Reja: aqsh soliq tizimi va uning rivojlanish tarixi aqsh soliq turlari Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning o’ziga xos xususiyatlari aqsh soliqlarini


AQSh soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining solishtirma tahlili



Download 289,21 Kb.
bet6/8
Sana27.05.2022
Hajmi289,21 Kb.
#611103
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AQSh soliq tizimi St-61 Burxonova Gulshan kurs ishi (2)

6.AQSh soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining solishtirma tahlili
Soliq tizimi – mamlakatda undirilishi ko‘zda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, soliqlarni belgilash, o‘zgartish, bekor qilish, undirish, to‘lash va nazorat qilish tamoyillari, shakllari va usullari yig‘indisidir. 15
Soliqlar majburiy to‘lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Soliqlarning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat’iylik va doimiylik, aniq soliq to‘lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.

8-rasm. 2019-2020 yillar bo’yicha byudjetga tushgan soliq tushumlari, mlrd so’mda16

9-rasm. 2020 yil davlat byudjeti tushumlari(foizda)17
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rish mumkinki asosiy byudjet tushumlarini bevosita soliqlar tashkil qilgan(42%). Bilvosita soliqlar ulushi qariyb uchdan birga teng, hamda resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i ham yuqori salmog’ga ega. Bundan ko’rishimiz mumkinki, AQSh va Kanada byudjet tushumlari bilan taqqoslaganda boj to’lovlari salmog’i bizda sezilarli darajada yuqori.
Budjet tushumlarini soliqlar tarkibi bo’yicha tahlilini ko;rib chiqadigan bo’lsak, 2020-yilda umumiy 103 566 mlrd so’m miqdorida davlat byudjet tushumlari shakllangan.


10-rasm. 2020-yil jami byudjet tushumlarida soliq turlarining ulushi(foizda)18
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo‘lganligidan to‘lovchilar va byudjet o‘r-tasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e’tiborga olish zarur. Soliq to‘lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma’lum chegarasi mavjud.
O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin. Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
1. Oborotdan olinadigan soliqlar.
2. Daromaddan olinadigan soliqlar.
3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.
4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.19
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga to‘lanadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hal qiluvchi qismini yuridik shaxs to‘laydigan soliqlari va boshqa to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar Respublika (umumdavlat) byudjetiga quyidagi soliqlar va yig‘imlarni to‘laydilar:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;20
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
1) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
2) chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);
3) xalqaro tashkilotlar.
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovarlar (ish, xizmatlar) sotishdan oborotga ega bo‘-lishlari hamda statistika idoralarida, hokimiyatlardan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart har bir yuridik shaxsga identifikatsiya raqami beriladi.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda katta aha-miyatga ega. To‘g‘ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo‘ljallangan mablag‘larini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat so-liq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar-ning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun ma’lumotnoma taqdim etadi. Ma’lumotnomada taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olina-digan foyda solig‘ining summasi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay, hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi.Soliq to‘lovchilar tarkibiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanmaydigan notijorat tashkilotlar, yagona soliq to‘lovchilar, yagona yer solig‘i to‘lovchilari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda hukumat qarori bilan ham-ma soliqlardan ozod bo‘lganlar kirmaydi.
AQSH soliq tizimi va O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining solishtirma
tahlili.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimi 2 pog’onali:
1. Umumdavlat soliqlari;
2. Mahalliy soliqlar va yig’imlar.
Yuqorida ko’rganimizdek AQSH soliq tizimi uch pog’onali, ya’ni:
1. Federal soliqlari;
2. Shtat soliqlari;
3. Shahar soliqlari.
Respublikamiz umumdavlat soliqlariga asosan doimiy tushumga ega bo’lgan va byudjedga muhim o’rin tutadigan soliqlar yo’naltiriladi. Bularga: jismoniy shaxslar daromadiga soliq, yuridik shaxs daromadiga soliq, aksiz solig’i, QQSdavlat boji, bojxona boji va boshqa soliqlar kiradi. AQSH federal budjet soliqlarida esa asosan to’g’ri soliqlar hissasi ko’proq to’g’ri keladi. Ikki davlat uchun o’xshashlik jihati har ikkala budjetga ham muhim ahamiyatga molik bo’lgan soliqlar yo’naltiriladi. Farqli jihati esa O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida hozirgi kunda egri soliqlar hissasi ko’proq, shu sababli egri soliqlar ham umumdavlat soliqlarida muhim ahamiyatga ega, AQSH federal budjetida esa egri soliqlar deyarli yo’q,chunki mamlakat budjetida egri soliqlarning hissasi kam bo’lib AQSHfederal budjetiga jismoniy shaxslar daromad solig’idan keyinikkinchi o’rinda (budjetdagi salmog’i bo’yicha)ijtimoiy sug’urta ajratmalariva korporatsiyalar daromadigasoliq kiradi.
AQSHda korporatsiya budjetiga soliqlarni federal budjetdan tashqari shtat soliqlari tarkibiga ham kiritiladi.
Respublikamiz soliq tizimining ikkinchi pog’onasi mahalliy soliqlar va yig’imlardir. Mahalliy soliqlar mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib,ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan
ijtimoiy masalalarni: maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi.Mahalliy budjetini (soliqlarning) muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning budjetigatushadi. Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
AQSH mahalliy soliqlari asosan: ijtimoiy ta’minot, yo’l qurilishi,sog’liqni-saqlash, xalq ta’limi mahalliy soliqlarga kiradi.Respublikamiz mahalliy soliqlariga esa: mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoi infratuzilmani
rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun soliq kiradi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida qimmatli qog’ozlar bozori ancha 
rivojlangan va bu tizimdan ham juda katta daromad olish imkoniyati 
mavjudligi tufayli mamlakat budjetiga ushbu operatsiyalardan ham ma’lum
miqdordasoliq tushumlari tushadi.
Respublikamiz hududida esa aksincha, ya’ni qimmatli qog’ozlar bozori hali
to’liq shakllanmaganligi sababli ham soliq tushumlari kam. 
Respublikamiz soliq tizimida ham yanada bu bozorni rivojlantirish maqsadida ushbu operatsiyalardan, ya’ni qimmatli qog’ozlar operatsiyasidan daromad oluvchi yuridik shaxslarga soliqlardan imtiyoz berilgan.
Amerika Qo’shma Shtatlarida kompaniyalar va korporatsiyalarning soliq bazasidan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba konstruktorlik ishlariga harajatlar butunlay, 
uskunalarni zamonaviylashtirishga harajatlar qisman chiqarib tashlanishi mumkin. Uncha katta bo’lmagan kompaniyalarga, ya’ni kichik biznesga maxsus imtiyozlar beriladi.
Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida yillik daromadi 75 ming dollargacha bo’lgan kompaniyalarga yil davomida qiymati 10 ming dollargacha bo’lgan (kompaniyalarga yil davomida) yangi uskunani to’liq hisobdan chiqarish huquqi beriladi. Kichik biznes uchun Amerikada, shuningdek, foyda solig’i uchun imtiyozli progressivstavkalar belgilangan.Respublikamiz misolida ko’radigan bo’lsak, hozirgi kunda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes uchun juda ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Ularga nisbatan bir muncha engilliklar, imtiyozlar berilgan. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimi joriy qilingan.
Ikki davlatning yana bir e’tiborga molik bo’lgan soliq va soliqsiz to’lovlaridan biri bu bojxona bojlaridir. Amerika Qo’shma shtatlarida iqtisodiyot ancha rivojlanganligi sababli mamlakat ichki bozori o’z ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ta’minlangan. Shu qatori eksport ham yaxshi 
yo’lga qo’yilgan. Shu sababli ham mamlakatga import qiluvchi tovarlar 
uchun bojxonada rasmiylashtirish uchun bojxona va davlat bojlari nisbatan 
yuqori emas.
Respublikamizda esa ishlab chiqarish hali to’liq rivojlanmaganligi sababli 
o’z ichki bozoridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni himoya qilish va ishlab
chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida chetdan kelayotgan 
import tovarlar uchun soliqlar va bojlar yuqori stavkada qo’llaniladi. Aksiz 
solig’i (aksiz markalari) mahsulotini ikki barobar narxga ko’tarilishiga olib 
keladi.


Xulosa
AQSh va Kanadadagi soliq tizimlarining umumiy jihatlari juda ko'p. Kanadada bo'lgani kabi AQSHda ham soliqlar federal, mintaqaviy va mahalliy soliqlarga bo'linadi, ular esa o'z navbatida har xil byudjetlarga nisbatan turli xil nisbatlarda bo'ladi. AQSh dagi ko'plab soliq turlari Kanadadagi soliqlar bilan bir-biriga to'g'ri keladi. Soliqlar, shuningdek, ikki mamlakat uchun asosiy farqlovchi bo'lishi mumkin. AQSh federal daromad solig'i bo'yicha soliq stavkalari jismoniy shaxslar uchun 10% dan 37% gacha bo'lsa, Kanadada soliq stavkalari 15% dan 33% gacha.Biz yuqorida keltirilgan ma’lumotlar orqali xulosa qilishimiz mumkinki, korporatsiyalarni soliq tortishda, AQShda korporatsiyalar tomonidan daromad olishga imkon beradigan, ammo "aksiyadorlar" darajasida soliqqa tortiladigan ba'zi bir korporativ tashkilotlar mavjud. Bu AQSh shaxslari uchun juda foydali bo'lishi mumkin, chunki ba'zida korporatsiyalar tomonidan ishlatilishi mumkin bo'lgan ikki tomonlama soliqqa tortish tez-tez yo'q qilinadi. Kanadada shunga o'xshash rejim mavjud emas. Kanada korporatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha daromadlar korporativ darajada soliqqa tortiladi. Aksiyadorga to'langan soliqdan keyingi har qanday korporativ summa odatda dividend sifatida soliqqa tortiladi. Bu to'g'ri rejalashtirilmagan bo'lsa, Kanada korporatsiyalari aktsiyadori uchun ikki baravar soliqqa tortilishiga olib kelishi mumkin.Shuningdek, AQShda mas'uliyati cheklangan jamiyat ("MChJ") deb nomlangan korxonasi mavjud. Shunga ko'ra, AQSh soliq maslahatchisi AQShga sarmoya kiritishni o'ylab, Kanada rezidentiga MChJdan foydalanishni tavsiya qilishi juda keng tarqalgan. Shu bilan birga, Kanada rezidenti investor uchun MChJdan foydalanish ko'pincha tavsiya etilmaydi, chunki MChJ Kanada soliq maqsadlarida "oqim" vositasi bo'lmaydi (lekin bu AQSh maqsadlarida bo'lishi mumkin). Bu ikki tomonlama soliqqa olib kelishi mumkin bo'lgan jiddiy soliq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
Respublikamiz soliq tizimi AQSH va Kanada tizimidan farqli jihatlari yetarlicha va quyidagilarni asosiy deb bilamiz:

  • O’zbekistonda ikki pog’onali – umumdavlat va mahalliy soliqlar mavjud, xolbuki AQSH va Kanada uch pog’onali soliq tizimidan foydalanadi;

  • Yuridik shaxslarni soliqqa tortishda Respublikamizda ko’p soliqlilik siyosati mavjud. Soliq qonunchiligimizga asosan 9 ta soliq turi mavjud bo’lsa, AQSH va Kanadada bu raqam 4-5 atrofida o’zgarib turadi.

  • Davlat byudjet daromadlari shakllanishida jismoniy shaxslar daromad solig’i salmog’i AQSH va Kanada bilan solishtirganda ancha past, zero bilvosita soliqlar hajmi ancha yuqori

Jaxon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari. Amerikacha modelda:  - Federal, shtat, shahar (mahaliy) soliqlar mavjud. •Federal soliqning asosiy xususiyati shundaki, federal byudjet tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi katta. Aholidan olinadigan daromad solig’i federal byudjetning asosiy qismi hisoblanadi. -Amerikada har bir jismoniy shaxs o’zining soliq maqomiga ega: er-xotinning birgalikda yoki alohida soliq deklaratsiyasini to’ldirishi oilaviy ahvolga qarab guruhlanadi va soliq to’lovchiga ma’lum imtiyozlar beriladi. Daromadlarni hisoblash 3 bosqichdan iborat, ya’ni: Jaxon soliq modellarining o’ziga xos xususiyatlari. Amerikacha modelda:  - Federal, shtat, shahar (mahaliy) soliqlar mavjud. •Federal soliqning asosiy xususiyati shundaki, federal byudjet tarkibida to’g’ri soliqlarning ulushi katta. Aholidan olinadigan daromad solig’i federal byudjetning asosiy qismi hisoblanadi. -Amerikada har bir jismoniy shaxs o’zining soliq maqomiga ega: er-xotinning birgalikda yoki alohida soliq deklaratsiyasini to’ldirishi oilaviy ahvolga qarab guruhlanadi va soliq to’lovchiga ma’lum imtiyozlar beriladi. Daromadlarni hisoblash 3 bosqichdan iborat, ya’ni: 

1.yalpi daromad (tushum) 2.hisoblangan daromad 3.soliqqa tortiladigan daromad, yalpi daromaddan ayrim chegirmalar va ajratmalar chegiriladi. Evropacha modelda Xulosa qilib aytish mumkinki, soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida yangi Soliq kodeksi soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirish (soliq va yig’im turlari va miqdorlarini optimallashtirish), qarama-qarshiliklar va nizolarni bartaraf etish (havolali normalarning va qonunosti hujjatlarining cheklanishi), halol soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, Shuningdek, soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi.




Download 289,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish