligining o‘zgarishini ko‘rish uchun sistemali ravishda 
Quyosh dog‘larini kuzatish tashqil qilinadi. 
Oyni kuzatish davomida o‘quvchilar Oy sirtining sxematik kartalaridan 
foydalanishadi, diqqatga sazovor obhktlarni o‘rganib, ularning chizmalarini chizadilar. 
Teleskop yordamida olingan planetalar ko‘rinishining chizmalari bilan birgalikda 
materialni bayon qilish amalga oshiriladi. Barcha kuzatish natijalari umumlashtiriladi 
va o‘quvchilar, davriy ravishda, o‘z kuzatish materiallari bo‘yicha to‘garak 
mashg‘ulotlarida ma’lumot berib boradilar. 
Ilmiy - ommabop adabiyot bilan ishlash va davriy matbuot materiallaridan 
sistemali ravishda foydalanishga alohida ehtibor beriladi. O‘quvchilarga alohida 
mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlashni topshirish kerak. O‘qituvchinig suhbatlari 
bilan birgalikda mashg‘ulotlarning asosiy mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning 
ma’ruzalari tinglandi. 
Astronomiya to‘garagining ishi chuqqurlashtirilgan dastur asosida olib boriladi. 
U o‘z ichiga, tadqiqotlarning zamonaviy vosita va metodlarini, kosmik fazo va osmon 
jismlarining fizik tabiati hamda Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi ilmiy 
tasavvurlarni o‘rganishini oladi. Modellarning konstruktsiya qilish va tayyorlashda 


asosiy ehtiborni ko‘chma qurilmalar kameralar va osmonni rasmga oluvchi qurilmalar 
teleskoplar uchun fotoqurilmalarga qaratiladi. 
Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kuzatishlarni har bir 
o‘quvchining qiziqishini hisobga olgan xolda aniq tematik bo‘yicha tashqil etish kerak. 
To‘garak ahzolarining bir qismiga Quyoshni, boshqalariga o‘zgaruvchan yulduzlarni, 
uchinchi qismiga esa meteorlarni, to‘rtinchi bir bo‘lagiga planetalarni muntazam 
kuzatib borishlari topshiriladi. Bunda ularning diqqatini kuzatish natijalarini qayta 
ishlash usulariga tartibga solish va mazmunini ochishga qaratish juda muhim. 
Agar kuzatishlarning natijalari grafik tarzda katta formatdagi qog‘ozda 
tasvirlansa, ular to‘garak mashg‘ulotlarida hamda astronomiya darslarida yaxshi 
ko‘rgazmali qo‘llanma sifatida xizmat qilish mumkin. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun 
mo‘ljallangan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi shunday qurilishi 
kerakki, oqibatda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni mustaqil izlash 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak. Bunga erishilgandan so‘ng ular yuqori 
ko‘rsatgichlar bilan ishlay boshlaydilar. 
O‘quvchilarning o‘zlari o‘qigan adabiyotlari asosida tayyorlagan ma’ruzalari 
biror bir muammoga bag‘ishlangan maqola materiallari bo‘yicha o‘tkazilgan 
diskussiyalar juda foydalidir. Yuqori sinf o‘quvchilari to‘garakning ijtimoiy foydali 
roli ularning quyi bo‘g‘ini astronomik to‘garaklari mashg‘ulotlariga raxbarlik qilish 
paytida namoyon bo‘ladi. Bunday paytda o‘qituvchi ehtiborini yuqori sinf o‘quvchilari 
bilan ish olib borishga qaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqori sinf o‘quvchilari, 
uning ko‘rsatmalari asosida kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilari to‘garaklarida 
mashg‘ulotlar olib boradilar. So‘zsiz, to‘garak ishlarini olib borishning boshqa 
shakllari ham mavjud jumladan faqat ikki bosqichni o‘rta yoshdagi o‘quvchilar uchun 
va yuqori sinf o‘quvchilari uchun to‘garaklar tuzish mumkin. Bunday holda kichik 
yoshdagi o‘quvchilar to‘garak ishining butun mazmuni o‘rta yoshdagi o‘quvchilar 
to‘garakning mazmunidan joy oladi. 
Astronomik to‘garaklardagi mashg‘ulotlardan tashqari ilmiy tekshirish 
institutlari astronomik va geofizik observatoriyalar xalq observatoriyalari 
planetariylarga ekskursiyalar uyushtirish juda foydalidir. Bunday ekskursiyalarni shu 
tashqilotlarning mutaxassislari tomonidan o‘qituvchi bilan ekskursiyaning o‘quv 
tarbiyaviy vazifalari haqida oldindan suhbatlashib olingandan so‘ng o‘tkazilgan 
mahqul. Ekskursiyalar uzoq davom etmay o‘quvchilarni tushunadigan ortiqcha 
detallardan holi informatsiya bilan tanishtiradigan darajada bo‘lishi lozim. 
Astronomiya to‘garagining tematikasi masalasi eng muhim hisoblanadi. 
Ko‘pincha o‘qituvchilar to‘garak uchun osmon koordinatalari, kalenderlar, teleskoplar, 
optik asboblar va boshqalarni tanlashadi. Astronomiya o‘qituvchisi rahbarlik qiladigan 
to‘garak ishi o‘quvchilarning to‘garakdagi ishini astronomiyani o‘qitish bilan to‘laroq 
bog‘lash imkoniyati bo‘lishi uchun ko‘proq astronomiya va astrofizik asboblar 


tematikasi bo‘yicha olib boriladi. Astronomiya to‘garagini tashqil etish bilan o‘qituvchi 
o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish va rejalashtirilayotgan to‘garak 
faoliyatini ular bilan birga qo‘shib olib borishi kerak. To‘garaklar tematikasining 
zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki o‘quvchilarni teleskoplar, 
radioteleskoplar, Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekistonda astronomiya va boshqa 
masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan to‘garak ishlari quyosh haqida 
umumiy ma’lumotlar, quyosh energiyasining manbai, planetalar va ularning 
yo‘ldoshlari kabi mavzular ayniqsa o‘quvchilarni qiziqtiradi. 
To‘garak tematikasining mazmunida “Quyosh sistemasining tuzilishi”, —
Quyosh - eng yaqin yulduz”, “Yulduzlar” mavzularining masalalarini ko‘rib chiqaylik. 
Quyida ko‘rib chiqiladigan alohida to‘garaklar bo‘yicha rejalashtirish varianti 
darslikda keltirilgan ketma - ketlikdan bir oz chetga chiqsada, biroq materialni bayon 
etishning umumiy yo‘nalishini taklif qiladi. U Quyosh sistemasining tuzilishi g‘aqidagi 
tushunchalarning rivojlanishini olimlarning alohida kashfiyotlari natijasi sifatida emas, 
balki olamni bilishning qiyin va murakkab yo‘li fanning umumiy rivojlanish 
jarayonining bir qismi ekanini ko‘rsatish imkonini beradi. Umum ta’lim maktablari 
to‘garak tematikasining mazmunini ishlab chiqish. 
1-
to‘garak dars. Planetalarning konfiguratsiyasi va sinodik aylanish davrlari. 
Planetalar va sunhiy osmon jismlarining harakat qonunulari. To‘garak darsning 
maqsadi: plnetalarning ko‘rinma joylashishining davriyligi va ularning orbital 
harakatining asosiy qonunlari (Kepler qonunlari)ni tushuntirish; bu qonunlarning 
sunhiy osmon jismlari harakatiga tadbiqini ko‘rsatish. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar: 
“Quyosh sistemasi” va “Kosmik uchishlar (sunhiy yo‘ldoshlar) diapozitivlari yoki 
filmlardan kadrlar; ichki va tashqi plenatalarning konfiguratsiyalari va fazalari: 
“Maktab astronomik kalendari”, plenatalar sistemasining modeli. 
Materialni bayon qilish rejasi: 
1.Ichki va tashqi planetalarning asosiy konfiguratsiyalari, ularning 
konfiguratsiyalari farqlari va ko‘rinish shartlari. 
1.
Konfiguratsiyalarning 
aylanish davrlari. Planetalarning yulduz va 
sinodik aylanish davrlari. 
2.
Kepler 
qonunlari, ularning kashf qilinishi va ahamiyati. 
3.
Planetalarning 
Quyoshga nisbatan egallagan Ma’lum vaziyatlariga 
ularning konfiguratsiyalari deyiladi. 
Planetalarning konfiguratsiyasi bilan tanishishni planetalar, Yer va Quyoshning 
o‘zaro turlicha joylashishlarini o‘zida aks qilgan katta hajmdagi ko‘rsatmali qurollarni 
namoyish qilishdan boshlanadi. O‘quvchilarning diqqatini konfiguratsiyalarning 
xarakterli belgilariga jalb qilgan holda, ularning nomlari, Quyosh va planetalarning 
osmondagi vaziyatlarigagina bog‘liq bo‘lib, fazoviy o‘rinlariga bog‘liq bo‘lmasligi 
tushuntiriladi. Planetalarning ko‘rinish shartlarini yulduzlar osmonining surilma 


xaritasidan foydalanib namoyish qilinadi. 
2.
Planetaning ketma-ket kelgan ikkita bir nomli konfiguratsiyalari orasida 
o‘tgan vaqt sayyoraning sinodik aylanish davri (S), uning o‘z orbitasi bo‘ylab Quyosh 
atrofida to‘la bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt siderik aylanish davri (T) 
deyiladi. Planetalar konfiguratsiyalari qaytarilish davrining uning aylanish davri bilan 
mos tushmasligini, ichki planetalardan birini tasvirlovchi kichik shar yordamida 
namoyish qilinadi. 
3.
Keplergacha osmon jismlarining harakati “aniq egri chiziq”- aylana 
bo‘ylab ro‘y beradi, hisoblanar edi. U birinchi bo‘lib, Marsning o‘rnini kuzatish 
materiallaridan foydalanib, hamda planetani Quyosh atrofida aylanadi deb hisoblab, 
Kepler uning orbitasini tuzishga erishdi. Keplerning birinchi va ikkinchi qonunlari 
1608-1609 yillarda e’lon qilindi. Planetalar harakatining uchinchi qonunini esa Kepler 
10 yildan keyingina e’lon qildi. 
Keplerning birinchi qonuni. Planetalar Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo‘ylab 
harakat qiladi. Bu ellipslarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan fokusda Quyosh 
joylashgan. 
Keplerning ikkinchi qonuni. Planetalarning radius - vektorlari teng vaqt 
oraliqlarida teng yuzlar chizadi. Keplerning uchinchi qonuni. Planetalarning siderik 
aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular orbitalarining katta yarim o‘qlari 
kublarining nisbati kabidir.Keplerning umulashgan uchinchi qonuni kosmik 
jismlarning massalarini aniqlash imkonini beradi. Kepler, planetalarning harakatlanish 
sabablarini tushuntirmasdan, faqat ularning qanday harakatlanishinigina tushuntirgan 
edi. Planetalarning harakat qonuniyatlarini XVII asrning ikkinchi yarmida Nyuton 
kashf etdi. 
2-
to‘garak dars. Butun olam tortishish qonuni va undan kelib chiqadigan 
natijalar To‘garak darsning maqsadi: butun olam tortishish qonunining bir qator 
astronomik muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini tushuntirish. Ko‘rsatmali 
89
qo‘llanmalar: diapozitivlar yoki diafilmlardan lavhalar, planetalar harakatidagi 
ko‘tarilishlar, chetlanishlar sxemasi, Neptunning kashf qilinish davrida Uran va neptun 
planetalarining o‘z orbitalaridagi holatlari. 
Materialni bayon qilish rejasi: 
1 .Nyuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf qilinishi va uni 
tekshirish. 
2.
CHekinishli va chekinishsiz harakatlar. Neptun va Plutonning kashf 
etilishi. 
3.
Ko‘tarilish va pasayishlar, ularni tushuntirish va uning Yer - Oy 
sistemasi evolyutsiyasidagi roli. 
1.Ingliz olimi I. Nyuton Yerdagi og‘irlik kuchi olamdagi barcha jismlar orasida 


o‘zaro ta’sir etuvchi tortishish kuchining bir ko‘rinishi degan xulosaga keldi. Yer 
yuzidagi og‘irlik kuchining tezlanishi 9,8 m/s ga teng. Agar og‘irlik kuchi masofa 
kvadratiga teskari proportsional ravishda o‘zgarsa, Yerdan taxminan 60 Yer radiusiga 
teng masofada joylashgan Oy, 60 = 3600 marta kam, markazga intilma tezlanishni his 
etishi kerak, yahni 

Download 232,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish