Reja: Antik davr estetikasi



Download 42 Kb.
Sana21.01.2017
Hajmi42 Kb.
17-Mavzu: Estetikaning vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixidan.
Reja:

  1. Antik davr estetikasi.

  2. Uyg’onish davri estetikasi

  3. Hozirgi davr estetikasi

Estetik g’oyalar dastavval qadimgi Sharq o’lkalarida, jumladan Misr, Mesopotomiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron, Turkiya, mamlakatlarida vujudga keldi.

qadimgi estetika tafakkurida Geraklit nafosat xossalari moddiy dunyoning o’zidan kiyelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamoxanglik esa qarama qarshiklar birligini tashkil etadi, deb k°rsatdi va nafosatning nisbiyligi g’oyasini ilgari surdi.

Demokrit go’zallikni hamoxanglikda bo’laklarning to’g’ri mutanosibligida, tomonlar mosligida deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog’ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilishda ko’radi.

Aflotun qarashlarida estetika ham go’zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Uningcha nafosat manbaini g’oyalar tashkil ýtadi. His – tuyg’u beradigan barcha narsalarni abadiy, o’zgarmas g’oya « yoritib turgandagina go’zallik o’ta hissiyotli bo’lgani tufayli uning mohiyatini his – tuyg’u bilan emas, balki aql – idrok bilan anglash mumkin.

Arastu fikricha nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil etadi, nafosat ana shu narsalarning tartibliligi muvofiqlilik, aniqlik, uyg’unlik, yaxshilik xossalarida namoyon bo’ladi. San’at amaliyoti Arastu estetikasining xayotbaxsh manbaidir.

Arastu sanь’atning inson ruhiga o’tkazadigan ta’sir kuchiga alohida e’tibor berib, uning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini, voqelikni anglash xizmatini ulug’laydi.

Arastu vahima, dahshat, raxm – shafqat orqali inson ruhini poklantirish ta’limotini ilgari suradi.

Arastu estetika nazariyasida birinchi b°lib uni turlar, xillar k°rinishlarga ajratgan olimdir.

Sharq ilk uyg’onish davri qomusiy olimi Abu Nasr Farobiy (872 – 950) tabiiy – ilmiy, falsafiy, ijtimoiy – siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, muzika nazariyasiga oid o’nlab asarlar yaratgan. Uning «She’r va qofiyalar haqida so’z», «Ritorika haqida kitob», «Musiqa haqida kitob», «Musiqa haqida so’z» kabi asarlarida bevosita san’at nazariyasiga oid qarashlar bayon etilgan.

Farobiy «Baxt–saodatga erishuv haqida»gi risolasida inson g°zallikni samarali idrok etishi uchun unda nozik tabiat va aqliy mukammallik zamin bo’lishi kerak hissiy va aqliy qobiliyatga ega b°lgan kishigina dunyoning barcha sirlarini bila olishi mumkin. «Inson aql – idroki tufayli haqiqiy insonga aylanadi, bilim inьsonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o’zida go’zallik va mukammallikni kashf etadi deb uqtirdi. Farobiy odamlarni ilm bilan, san’at bilan shug’ullanishga da’vat etadi va shu tufayli go’zal narsalar tushunarli narsaga aylanadi, deb ko’rsatadi.

Abu Rayxon Beruniy (973 – 1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea–xodisalarning o’zaro bog’liqligi va aloqadorlik manbai xamoxanglik va uyg’unlikdir deb k°rsatadi.

Beruniy estetik qarashlarida nafosatning tabiiy asosi sifatida amal qiladigan xamoxanglik ayrim hodisalarga ham tatbiq etilgan bo’lib, g°zallik tabiat va insonga xos bo’lgan kamolot, yetuklik sifati darajasida baxolangan. Beruniy fikricha hech nimaga muxtoj bo’lmagan asarlarini yetuk, mukammal deyish mumkin.

Abu Ali ibn Sino (980 – 1037) o’zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq muammolarini bir – biriga uzviy bog’ladi. U «Kitob ush shifo» asarining so’z boshisida musiqaning estetik xususiyati haqida gapirib, she’riyatning kishilarga go’zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga to’xtalib o’tadi. «She’riyat tasavvurga ta’sir k°rsatuvchi nutqdir» deb uqtiradi. Ibn Sino «barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir» deb ta’lim beradi, «mukammallik»ni insonning ichki go’zalligi va ezgulikka intilishini tushunadi. Ibn Sino musiqaga oid 5 ta asar yozgan bo’lib, «musiqa bilimiga oid to’plam»dir. «Donishnoma» asarining musiqa qismi bor. «Musiqa san’atiga kirish», «Qo’shimchalar kitobi» va xakozo. Ibn Sino «Musiqa bilimiga oid to’plam» asarida tovushning sezgi organlariga ta’siri, uning yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to’xtaydi.

Yuqoridagi mutafakkirlar «Alloh go’zaldir va u go’zallikni yaxshi k°radi» degan tamoyilga amal qilgan.

Ibn Sino insondagi til, nutq masalalariga ham to’xtalib o’tadi. «Allohning insonlarga in’om etgan baxtlaridan yana biri inson nutqidir. Inson o’zining ana shu nutqidagi tovush ohanglari orqali o’z hissiyotlarini izhor etadi» deb ta’kidlaydi. Ibn Sino ovozlar o’zgarishi orqali uning mazmuni ham o’zgarishiga e’tibor beradi. «Masalan, kishilar yalinganda boshqacha ovoz chiqarib gapiradilar, do’q - po’pisa qilganda boshqacha, shoshib gapirganda nutq boshqacha ohangda b°ladi» deb uqtiradi.

Ibn Sino fikricha, inson qalbi o’z tabiati bilan bir – biriga monand bo’lgan tovush va ritmlarni yoqtiradi. Chunki, tovush inson va hayvonlar hayotida eng zarur narsalardan biri, tovush insonni ham hayvonni ham hayajonlantiradi, biror qo’rqinchli hodisa ro’y berganda bir – birini chaqirish borasida katta rol o’ynaydi. «Inson qalbi har bir yangi va ko’ngildagidek xarakatdan orom oladi. Kyinchalik xuddi shu yoqimli harakat g’oyib bo’lsa, qalb hayajonga tushadi. Xuddi shu oldingi harakatga (nag’ma) o’xshash ikkinchi harakatning paydo bo’lishi bilan qalbdagi xayojon y°qola boshlaydi». Ibn Sinoning musiqaga oid asarlarini Sharq ilk uyg’onish davri musiqa madaniyati qay darajada bo’lganligini ko’rsatib turuvchi bir mezon, estetik tafakkurning naqadar taraqqiy etganidan dalolat beruvchi manba sifatida baholash mumkin.

Farobiy inson qobiliyatini ikkiga: tug’ma va keyin erishilgan qobiliyatga bo’ladi. Uning fikricha tug’ma qobiliyatga biologik, jismoniy va ba’zi ruhiy xususiyatlar kiradi. Uni kamol toptirish jarayoni esa inson o’z hayoti davomida ilm, xunar o’rganishi, axloqiy qonun qoidalarni egallashi va san’atni hayotiy tajribasi bilan boyitishi orqali sodir b°ladi. Bunday fazilat, jumladan estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit ta’sirida shakllanadi.

Farobiy san’atning inson estetik rivojlanishidagi rolini ko’rsatib, uning fikricha musiqaning kishilar tuyg’usiga ta’siri buyukdir. San’at o’z muvozanatini yo’qotgan odamlar xulqini tartibga keltiradi, nohis xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi, deydi. Farobiy musiqaning shifobaxsh kuchini uqtirib, «bu ilm tanasining salomatligi uchun ham foydalidir» deydi. «Musiqa haqida katta kitob»da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bayon etilmay, Sharqda mashhur bo’lgan rubob, tanbur, nog’ora, ud, qonun, nay kabi musiqa asboblari hamda ularda kuy ijro etish qoidalari tafsiloti berilgan. Farobiyning o’zi mohir sozanda, bastakor, yangi musiqa asboblarining ixtirochisi ham bo’lgan.

Dunyoni estetik o’zlashtirish.


Reja:
Estetik ob’yekt va sub’yekt.

Estetik ong va estetik faoliyat.

Dunyoni estetik o’zlashtirishning amaliy faoliyati.
«Estetik munosabat» nima?

Munosabat falsafiy tushuncha ma’nosida o’zaro harakat demakdir.

Lekin ijtimoiy hayot jabhasida amal qiladigan har qanday o’zaro harakat insoniy munosabatni anglatmaydi. Insoniy munosabat – bu sub’yekt va ob’yekt o’rtasidagi o’zaro harakat bo’lib, u ma’lum maqsadga qaratilgan b°ladi. Munosabat faqat insonga xosdir va u faqat jamiyatda amal qiladi. Voqelikka estetik munosabatda bo’lish sub’yekt bilan ob’yekt o’rtasidagi o’zaro xarakatning maxsus turidir. Estetik munosabat xususiyatlarini ochish, idrok qilish bu uning ob’yekti, sub’yekti va o’zaro xarakatlari tabiatini ochish, idrok qilish demakdir.

Estetik munosabat estetik ob’yekt va estetik sub’yekt mavjud b°lishini taqozo etadi.

Estetik ob’yekt nima? Aslini olganda estetik bo’lmagan narsalarning o’zi yo’q. Muayyan shart – sharoitda har qanday narsa, voqea - hodisa estetik tabiatga ega bo’lib, estetik munosabat va estetik baho ob’yektiga aylanib qolishi mumkin. Lekin ular ma’lum talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, ular aniq his-tuyg’u, sezgi-idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo’lishi; ikkinchidan, u yoki bu voqea - hodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi kerak. Shundagina muayyan voqea - hodisa estetik munosabat ob’yektiga aylanadi, ya’ni u o’z qadrini topadi.

Inson amaliy faoliyati jarayonida odamlarning xilma – xil moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan qadriyatlar, voqea - hodisalar dunyosi bilan bir qatorda insonning tabiiy va ijtimoiy ob’yektlar qadriga yetish, ularni baxolash qobiliyati ham shakllanadi. Baxolash – voqea xodisalarning qadrini yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir. Insonning voqelikka estetik munosabati voqelikka baho berishning alohida turi, voqea – xodisalarni estetik qadrlash usulidir.

Shunday qilib, estetik ob’yekt – insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishgan, bevosita idrok etish ob’yektiga aylangan, odamlarning estetik extiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan voqelikning xilma – xil ko’rinishlarida o’z ifodasini topadi.

Estetik ob’yektning zarur tomoni estetik munosabat sub’yektidir. Estetik munosabat sub’yekti - o’z tarkibida jamiyatning zarur bo’laklarini biriktirgan, turli sohalarda moddiy – ma’naviy faol ish olib boradigan ijtimoiy guruhlar hamda ayrim shaxslardan iborat ijtimoiy majmuadir.

Ba’zan moddiy g’am – tashvishlar va manfaatlar girdobiga g’arq bo’lib qolish insonni ijodga layoqatsiz qilib qo’yadi, bu esa uni voqelikka estetik munosabatini so’ndiradi. Estetik munosabat sub’yekti – bu hissiy va aqliy taraqqiyotning ma’lum darajasiga erishgan, aniq ijtimoiy munosabatlar tizimiga kirishgan, ya’ni barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bo’lgan insondir.

Estetik munosabat – sub’yekt bilan ob’yekt o’rtasidagi o’ziga xos aloqalar turi bilan tavsiflanadi. Estetik munosabatning natijasi estetik baholash mohiyati, narsa – buyumlar shakli va mazmuni, burch – vazifalarini ado etish va boshqalar bilan ifodalanadi. Masalan, ovqatga estetik munosabat uning shakl va mazmunini mutanosibligida, insonga estetik munosabatda bo’lish ham inson shaxsi ma’naviy mazmuni inson xatti - harakatlari va xulq - atvori shakliga mutanosiblikda ifodalanadi.

Estetik munosabatda xis - hayajonlar maxsus o’rin egallaydi. His-hayajon estetik munosabatning barcha nag’malarida amal qilib, lazzatlanish, hayajon holati bilan yakunlanadi. Estetik lazzatlanish – murakkab ruhiy holat bo’lib, o’zida butun bir hayajonlar turkumini, faraz qilishni, xilma –xil tassurot va tasavvurlarni birlashtiradi.

Estetik ong ob’yektiv dunyoga nisbatan bo’lgan inson estetik munosabatining sub’yektiv tomonidir. Estetik ong – ma’naviy – ruhiy voqea - hodisalar majmui bo’lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, estetik fikr, estetik orzu, estetik qarash, estetik nazariya tizimini anglatadi. Estetik ong ijtimoiy hayot zaminida uning bilan mutanosib tarzda °zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi.

Estetik ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan uzviy bog’liq. U ijtimoiy ongning ba’zi shakllaridan orqada qolishi mumkin. Estetik ongning nisbiy mustaqilligi ko’rinishlaridan biri vorisiylikdir. Estetik ong vorisiyligi deganda o’tmishdagi estetik qarashlar, g’oyalar, nazariyalardagi istiqbol taraqqiyotining yangi shart – sharoitlarni, maqsad-manfaatlarga xizmat qiladigan boyliklarni saqlashni, asrashni, ularni muayyan davrga singdirib yuborishni tushunamiz, estetik ong estetik faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi. Estetik ong tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

1) estetik hislar 2) estetik orzular 3) estetik qarashlar, nazariyalar estetik xis – tuyg’ular nafosat, hamohanglik, ohang, shaxslar, uyg’unlik, moslik kabi tushunchalar bilan birga, shodlik, harakatlarini ajablanish, roxatlanish, lazzatlanish, extirom, shavq - zavq, nafrat kabi tushunchalarni °ziga qamrab oladi.

Estetik his – tuyg’ular kechinmalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Estetik kechinmaning yakuni–estetik lazzatlanishdir. Lazzatlanish insonning umumiy, doimo ijobiy bo’lgan sezgi holati ya’ni uning narsalardan, voqea hodisalar dan estetik ta’sirlanishdir.

Tafakkur qilmasdan, ob’yekt haqida tushunchaga ega bo’lmasdan, uning maqsadga muvofiqligini anglamasdan turib estetik lazzatlanish mumkin emas. Estetik lazzatlanish jamiyat manfaatlari uchun foydali bo’lib, u inson ijodiy kuchlarining erkin namoyon bo’lishi jarayoni bilan bog’liqdir. Estetik his – tuyg’u asosida estetik did tarbiyalanadi. Estetik did insonning fikr – mulohazalari, xulq - atvori, hatti - harakatlari moddiy – ma’naviy ijodkorligi orqali namoyon bo’ladi.

«Did» iborasi odamlarning ayrim sohalarga moyilliklarini ifodalaydi.

Estetik did voqea - hodisalarning estetik sifatlarini inson tomonidan idrok etmoq va baholamoq jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg’usi orqali ifodalanadi. Estetik did zaminida g°zallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan beg’araz shodlanish, lazzatlanish qobiliyati.

Estetik orzu muayyan shaxsga taalluqli xususiyat bo’lib, shaxs ma’naviy dunyosining tarkibiy qismidir. Estetik orzuni idrok qiladigan va o’zlashtiradigan shaxs o’zining shaxsiy xususiyatlari bilan uni to’ldiradi va boyitadi. Estetik orzu shaxsning ichki e’tiqodiga aylansa, muqarrar tarzda uning xatti-harakatlarida badiiy faoliyatida ifodasini topadi.

Estetik qarash va nazariya, estetik ongning g’oyaviy sohasini tashkil etadi va ular tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr – mulohazalar va g’oyalar tizimini anglatadi.

Estetik ong va estetik faoliyat tushunchasi mohiyati yaxlit, o’zaro bog’liq bo’lib, estetik faoliyat estetik ong asosida vujudga keladi, shakllanadi. Estetik faoliyat estetik ongning amalga oshirilishi va moddiylashtirishdir. Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati yana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.

A D A B I Yo T L A R


Karimov I.A. Ko’p jildlik asarlar to’plami. 1992 2005 yillar.

Erkin va farovon yuksak ma’naviyatsiz qurib bo’lmaydi. (Prezident I.Karimovning «Yoshlik» talabalar shaxarchasida bir guruh talabalar bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari.)

Umarov E.U. Estetika asoslari. T.: «Cho’lpon» 2006 y.

Umarov E.U. Estetika. T.: «O’qituvchi» 1995 y.



Nafosatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T.: 2000 y.

6. Gegel G.V. Estetika. v 4 x tomax. M. 1968-1973 gg.
Каталог: uum2 -> Majmua-ijtimoiy-fanlar-2015 -> Falsafa -> Лотинча -> 1.AMALIY%20QISM -> MA'RUZALAR%20MATNI
MA'RUZALAR%20MATNI -> 4 – Mavzu Markaziy Osiyodagi o’rta asr falsafasi. G’arbiy Yevropa o’rta asr va yangi davr falsafasi. Reja: Markaziy Osiyodagi o’rta asr falsafasi
MA'RUZALAR%20MATNI -> Reja: Bilishning falsafiy mazmuni va genezesi. Gnoseologiya va epistemologiya, agnostitsizm tushunchalari
MA'RUZALAR%20MATNI -> Reja: Mantiq fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
MA'RUZALAR%20MATNI -> Reja: Bog’lanish turlari. Qonun tushunchasi
Лотинча -> I. A. Karimov O’zbekiston XXI asr bO’sag’sida T, 1997
Лотинча -> O’zbekiston respublikasi oliy vao’rta maxsus ta’lim vazirligi
Лотинча -> Falsafa fanidan oraliq nazorati savollari
MA'RUZALAR%20MATNI -> Reja: «Estetika» atamasining lug’oviy ma’nosi. Estetika fanining predmeti


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa