Ijrochi (kompyuter) berilgan buyruqlarni aniq va to‘g‘ri bajarishi uchun unga beriladigan
buyruqlar yozilishi aniq va ijrochi tomonidan bir xil tushunilishi lozim.
SHu sababli kompyuter tushunadigan til dasturlash tili, bu tilda yozilgan algoritm esa kompyuter
dasturi deyiladi
Algortimlarning ijrochisi deganda EXM ni nazarda tutadi. EXM yuqoridagi usullarda
ifodalangan algortimlarni tushunmasligi mumkin. Demak biz turli masalalarning yechish
algortimlarni EXM larga tushunarli ko‘rinishda ifodalash uchun qo‘shimcha vositaga muxtoj
bo‘lib qoldik. SHunday vosita bo‘lib algoritmik til xizmat qiladi. Ko’pincha algoritm va
algoritmik til tushunchalarini chalkashtirib qo‘yishadi yoki bir xil narsa deb qarashadi. Bu
noto‘g‘ri. Algoritmik til deb algoritmlarni ijrochiga tushunarli va bir xil ko‘rinishda ifodalash
uchun zarur bo‘lgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi. Algoritmik tillarni
ko‘pincha dasturlash tillari deb xam yuritiladi. Xozirgi vaqtda zamonaviy EXM lar uchun
ko‘plab dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, hammasining o‘ziga yarasha imkoniyatlari
hamda qonun-qoidalari mavjud. BEYSIK, TURBO PASKAL, FORTRAN, C, C++, Delphi
dasturlash tillari ana shular jumlasidandir. Bu tillar imkoniyatlarining turlichaligi bilan bir-
birlaridan farq qiladilar. Masalan, BEYSIK algoritmik tili o‘rganish uchun sodda va qulay bo‘lib,
unchalik murakkab bo‘lmagan injenerlik masalalari uchun mo‘ljallangan. PASKAL tili esa
dastur yozish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatoliklarning oldini olish, yangi
tipdagi funksiyalarni aniqlash, yangi tipdagi ma’lumotlarni hosil qilish, rekursiv funksiyalar
bilan ishlash, grafik imkoniyatlarining kengligi va boshqa ko‘plab hususiyatlari bilan boshqa
tillardaq farq qiladi. Bundan tashqari bu til zamonaviy DELPHI dasturlash muhitini o‘rganish
uchun asosiy poydevor hisoblanadi. PASKAL dasturlash tiliga 1069 yilda TSyurixdagi
informatika institutining hisoblash texnikasi bo‘yicha mutaxassisi Nikolas Virt asos solgan. 1981
yilda bu tilning halqaro standart versiyasi taklif qilingan. IBM PC kompyuterlari uchun
BORLAND firmasi PASKAL tilining TURBO PASKAL versiyasi ishlab chiqildi. Hozirgacha
TURBO PASKAL ning 7 dan ortiq versiyalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular halq xo‘jaligining
turli tarmoqlari masalalarini Yechishda keng foydalanilmoqda. Jahondagi etuk dasturchilarning
ko‘pchiligi shu tilda ijod qilishgan. TURBO PASKAL dasturlash tili EHM dasturiy ta’minotini
hamda turli amaliy xarakterdagi dasturlar dastasini yaratishda eng ko‘p qo‘llaniladigan
dasturlash tillaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: