Доимий аҳоли - бу аҳолини рўйхатга олиш даврида қайси жойда бўлишдан қатъий назар муайян худудда доимий яшовчи кишилар йиғиндисидир.
Мавжуд аҳоли –маълум ҳудуддаги барча яшовчи кишилар, яъни доимий яшаётган кишилар ва вақтинча бошқа ҳудудлардан келганлар йиғиндисидан ташкил топади.
Аҳоли тоифалари ўртасида қуйидаги тенгликлар мавжуд:
DA = MA + Vyo`q – Vyash
MA = DA + Vyash – Vyo`q
бу ерда: DА - доимий аҳоли сони; МА - мавжуд аҳоли сони;
Vyo`q – вақтинча йўқ аҳоли сони;
Vyash – вақтинча яшовчи аҳоли сони.
Ro'yxat o'tkazish va joriy hisoblashlar yordamida aholi soni. odatda yil boshidagi sana bilan aniqlanadi. Biroq, ma'lum sanada aniqlangan aholi soni makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash uchun qo'l kelmay qoladi. Masalan, jon boshiga to'g'ri kelgan yalpi ichki mahsulot. milliy daromad, yalpi daromad kabi ko'rsatkichlar aholining yil boshidagi yoki yil oxiridagi soniga asoslanib etnas, balki uning ohtacha soniga asoslanib hisoblanadi.
Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin.
1.Agar aholi soni faqatgina yilning boshi va oxirida keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
-aholining o’rtacha soni
A1- Yil oxiridagi aholi soni:
A0- Yil boshidagi aholi son:
Tumanda mavjud aholi soni 2019 yil boshiga 275 ming kishini tashkil etgan, joriy yida 2423 nafar chaqoloq dunyoga kelgan. Yil davomida 1846 kishi vafot etgan, vaqtincha yashash uchun 2530 kishi kelgan va vaqtincha ketganlar soni esa 1840 kishiga to‘g‘ri kelgan. Tumandagi 2019 yildagi o‘rtacha aholi sonini aniqlang.
A1 = A0 + ( Atug- Ao’l ) + ( Akel - Aket )=275000+(2423-1845)+(2540-840)= =275000+578+700=276278 киши
Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo'lsa. u holda aholining o'rtacha soni o‘rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi:
Тумандаги доимий аҳоли сони бўйича қуйидаги маълумот келтирилган.
2020-йил I-ярим йилликда аҳолининг ўртача сони 137,4 киши, III –чоракда аҳолининг ўртача сони 140,1 киши, 1 октябрда 139,4 минг кишини, 1 ноябрда 140,2 минг кишини, 1 декабр 141,3 минг кишини 2021- йил 1 январда 141,9 минг кишини ташкил этган. Ушбу маълумотлар асосида аҳолининг IV-чорак, иккинчи ярим йилликда ва йиллик ўртача сонлари аниқлансин.
Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar bo'yicha teng bo'lmagan intervallarda keltirilgan bo‘lsa, u holda aholining o'rtacha soni o'rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi:
Bu yerda: - yonma-yon keltirilgan aholi sonining o'rtachasi; t - vaqt oralig'i (oy, kun va h. k.)
Statistika aholi tarkibini quyidagi belgilar bo'yicha o'rganadi: umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati);
- Aholining milliy tarkibini tavsiflovchi belgilar (millati. ona tili. fuqaroligi);
- Mehnat resurslarini tavsiflovchi belgilar (ishlash joyi, kasbi, mutaxassisligi);
- Aholining sotsial tarkibini tavsiflovchi belgilar (ijtimoiy guruhi. yashash manbaalari);
- Aholining madaniy-ma'rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar (ma’lumoti, ta'lim olish, mafkurasi va boshq);
- Aholining hududiy joylashishini tavsiflovchi belgilar (shahar. qishloq. viloyat. rayon va h. k.).
Aholi tarkibida erkak va ayollar sonining o‘zaro mutanosibligi va ularning yosh jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lishi nikohlanishi darajasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi va aholining ko‘payishi jarayonida asosiy demografik zamin hisoblanadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida ijtimoiyiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda demografik omillarga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Aholining yosh tarkibini iqtisodiy baholash nihoyatda muhim, sababi aholining iqtisodiy farovonligi mehnatga qobilyatli yoshdagi ishdagi band bo‘lgan aholining soni bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga tushadigan yuklamani o‘rganish lozim.
Demografik yuklama har ming nafar mehnat resurslariga nisbatan, 15-55 yoshdagi aholiga to‘g‘ri keladigan bolalar, qariyalar soniga nisbati bilan ifodalanadi:
Demografik yuklama
Aholining keksayishi hozirgi davrda zamonaviy demografik hodisa hisoblanib, uning rivojlanish intensivligi turlicha bo‘lsada, barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lmoqda
Aholining keksayishi aholi umumiy sonidan nafaqa yoshdagilar ulushining ortishi, yoshlar salmog‘ining kamayishi, shu bilan bir vaqtda mehnatga layoqatli aholi sonining ortishida o‘z ifodasini topadi. Inson umrining keksalik davrini tavsiflovchi turlicha yondashuvlar mavjud. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasnificha 60-74 yoshdagilar-qariyalar, 75-89 yoshdagilar – keksalar, 90 va undan yuqori yoshdagilar-uzoq umr ko‘ruvchilar hisoblanadi.
BMT demograflari demografik qarish darajasini baholash yuzasidan 3 bosqichli shkala ishlab chiqilgan:
Aholining keksayish chegrasi
Bosqich 65 va undan yuqori yoshdagilar ulushi, % hisobida
I 4 dan kam demografik yosh
II 4-7 qarish bo‘sag‘asida
III 7 va undan bqori demografik qarish
O‘zbekiston aholisining keksayish darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: |