Aholini ish bilan bandligi nazariyalari va ularni amalda qo`llanilishi.
Reja:
1. Aholining ish bilan bandligi bo‘yicha klassik va neoklassik nazariyalar
2. J. Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi
3. Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida aholining ish bilan bandligi masalalari
l. Aholining ish bilan bandligi bo‘yicha klassik va neoklassik nazariyalar
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosatining amaliy chora-tadbirlari bilan bir qatorda uning nazariy jihatlarini asoslash muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha iqtisodiy nazariyalar ma’lum darajada mehnat va aholining ish bilan bandligi masalasiga daxldordir. Tabiiyki, mehnat bozori bilan bog‘liq muammolarini yoritish ham u yoki bu nazariya ishlab chiqilgan tarixiy davr, mualliflarning maqsadi, tadqiqotining bosh mavzusi, uning atrofidagi iqtisodiy voqelikka daxldorligi seziladi.
Klassik maktabning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Adam Smit va uning izdoshi David Rekardolar o‘z ta’limotlarida bozor tizimi resurslari orasida, ishchi kuchi resurslaridan to‘liq foydalanish muhim o‘rin tutadi va bozorning samaradorligini ta’minlashga qodirdir, deb hisoblaydi. Bu borada fransuz olimi Jan Batist Sey ham ishchi kuchi va ish bilan bandlik muammolari bo‘yicha o‘z qarashlariga ega bo‘lib, qator masalalar bo‘yicha klassiklar tutgan yo‘lni to‘g‘ri deb baholaydi.
Klassik iqtisodchilar o‘z xulosalarini asoslashida aholining ish bilan to‘liq bandligi bozor xo‘jaligining me’yori, narxlar va ish haqining nisbati uning elastikligidir deb hisoblaganlar.
Bozorda sotish mumkin bo‘lgan mahsulotlar hajmi faqat umumiy xarajatlar darajasiga emas, balki narxlar darajasiga ham bog‘liq. Agar bozordagi xarajatlar 1000 doll.ni tashkil etib, narx 10 doll. bo‘lsa, unga 100 ta buyum sotish mumkin edi, agar xarajatlar 800 doll.ga tushirilsa, u holda 100 ta buyumni 8 doll.dangina sotish mumkin edi. SHu sababli jamg‘arma xarajatlar hajmi, ishlab chiqarish hajmi va ish bilan bandlik miqdorini kamaytirish bilan birga, narxlarning qisqarishiga ham olib keladi. Narxlarning pasayishi esa ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, ish haqi uchun sarf-xarajatlari pasayishiga sababchidir. Natijada korxona egalari haq to‘lash stavkalarini pasaytirishga majbur bo‘ladilar. Ishsizlar tomonidan bo‘ladigan raqobat esa ularning bunga rozi bo‘lishiga majbur qiladi. Bozordagi boshqa tovarlar narxlarining pasayishi ham bunga ta’sir qiladi.
SHu tariqa klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlikni bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga kelganlar. Bozor tartibining bunday omillari, chunonchi, foiz stavkasi va narxlar, ish haqi nisbatining elastikligi ish bilan to‘liq bandlikni saqlab turishga qodirdir. Davlatning bu sohadagi “yordami” ortiqcha bo‘lib qolmay, zararli bo‘lishi ham mumkin.
XIX asrning oxirlarida klassiklarning izdoshlari ularning umumiy g‘oya va qarashlarini rivojlantirib, iqtisodiyot nazariyaning neoklassik yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi Kembrij universitetining professori Alfred Marshall (1842-1924) bo‘lib, uning bozor narxi, tadbirkorlik, iste’molchilik xulqi va boshqa bir qancha yangi nazariy qoidalari ma’lum va mashxur bo‘lib, hozirgi vaqtda ham undan iqtisodchilar foydalanib kelmoqdalar.
A. Marshall talab va taklifni tartibga solish aholining ish bilan bandligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega iqtisodiy ko‘rsatkich ekanligiga e’tibor qaratgan. SHu bilan birga, u butun ishchi kuchi talabini pirovard natija sifatida tartibga soluvchi narsa iste’molchilarning talabi bo‘lib, uning mutanosibligini bozor iqtisodiyotidagi munosabatlarda o‘z-o‘zidan amalga oshiriladi, deb hisoblagan.
Neoklassik nazariyaning boshqa vakillari kabi A. Marshall ham aholiga beriladigan yuqori ish haqi muqarrar ravishda ish bilan bandlik darajasini kamaytiradi va ishsizlik miqdorini oshiradi, deb hisoblagan. Buni asoslash uchun u «eng kam unumdorlik nazariyasi» dan foydalangan.
Uning bu asari paydo bo‘lgan vaqtda aholining ishsizlik darajasi unchalik katta bo‘lmagan va ish bilan bandlikning beqarorligi u qadar keskin muammo hisoblanmagan. Ish bilan bandlikning beqarorligini A. Marshall katta musibat sifatida baholagan va haqli ravishda jamoatchilikning e’tiborini jalb qilishini e’tirof etgan. Biroq u bozor iqtisodiyotidagi ko‘plab muammolar o‘z-o‘zidan tartibga keladigan iqtisodiyot muammolari deb hisoblab, aholi ish bilan bandligining davlat tomonidan tartibga solinishiga zarurat yo‘q, deb bilgan.
Artur Pigu (1877-1955) A.Marshallning izdoshi va shogirdi bo‘lgan. Uning aholini ish bilan bandlik sohasidagi asosiy asari-«Ishsizlik nazariyasi» bo‘lib, bu asar 1933 yilda chop etilgan. Bu asarda aholini ish bilan bandligi to‘g‘risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha to‘liq bayon etilgan edi. A. Piguning fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasidir, ish haqining qisqarishi esa ish bilan bandlikni oshiradi, chunki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo‘shimcha ishchilarni yollash uchun imkoniyat yaratadi. Uning fikricha, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi tovarlar narxini umumiy ravishda pasayishi va ish haqi hisobiga tirikchilik o‘tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid qilish qobiliyatini oshirishga olib keladi.
Bunday g‘oya qo‘shimcha talabni vujudga keltiradi va ishlab chiqarishni ham, ish bilan bandlikni ham kengayishini rag‘batlantiradi. A. Piguning fikricha, ish bilan bandlik hajmini belgilovchi boshqa omil mehnatga bo‘lgan haqiqiy talab funksiyasidir. Pirovardida ushbu fikrini rivojlantirib, u quyidagicha xulosaga keladi: YOllanma xodimlar orasida mutlaqo erkin raqobat mutlaqo harakatchan mehnat mavjud bo‘lganda mavjud bo‘ladi, bunday holda o‘zaro aloqalar xususiyati (xodimlar talab qiladigan real ish haqi stavkalari bilan mehnatga bo‘lgan talab o‘rtasidagi aloqa) juda oddiy bo‘ladi. Ishlab chiqarishda hamma ish bilan band bo‘lishi uchun ish haqi stavkalari bilan talab o‘rtasida ana shunday nisbat o‘rnatilishi unumdorlikka bo‘lgan kuchli intilishning doimiy ravishda amal qilishiga olib keladi.
A. Pigu «ixtiyoriy ishsizlik nazariyasi» tarafdori bo‘lganligi sababli, u ishchilarning o‘zlari ixtiyoriy ravishda o‘zlarini ishsizlikka mahkum etadilar, bozordagi talab va taklif natijasida vujudga keladigan «normal» ish haqi uchun ishlashga rozi bo‘lmaydilar degan xulosaga keladi.
2. J.Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) atoqli nazariyotchi va boshqariladigan kapitalizmda aholini ish bilan bandligi bo‘yicha yaratilgan iqtisodiy nazariyaning asoschisidir. Uning asosiy asari «Aholining ish bilan bandligi, foiz va pulning umumiy nazariyasi» bo‘lib, ushbu asar 1936 yilda bosilib chiqqan. Sirtdan qaraganda, ushbu asarda aholining ish bilan bandlik muammolari tahlil qilingan bo‘lib, unda, tahlilning pirovard maqsadi - ish bilan bandlik darajasi nima bilan belgilanishi qayd etilgan.
Kitob «buyuk turg‘unlik» yillarida yaratilganligi uchun, bu vaqtda ishsizlik misli ko‘rilmagan yuqori darajaga etib, dunyodagi asosiy kapitalistik mamlakatlarni qamrab olgan edi. 1933 yilga kelib, AQSHda qayd etilgan ishsizlik darajasi 25,0 % va Angliyada22,0 % ga etgan edi. Bunday holatni klassik nazariya qoidalari bilan tushuntirib bo‘lmasdi. «Biz yashab turgan jamiyatning eng katta illatlari, deb yozgan edi Keyns,unda aholining ish bilan to‘liq band bo‘lishini ta’minlash imkoni yo‘qligi emas, balki uning boylik va daromadlarini ixtiyoriy ravishda hamda adolatsizlik bilan taqsimlashidir» 11.
Keyns G‘arb iqtisodiyotchilari orasida birinchi bo‘lib, noiloj ishsizlik to‘g‘risidagi tasavvurni batafsil ishlab chiqdi, u bunday ishsizlik yalpi samarali talab etishmasligi oqibatida kelib chiqadi, degan xulosa keladi.
Samarali talab to‘g‘risidagi tasavvur Keyns nazariyasining eng muhim joydir. Agar yalpi talab tadbirkor kutgan darajadan pastroqqa tushsa va shu sababli ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoni bo‘lmasa, deb ta’kidlagan edi Keyns, ishlab chiqarish qisqarishi ro‘y beradi, bu esa ishsizlikka olib keladi. Aksincha, yalpi talab kutilgan darajadan yuqoriroq bo‘lsa, ishlab chiqarish rivojlanishga turtki oladi. Muvozanat o‘rnatilishiga olib keladigan yalpi talab darajasi samarali hisoblanadi.
Aholining noiloj ishsizligi va ish bilan to‘liq bandligi keynscha tushunilishining korreliatori bo‘ladi. Keynsning fikricha, ish bilan to‘liq bandlik - noilojishsizlik nolga teng bo‘lgan holatini aks ettiradi. Bunday holatga, ish bilan band kishilar soni samarali talabning qo‘shimcha kengayishiga javoban hech o‘zgarmaydigan bo‘lganida erishiladi, deb hisoblar edi Keyns.
SHunday qilib, Keynsning bosh g‘oyasi yalpi talab (umumiy xarid qobiliyati) faollashtirilib rag‘batlantirish orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi va taklifga ta’sir etish asosida aholining ish bilan bandligi darajasini oshirishdaniboratdir. Keyns nazariyasining ahamiyati iqtisodiy rivojlanish tahliliga an’anaviy yondashishlarni shunchaki ko‘rib chiqqanlikda emas, balki umumlashma kategoriyalar sifatida real iqtisodiy ko‘rsatkichlarning funksional bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari tadqiq qilinishining umumnazariy negizlarini yaratish, ularning iqtisodiy rivojlanishi va tendensiyalariga bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatib berishdir.
Asarning boshida bu kitobni «Umumiy nazariya» deb ataganligiga sabab, Keyns o‘z xulosalari va dalillarini klassik nazariya xulosalari va dalillariga qarama- qarshi qo‘yish bo‘lgan. Bu nazariya bundan 100 yil oldin yaratilgan bo‘lishiga qaramay, hozir ham amaliy va nazariy fikrlari bilan iqtisodiyotda hukmronlik qilmoqda. Uni yo‘ldan urmoqchi bo‘lganlar uchun ushbu nazariya hayotga amaliy jihatdan tatbiq etilganda halokatli oqibatlarga olib kelmoqda.
Haqiqatan ham, o‘sha yillarda klassik nazariya hukmron nazariya edi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi yoki kam aralashuvi ustuvorlik qilardi. SHuning uchun ham asarda ish bilan bandlikning klassik nazariyasini va avvalo, Piguning «Ishsizlik nazariyasi» kitobini tahlil qilishga shu qadar ko‘p e’tibor berilgan. SHu bilan birga, Keynsning ko‘rsatib o‘tishicha, u mazkur kitobni, unda aholi ish bilan bandligining klassik nazariyasi ancha to‘liq va aniq bayon etib berilgan birdan-bir urinish bo‘lganligi uchun tanqid qilgan.
Dastlab Keyns va uning izdoshlariga bo‘lgan ba’zi umumiy e’tirozlarni ko‘rib chiqamiz. Ularning fikricha, kapitalistik bozor xo‘jaligida ish bilan to‘liq bandlikni kafolatlaydigan hech qanday mexanizm yo‘q, ishsizlik va inflyasiyaning sabablari tashqi sabablarda emas, balki iqtisodiy tuzumning o‘zida yashiringan bo‘lib, u o‘z- o‘zidan hech qachon tartibga solinmaydi.
Keynschilar jamg‘arma va investitsiyalarning foiz stavkasi bilan iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni tartibga solish mumkinligini inkor qiladilar.
Jamg‘armalarning sub’ektlari (asosan, uy xo‘jaliklari) va investitsiyalar (asosan, korxona egalari) turli guruhlardir.
Keyns nazariyasining asosini samarali talab tamoyili tashkil etadi. Uning hisob- kitoblariga qaraganda, korxona egalarining talabi(N), ya’ni mehnat xarajatlarining hajmi jamiyatning iste’molga qiladigan xarajatlariga (DI) va yangi investitsiyalarga qilinadigan xarajatlarga (D2) bog‘liq bo‘ladi. D1+D2 - samaralitalab, aholining ish bilan bandligi esa samarali talabning funksiyasi hisoblanadi. Uning nazarida, bozorga asoslangan kapitalistik takror ishlab chiqarishning muhim muammosi bozorning hajmi, uning tovarlar taklifi ko‘payishiga muvofiq kengayib borish imkoniyatidir.
Klassik iqtisodchilar J.B. Sey va D. Rikardo ta’lim berib kelgan taklif talabni vujudga keltiradi, degan fikrni inkor etib, ularning bir-biriga mos kelmasligini asosladi va samarali talabning umumiy miqdorini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladilar. Faqat samarali talabgina ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va millat farovonligini oshirishgaolib keladi. Samarali talabning etishmasligi ishlab chiqarish quvvatlari ish bilan to‘liq ta’min etilmasligi, ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari pasayib ketishi va ishsizlikka olib keladi. Davlat talabning umumiy hajmiga ta’sir ko‘rsatishi lozim. U talab hajmini kengaytirish bilan ishsizlikning kamayishiga yordam beradi, deydi Keyns.
Keyns investitsiyalar, iste’mol va milliy daromad o‘rtasida miqdoriy aloqa o‘rnatishga katta ahamiyat berdi. Bunda u multiplikator konsepsiyasidan foydalanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalarning ko‘payishi yoki kamayishi sof milliy mahsulotning ko‘p marta ortishi yoki kamayishiga imkon beradi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin: xarajatlar (investitsiyalar) miqdorining o‘zgarishi zanjirli reaksiyani vujudga keltiradi, garchi u so‘nsa ham, sof milliy mahsulotning ko‘p marta o‘zgarishiga olib keladi.
3. Hozirgi zamon neoklassik nazariyalarida aholining ish bilan
bandligi masalalari
Keyns nazariyasi qanchalik mashhur bo‘lishiga qaramay, XX asrning 80-yillariga kelib, inqirozga uchray boshladi. Bu nazariyaga muvofiq jami sarf- xarajatlarning o‘sishi natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi, rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirdi va bu bilan ishsizlikning ortib borish tendensiyasi birmuncha pasaytirildi. Urushdan keyingi yillarda (to 70-yillarga qadar) kapitalistik mamlakatlarning rivojlanishi bu qoidalarni to‘liq tasdiqladi - ishsizlik va inflyasiya kamdan-kam hollarda sodir bo‘ldi. Biroq jahondagi iqtisodiy rivojlanish 70-yillarda iqtisodiyotda yuqori inflyasiyaga olib keldi.
Ingliz professori A. Fillips inflyasiya va ishsizlikning bir-biriga bog‘liqligini empirik tarzda (tajribaga asoslanib) tahlil qilar ekan, u inflyasiya sur’atlari bilan ishsizlik darajasi o‘rtasida teskari proporsional o‘zaro bog‘liqlik borligini aniqladi. U ana shu bog‘liqlikni avvalo «oddiy yoki ilk» egri chiziq shaklida taqdim etdi. Keyinchalik esa unga ayrim tuzatish kiritib, ushbu bog‘liqlikni aniqlashtirdi. Ana shuning uchun bu bog‘liqlikni belgilovchi chizmalarni uning sharafiga Fillips egri chizig‘i deb ataladigan bo‘ldi.
Fillipsning fikricha, inflyasiyaning katta darajasiga ishsizlikning kamroq darajasi mos keladi va aksincha, yuqori darajadagi ish bilan bandlik faqat yuqori inflyasiya sharoitidagina bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy siyosatni belgilovchi va amalga oshiruvchi davlatdan kishilarning vazifasi eng optimal muqobil echimni tanlashdan iboratdir. Bu erda mazkur masala bo‘yicha olimlarning fikrlari bir-biridan farq qiladi. Ayrimlarning fikricha, inflyasiyaning ancha yuqori darajasi va ishsizlikning birmuncha kamroq darajasi yaxshiroq ekan. Biroq inflyasiyaning ortishi aholining barcha qatlamlariga daxldor bo‘ladi va ko‘pchilikning turmush darajasini yomonlashtiradi, holbuki ishsizlik kuchli zarba bersa ham, hammaga taalluqli bo‘lmaydi.
Monetaristlar. 60-yillarda Fillips egri chizig‘idan siyosatchilar iqtisodiy strategiyani tanlash, ya’ni o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq ikki mushkul narsadan eng kamrog‘ini tanlash asosida foydalanib kelganlar.
Biroq, 80-yillardan e’tiboran ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ishsizlikning ortishi narxlarning ko‘tarilishi bilan bog‘liq holda sodir bo‘ldi: stagflyasiya muammosi vujudga keldi. Natijada Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflyasiyaning o‘zaro munosabatidagi real vaziyatni ifodalamay qo‘ydi. Ishsizlik va inflyasiyaga qarshi kurash muammosi Keyns va uning izdoshlari tasavvur qilganidan ham murakkabroq muammo ekanligi ko‘pchilikka ma’lum bo‘ldi. O‘zlarining klassik nuqtai nazarlarida turuvchi turli ilmiy oqimlar keynschilikka qarshi chiqdilar. Ular iqtisodiyotda neokonservatizm nomini olgan yo‘nalishni tashkil etdilar. Neokonservatorlar orasida etakchi o‘rinni monetaristlar egallaydi.
Monetarizm yo‘nalishining asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Milton Fridman(1912) bo‘lib, u iqtisodiyot sohasida 1976 yilgi Nobel mukofotining laureatidir. M. Fridman zamonaviy yangi klassik yo‘nalishning asosiy
namoyandalaridan biridir. Ushbu yo‘nalish namoyandalari taklif etgan
«Ishsizlikning tabiiy me’yori» to‘g‘risidagi gipoteza ish bilan to‘liq bandlik darajasini aniqlashning monetaristik talqinidir. Bunda, mehnatga layoqatli aholining ish bilan to‘liq bandligining umuman iloji chegaralangan bo‘ladi. Hatto kon’yunk- tura nihoyatda qulay bo‘lgan taqdirda ham xodimlarning bir qismi o‘z malakalarini qaytadan oshirishiga zarurat paydo bo‘ladi, chunki ayrim kasblar shunchaki o‘z- o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishi, u yoki bu sabablarga ko‘ra odamlar yashash joylarini o‘zgartirishlari mumkin va hokazo.
Bir qator iqtisodchilarning fikricha, 4-5 % doirasidagi ishsizlikni iqtisodiy jihatdan qoniqarli, tabiiy daraja desa bo‘ladi va uni ijtimoiy muammoli vaziyat deb bo‘lmaydi. Ular mazkur sharoitda ish bilan bandlik darajasiga to‘g‘ri keladigan ishsizlik me’yorini tabiiy daraja deb hisoblaydilar. Zero, tabiiy ishsizlik ish kuchiga bo‘lgan talab bilan qat’iy belgilanadi.
M. Fridman, har qanday chog‘da ham real ish haqi stavkalari tarkibidagi muvozanatga to‘g‘ri keladigan ishsizlik darajasi mavjud bo‘ladi, deb ta’kidlaydi. Ishsizlikning bu darajasida real ish haqi stavkalari muayyan «me’yoriy» sur’atda, ya’ni kapital hosil qilinishi, texnika yangiliklari kiritilishi va boshqa jarayonlar uzoq vaqt davomida uzluksiz saqlanishi mumkin bo‘lgan sur’atda oshish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Basharti, siyosatchilar aholining ish bilan bandligini tabiiy me’yoridan yuqori darajagacha oshirishga urinsalar, narxlarning oshishi bunga birinchi javob bo‘ladi deb baholamoqdalar.
“Ishsizlikning tabiiy me’yori” to‘g‘risidagi nazariyaning zaifligi mehnat bozorida ham, tovar bozorida ham mukammal raqobat bo‘lishi, ish haqining oshib borishi bilan bozorda narxlarni ko‘tarilishini hisobga olmasdan “ishsizlikning tabiiy” darajasini belgilash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi va bu bilan mehnat bozorida muvozanatli vaziyat bo‘lishi shart emas, deb hisoblanadi.
YAngi klassiklar ishsizlikning noilojdanligi va kambag‘allikka qarshi kurash dasturlarini tan olmaydilar. Ularning fikricha, ishsizlik ko‘pincha ko‘ngilli tusda bo‘ladi va ishni «erkin tanlash» natijasida yuzaga keladi: ishdan bo‘shatilgan kishilar kasblari va yashash joylarini almashtirishni xohlamaydilar, kamaytirilgan ish haqiga rozilik bermaydilar. Ba’zida ushbu yo‘nalish namoyandalari eng kam ish haqi darajasini pasaytirish va ishsizlik yuzasidan beriladigan pensiyalarni qisqartirish tarafdori bo‘lib chiqadilar, chunki shu yo‘l orqali aholining ish bilan bandligi oshadi, deb hisoblaydilar.
Fridman pul muomalasi qoidasining mohiyati, muomaladagi pulning har yilgi ko‘payish foizi ichki milliy mahsulotning har yilgi o‘sish foizi bilan mos kelishida narxlarning o‘sishini hisobga olish kerakligi haqida yozadi.
Monetaristlar erkin quvvatlar va ishchi kuchi mavjud bo‘lgan pul massasining o‘sishi narxlarning o‘sishiga olib kelmaydi, deb hisoblaydilar. Buni O‘zbekiston sharoitidagi monetaristlar nazariyasini tariflovchilar ham bilib qo‘yishlari muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |