Iqtisodiyot tarmoqlarida sezilarli rivojlanishga erishish, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda investitsiya muhitini shakllantirish yoki mavjud muhitni yanada rivojlantirish uchun har bir mamlakat o’zining ma’lum bir strategiyasini ishlab chiqib shu bo’yicha turli xil ishlarni dasturula amal qilib boradi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida ko’plab ishlar qilinib kelinmoqda.
2.4 Xulosa
Ma’lumotlarni adabiyotlardan o’qish, tahlil qilish, maqolalar bilan tanishish o’rganilayotgan obyektni yanada yaxshiroq tushinishga, o’rganayotgan insonga esa o’rgangan ma’lumotlariga o’z fikrini bildirishga yordam beradi. Tadqiqotning qanchalik darajada o’rganilganligi va tahlil qilinganligi adabiyotlar sharhi bobi ma’lum bo’ladi desak fikrimiz xato bo’lmaydi. Shu sababli ham adabiyotlar sharhi alohida bob sifatida belgilangan.
III BOB. TADQIQOT METODOLOGIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |