Reja: Aholi zichligining asosiy ko`rsatkichlari


O`zbekiston Respublikasi aholisining xududiy tarkibi



Download 97 Kb.
bet2/2
Sana14.09.2021
Hajmi97 Kb.
#174191
1   2
Bog'liq
Markaziy Osiyoda demografik jarayonlarini statistik o’rganish

O`zbekiston Respublikasi aholisining xududiy tarkibi

(1.01.02., ming kishi hisobida).



Вилоятлар

Жами аҳоли

Шундан:

Шаҳар аҳолиси,%

Зичлик, 1 кв.км. га киши

Шаҳар аҳолиси

қишлоқ аҳолиси

Ўзбекистон Республикаси

252105,8

9087,0

15048,6

37,6

53,7

Қорақалпоғистон Республикаси

1478,8

713,9

764,9

48,2

8,8

Андижон вилояти

2151,7

642,6

1509,1

29,7

512,3

Бухоро вилояти

1400,8

438,3

962,5

31,2

34,7

Жиззах вилояти

937,7

291,2

64665

31,0

45,7

Навоий вилояти

775,5

314,2

461,3

40,5

6,9

Наманган вилояти

1890,7

711,4

1179,3

37,6

255,5

Самарқанд вилояти

2627,3

720,7

1906,6

27,4

156,3

Сирдарё вилояти

656,1

205,8

450,3

31,3

131,2

Сурхандарё вилояти

1701.8

340.0

1361,8

19,9

89,6

Тошкент вилояти

2326,9

945,4

1381,5

40,6

149,1

Тошкент шаҳри

2142,7

2142,7

-

100,0

-

қашқадарё вилояти

2119,6

542,7

1576,9

25,6

74,1

Фарғона вилояти

26,27,3

766,6

1860,7

29,1

436,9

Хоразм вилояти

1298,7

311,5

987,2

23,9

212,9

Hududi jihatidan eng katta, ammo aholisi bo`yicha eng kichik bo`lgan Turkmaniston Respublikasida zichlik atigi 9 kishini tashkil etadi, xolos. Biroq, bu mamlakatda ham sug`oriladigan kichik vohalarda (Murg`ob, Tajan, qizil Atrek va h.k.) aholi nisbatan tig`iz joylashgan.

Aholi sonining viloyatlararo taqsimlanishini O`zbekiston Respublikasi misolida ko`rish mumkin (jadvalga qarang).

O`rta Osiyo respublikalarining urbanizatsiya darajasi ancha past bo`lib, bu holat qator tarixiy, iqtisodiy va demografik omillariga bog`liq. Mintaqadagi mavjud 175 shahar va 250 shahar tipidagi paselkalarda (shaharchalarda) jami aholining taxminan 40 foizi yashaydi. Bu ko`rsatkich Turkmanistonda birmuncha yuqori (45%). Ammo bunday vaziyat respublika iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini aks ettirmaydi, bilaks, u mamlakatning o`ta qurg`oqchilik sharoitida aholining katta miqyosda hududiy mujassamlashuv imkoniyati yo`qligidan darak beradi.

qirg`iziston aholisining 38 foizi shahar joylariga to`g`ri keladi. Tojikistonda esa bu raqam juda past. Buning ustiga so`nggi 10-20 yillar mobaynida respublika umumiy urbanizatsiya darajasi pasayib bormoqda-ki, bu ham bo`lsa qishloq aholisini shaharliklarga nisbatan ustuvor o`sishi natijasida sodir bo`lmoqda. Masalan, agar 70 yillar o`rtasida Tojikiston aholisining 39 foizi shaharlardan istiqomat qilgan bo`lsa, endi esa bu raqam atigi 30 foiz atrofida.

O`zbekistonda 1999 yil ma`lumotiga ko`ra, 121 shahar va 113 ta shahar tipidagi poselka mavjud. Ularning barchasida mamlakat aholisining 37,6 foizi yashaydi. Ushbu respublikada ham oxirigi yillarda mazkur ko`rsatkich asta-sekin pasayib bormoqda, chunki 80-yillarning ikkinchi yarmida 41 foizdan ortiq aholi shaharliklar hisoblanar edi.

Mamlakat miqyosida urbanizatsiyaning uumumiy demografik darajasi nisbatan Toshkent, Navoiy viloyatlari hamda qoaqalpag`iston Respublikasida yuqori. Shu bilan birga Xorazm va ayniqsa Surxandaryo viloyatida u ancha past.

Umuman olganda, O`rta Osiyo davlatlariga urbanizatsiyaning o`ziga xos xususiyati, ko`proq «sharqona» tusi mos keladi. Bu ham bo`lsa mintaqada kichik shaharlarning ko`pligi, shahar bilan qishloq o`rtasida farqning kamligi, iqtisodiyot va madaniyatining tarixan sug`orish dehqonchiligi hamda savdo, hunarmandchilik va kosibchilik bilan bog`liqligida o`z ifodasini topadi.

Urbanizatsiyaning real holati yoki darajasi yirik shaharlar va ularning murakkab hududiy tizimi bo`lgan aholi joylashuvining aglomeratsiya tiplarida namoyon bo`ladi. Birgina O`zbekistonda 17 ta yirik (ya`ni har birining aholisi 100 ming kishidan ortiq) shaharlar bor. Ular negizida Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro, Nukus, Urganch, qarshi aglomeratsiyalari vujudga kelgan. qolgan respublikalarda ham aholi joylashuvining bunday shakllari mavjud (Bishkek, Dushanbe, O`sh, Xo`jand, Ashxobod, Chorjo`y aglomeratsiyalari).

Katta-kichik shaharlar, qishloqlarning nihoyatda tig`iz joylashuvi ayniqsa qadimdan o`zlashtirilgan vohalarda kuzatiladi. Bunga yaqqol dalil sifatida Farg`ona vodiysini keltirish o`rinli, chunki bu mamlakatlararo regionda juda ko`p shahar va shahar aglomeratsiyalari shakllangan. Ular deyarli bir-birlari bilan tutashib ketishgan, yo`llar va kanallar bo`ylab uzluksiz, zanjirsimon joylashgan. Shu bois ushbu vodiyda o`ziga xos megapolis vujudga kelganki, uni shartli ravishda FANO`X deb atash mumkin (bu qisqartma suz viloyatlar ma`muriy markazlarining bosh harflaridan tarkib topgan, ya`ni u Farg`ona, Andijon, Namangan, O`sh, Xo`jand demakdir).

Tabiiy va demografik omillar, siyosiy-tarixiy voqealar ta`sirida O`rta Osiyoda o`ziga xos xo`jalik tizimi shakllangan. Odatda, qurg`oqchilik mintaqalarida xo`jalik tarkibi ikki asosiy qismdan iborat bo`ladi. Bu ham bo`lsa obikor dehqonchilik va tog`-kon sanoatidir. Ularning asosida qayta ishlash sanoati, ya`ni oziq-ovqat, yengil, qurilish, kimyo va metallurgiya, yoqilg`i-energetika majmualari va boshqalar rivojlanadi.

Ammo, O`rta Osiyo mamlakatlarida turli sabablarga ko`ra xo`jalikning murakkab va mukammal majmuaalari vujudga kelmagan. Uning ustiga sobiq Ittifoq davridagi mehnat taqsimotiga muvofiq ushbu region bitta obyekt yoki hududiy iqtisodiy birlik sifatida qaralgan. Natijada, respublikalarda ko`proq bir-birlarga o`xshash, asosan xom ashyo yo`nalishidagi xo`jalik tarkibi vujudga kelgan edi. Shu bois hozirgi kunda bu davlatlar o`zlarining yaqin, yon qo`shinlaridan bir-birlariga beradigan yoki oladigan mahsulotlar turi juda oz. Bu esa regionda yagona iqtisodiy muhitni tashkil tashkil etishga, o`zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishga biroz bo`lsada xalaqit beradi.

O`rta Osiyo respublikalarida paxtachilik va chorvachilik tarixan rivojlangan. Ularda, shu bilan birga, yoqilg`i-energetika sanoati ham taraqqiy etgan. Agar alohida davlatlar darajasida ko`radigan bo`lsak, O`zbekistonda eng avvalo dehqonchilik (paxtachilik), pilla yetishtirish, qo`ychilik (qorako`l qo`ylari), gaz, ko`mir, rangli metallurgiya, kimyo va qurilish sanoati rivojlangan. Bu respublika dunyo hamjamiyatda o`zining paxta va pillasi, oltin, mis va tabiiy gaz zahiralari bilan ajralib turadi. Hududining ancha kattaligi, demografik salohiyatini kuchliligi ham respublika milliy iqtisodiyotini mustahkamlashga, uning siyosiy-ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli darajada ta`sir etadi.

O`zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo siyosiy-geografik mintaqasining qoq markazida joylashganligi, uning shimoli-g`arbdan janubi-sharqqa tomon uzoq masofada cho`zilganligi, 5 ta mustaqil davlatlar bilan chegaradoshligi (qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston, qirg`iziston va Afg`oniston) mamlakat rivojlanishidagi muhim geografik omil hisoblanadi. Shuning uchun O`zbekistonda ichki va tashqi transport tizimini rivojlantirish, uni jahon bozoriga chiqish uchun qulay, arzon va havfsiz yo`llarni yaratish katta ahamiyatga ega. Ayni paytda bu mamlakatning siyosiy-geografik mavqeini yaxshilashga olib olib keladi.

Turkmaniston Respublikasining rivojlanishida uning qator omil imkoniyatlari qulay sharoit yaratadi. Bu borada eng avvalo uning tabiiy gaz va neft konlariga boyligi, paxta va qimmatbaho qorako`l qo`ylari, gilam va mashhur ahalteki otlarini ta`kidlamoq zarur. qolaversa, mamlakatning geosiyosiy o`rni ham nisbatan qulay-u bevosita xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan Kaspiy dengiziga chiqadi (va u orqali Eron, Ozarboyjon, Rossiya Federatsiyasi, qozog`iston bilan aloqa qila oladi); katta masofada Eron davlati bilan chegaradosh. Yaqinda qurilgan Seraxs-Mashhad temir yo`li esa bu imkoniyatni yanada kengaytiradi, u faqatgina Turkmaniston uchungina emas, balki boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining jahon bozoriga, dunyo okeaniga chiqishiga qulaylik tug`diradi.

qolgan ikki O`rta Osiyo respublikalari-qirg`iziston va Tojikiston ham o`zlarining mustaqil rivojlanishida qator imtiyozlarga ega. Biroq bu imkoniyatlar mamlakat hududining asosan tog`li ekanligi tufayli biroz, qo`shni respublikalarga nisbatan, cheklangan. Shunday bo`lsada, ushbu respublikalarda arzon suv energetikasi hamda tog`-kon sanoatini ustuvor darajada rivojlantirish ularning milliy iqtisodiyotini mustahkamlashda, aholi turmush darajasini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda qirg`iziston va Tojikiston qo`shni Xitoy Respublikasining Sinzyan-Uyg`ur muxtor rayoni bilan transprot-iqtisodiy aloqalarini yaxshilash ham muhim omillardan hisoblanadi.

Mintaqadagi mavjud tabiiy imkoniyatlardan foydalanish negizida sanoat markazlari va turgunlari, iqtisodiy rayonlar va hududiy ishlab chiqarish majmualari vujudga kelmoqda. Bularga Mirzacho`l, qarshi, Angren-Olmaliq, Farg`ona, Buxoro-Navoiy hududiy majmualari misol bo`la oladi.

O`rta Osiyo respublikalari iqtisodiyoti va aholi joylashuvining hududiy tarkibi ham turlicha. Bu esa mintaqa tabiiy sharoit, yer usti tuzilishining turli-tumanligi, yangi rayonlarini o`zlashtirish imkoniyatlariga bog`liq. Masalan, O`zbekiston aholisi va xo`jaligi eng avvalo Farg`ona vodiysida, shuningdek, Zarafshon, Chirchiq-Ohangaron hamda Xorazm vohalarida yuqori darajada mujassamlashgan. Ayni paytda Ustyurt va qizilqum, cho`l va tog`li rayonlarining iqtisodiy va demografik salohiyati ancha past.

Turkmaniston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ham o`ziga xos. qizig`i shundaki, bu mamlakatning xo`jaligi va aholisi asosan chekka rayonlarda-janubda, temir va avtomobil yo`llar, qoraqum kanalini bo`yida, qisman Kaspiy sohilida va Amudaryo bo`yida lentasimon bo`lib joylashgan. Bunday iqtisodiy geografik vaziyat, odatda, tabiiy shariti noqulay va notekis bo`lgan mamlakatlarga tegishli (masalan, qozog`istonda ham huddi shunday holat kuzatiladi.). Buning sababi-mamlakat xo`jaligining hududiy tashkil etilishini ko`proq ichki suv manbalariga bog`liqligidir.

Shu bilan birga tog`li o`lkalar xo`jaligining hududiy tarkibi yoki tuzilishi nihoyatda notekis. Jumladan, qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari hududiy-iqtisodiy jihatdan 2 asosiy (bir-biriga «teskari» joylashgan) bo`laklardan iborat. qirg`izistonda, masalan, mamlakat poytaxti va uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini katta qismi shimolda, ya`ni Chu-Talas vodiysida o`rnashgan. Ikkinchi muhim iqtisodiy rayon esa aks tomonda, ya`ni janubga, Farg`ona vodiysi va unga tutash joylashgan O`sh, Jalolobod va Botken viloyatlarining tog` oldi va tekislik qismlariga to`g`ri keladi. Respublikaning qolgan katta hududida xo`jalik tarmoqlari va aholi manzilgohlari sustroq rivojlangan.

Xuddi shunday -Tojikistonda ham ikki chekka, ammo aholisi zich joylashgan va iqtisodiyoti birmuncha rivojlangan rayonlar mavjud. Mamlakatning poytaxti va uning nisbatan taraqqiy etgan qismi janubda-Hisor vodiysida, ikkinchi rayon tarixan o`zlashtiirilgan Leninobod (Xo`jand) viloyatiga to`g`ri keladi. Vaxsh va qizilsuv vodiylari bu borada ajralib turmaydi, hududi katta bo`lgan Tog`li Badaxshon muxtor viloyatida esa xo`jalik tizimi nihoyatda zaif.

Yana shuni qayd etish joizki, O`rta Osiyoda, ma`muriy-hududiy jihatdan qa`tiy nazar, suv manbalari mavjud bo`lgan joylarda mamlakatlararo o`ziga xos iqtisodiy geografik va demografik rayonlar tarixan tashkil topgan. Bunga tipik misol sifatida Farg`ona vodiysini keltirish mumkin. Ushbu vodiy uchta qo`shni respublikalar (mamlakatlar)ni birlashtiruvchi geografik tugun hisoblanadi. Bu yerda O`zbekiston, Tojikiston va qirg`iziston respublikalarining qadimdan o`zlashtirilgan rayonlari joylashgan. Bunday vodiy va vohalar yer yuzidagi qurg`oqchilik mintaqalarining ko`pchiligiga xosdir.

Inson faoliyati natijasida O`rta Osiyo tabiati ancha o`zgardi; zamonaviy xo`jalik tarmoqlari, sug`orish inshoatlari, transport va boshqa infrastrkutura turlari, shahar va yirik sanoat markazlari barpo etildi. Biroq, bu bilan birga tabiat va jamiyat o`rtasidagi muvozanat ham biroz buzildi. Bunga ayrim hollarda tabiatga noto`g`ri munosabat, tabiat qonunlarini mensimaslik, zanjirsimon kelib chiqadigan oqibatlarni ko`rabilmaslik sabab bo`ldi.

Hozirgi kunda ekologik vaziyat mintaqaning ko`pchilik rayonlarida sog`lom emas. Bu borada eng avvalo hammaga ma`lum bo`lgan Orol bo`yi hududini keltirish o`rinli (ushbu regionda O`zbekiston, Turkmaniston va qozo.iston respublikalarining tutash qismlari joylashgan). O`rta Osiyoda sug`oriladigan yerlarni paxta yakka hokimligini mustahkamlash maqsadida kengaytirish, katta-kichik suv omborlarini ko`paytirish, Amu va Sirdaryo suvlaridan noqilona foydalanish Orol dengizi sathini so`nggi 35-40 yil mobaynida keskin pasayishiga, mintaqadagi ekologik muvozanatni buzilishiga olib keldi. Tuproq, suv va havoning ifloslanishi, ichimlik suvining sho`rlanishi oqibatida aholi salomatligi ham ancha yomonlashadiki, bu ham bo`lsa yuzaga kelgan ekologik fojianing eng muhim hosilasidir. Kasalliklar turi va miqdori ko`paydi, ayniqsa ayollar va bolalar salomatligi yomonlashdi.

Afsuski, ekologik holat faqatgina Orol bo`yidagina ko`ngilsiz emas: Ohangaron vodiysida, Chirchiq vohasi, Navoiy shahri atroflarida ham bu vaziyat ijobiy tomonga o`zgartirishni talab etadi. Aytish lozimki, ushbu regionlarda atrof-muhitning ifloslanishi asosan sanoat korxonalari va markazlarini noto`g`ri joylashtirish, zamonaviy texnologiyaning kamligi tufayli sodir bo`ladi.

Taxminan shunday holat Hisor va Chuy vodiylarida ham kuzatiladi. Ayniqsa Hisor vodiysidagi (Dushanbe yaqinidagi) sement va Regar shahridagi alyuminiy zavodi ekologik vaziyatning buzilishiga sabab bo`lmoqda. Farg`ona vodiysida esa ekologik holat iqtisodiy sharoitlar bilan bir qatorda antropogen (inson) omil ta`sirida ham shakllangan. Bundan tashqari, vodiyning geografik shakli-uning yopiq ekanligi ushbu vaziyatni yanada yomonlashuviga olib keladi. Xuddi shunday geografik holat Ohangaron vodiysiga ham mansub.

Ayni paytda yangi o`zlashtirilgan yerlarda-Mirzacho`l, Jizzax, qarshi cho`llarida, Turkmanistondagi qoraqum kanali bo`ylarida yer osti suvlaring sathi ko`tarildi, tuproqning qayta sho`rlanish hollari kuchaydi. Sug`orishga sarf etilgan suvlarning daryolarga qaytib tushmasligi sababli mintaqa xaritasida yangi-yangi su`niy ko`llar vujudga keldi (Xaydarko`l, Sariqamish va h.k.).

Sug`orish va yerlarni o`zlashtirish maqsadida qurilgan juda ko`p suv omborlarining oqibati ham uncha yaxshi bo`lmadi. Xususan tog` yonbag`rilarida barpo etilgan suv omborlarining quyi qismida yer osti suvlarining sathi ko`tarilgan, natijada yer zahlanib, uy-joy qurilishiga, aholi salomatligiga, bog`dorchilik va mevachilikka katta zarar yetkazilmoqda.

qurg`oqchilik mintaqalaridagi yuzaga kelgan muammolar ichida xo`jalik qurilmasining to`la shaklanmaganligi ham katta o`ringa ega. Bu yerda asosan tog`-kon sanoati , xom ashyo qazib olish ko`proq rivojlangan, ishlab chiqarish jarayonining «yuqori quvvatlari», texnologik zanjirning davomi, aholi ehtiyoji uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish esa endi yo`lga qo`ylmoqda.

Aholi joylashuvi bilan bog`liq yana bir dolzarb muammo-mavjud mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanishdir. Hozirgi paytda barcha O`rta Osiyo mamlakatlarida mehnat zahiralaridan yetarlicha foydalanilmayapti. Garchi rasmiy, tegishli tashkilotlarda-mehnat birjalarida ishsizlar soni oz bo`lsada, uning real miqdori ancha ko`p. Bu esa ayrim mintaqalarda sotsial tanglikka, geokriminogen vaziyatning keskinlashuviga sabab bo`ladi.

Aholining nisbiygina emas, balki mutloq ko`pligi asosan qadimdan o`zlashtirilmagan, yer maydoni tanqis hududlarda keskin namoyon bo`lmoqda. Bunday holat esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, aholining turmush darajasiga sezilarli darajada ta`sir qiladi .

Bu va boshqa muammolarning yechimi ko`proq transprot shahobchalarini rivojlantirish, xorijiy sarmoyalar asosida va zamonaviy texnologiya yordami bilan yangi-yangi korxonalarni qurish, malakali ishchi kadr va mutaxassislarni tayyorlash mavjud mehnat resurslaridan to`laroq va samaraliroq foydalanishga bog`liq. Respublika iqtisodiyotini bu jihatdan, fikrimizcha, ham «pastdan» ham «yuqoridan» qurmoq darkor, ya`ni mavjud korxonalar uchun zarur hom ashyo va tayyorlov bazasini yaratish, ularni kerakli dastgoh va asboblar bilan jihozlash va ayni paytda ishlab chiqarish jarayonning uzluksizligini tayyor mahsulot olishga qadar bo`g`inlari bilan to`ldirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

qurg`oqchilik va ekologik muhit yomonlashgan rayonlarda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash kechiktirib bo`lmaydigan muammolar sirasiga kiradi. Zero aholi salomatligi, sog`lom avlodni voyaga yetishtirish eng avvalo uning ichadigan suvining sifatiga bog`liq.

Albatta, tabiiy sharoit har xil bo`lgan rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarini hamma joyda ham bir xil va ayni davrda bir darajada rivojlantirish mushkul masala. Shu bois, xo`jalik hududiy tarkibidagi ma`lum miqyosda nomutanosiblikning saqlanib qolish tabiiydir. Bunday sharoitda mamlakatning turli rayonlarida yangi-yangi sanoat markazlari, o`sish «qutblari»ni yaratish zarur. Bu borada xorijiy davlatlardagi ijobiy tajribalardan foydalanish, bozor iqtisodiyoti infrastrukturasini joriy etish ahamiyatidan xoli emas.

Shuningdek, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda va ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida mustaqil mamlakatlarning mintaqaviy va demografik siyosatini ilmiy asosda yaratish, uni izchil amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishni davlat tomonidan boshqarib borish va tartibga solish ham o`ta muhim vazifalardandir.

A d a b i yo t l a r

1.Baburin V.L., Mazurov Y.L, Geograficheskiye osnovi upravleniya. M, 2000

2.Golubchik M.M., Yevdokimov S.P., Maksimov, G.I., Istoriya geografii-(Smolensk, 1998)

3.Grigoryev A.G. Geografiya v sovremennom mire.-M, Prosveheniye, 1999.

4.Karimov I. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari. –T:O`zbekiston, 1997.

5.Mashbits Y.G. Osnovi stranovedeniya.-M: Prosvedeniye, 1999.

6.Maksakovskiy V.P. Istoricheskaya geografiya mira.-M., 1999.

7.Proxorov B.B. Prikladnaya antropoekologiya.-M., 1998.

8.Ratanova M.P. Ekologicheskiye osnovi obhestvennogo proizvodstva.-Smolensk, 1999

9.Saushkin Y.G. Ekonomicheskaya geografiya: teoriya, metodi, praktika.- M:Misl,1978.

10.Soliyev A., Mallaboyev T. Iqtisodiy va sotsial geografiyada ayrim qonuniyatlarni o`rganish metodikasi. -T.,1988.

11.Soliyev A. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning dolzarb masalalari.-

T., 1995.

12.Soliyev A. Mahamadaliyev R.Y. Iqtisodiy geografiya asoslari.-T., 1996

13.Soliyev A., Karshiboyeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari.-T.,1999.

14.Sharigin M.D. Osnovniye problemi ekonomicheskoy i sotsialnoy geografii.-Perm,1997.

15. g.f.d., prof. Soliyev A.S dots. Jumaxonov Sh. Iktisodiy va sotsial geografiya. Ma`ruza matni



16. WWW.ZiyoNet.uz
Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish