17.2. AQSH iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi 17.2. AQSH iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi - AQSH iqtisodiyotining tarmoq tarkibi postindustrial ko’rinishga egaligi bilan ajralib turadi. AQSH YAIM hajmi 2010 yilda 14,5 trln. dollarni tashkil etdi va mamlakatda 26,5 mln.ga yaqin firmalar, jumladan, 5,3 mln. korporatsiyalar, 2,3 mln. hamkorlik tashkilotlari va 18,9 mln. xususiy (individual) tadbirkorlar mavjud. Maxsulotlar sotish hajmi (jami sotish hajmining 80% i) bo’yicha korporatsiyalar yetakchi mavqega ega. Jami sotish hajmining 41% i kichik va o’rta biznes hissasiga (500 mln. kishi band), 59% i esa yirik biznes hissasiga to’g’ri keladi. Kichik va o’rta biznes sohasida ishchi kuchining 52% i band bo’lsa, yirik biznesda bu ko’rsatkich 48% ga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |