Kashfiyotlar silsilasi
Ibn Sino Jurjon shahrida istiqomat qilgan paytlarida shaharning geografik uzunligini o’z davri uchun butunlay yangicha usulda aniqlab bergan. Bu usulYevropada 500 yildan keyin. 1514 yili astronom Verner tomonidan qaytadan kashf qilingan.Allomaning, ayniqsa,tibbiyot sohasida ta’limoti bebahodir. Bobokalonimizning bemorga tashxis qo’yish usullaridan ayrimlari hozircha ham qadrini yo’qotgani yo’q.
U abadiy davom etadi
Istiqlol – Abu Ali Ibn Sinoning izzat-hurmatini, qadrini, xotirasinigina emas, uning g’oyalarini ham tikladi. Bobokalonimiz “Aqsom al-ulum al aqliya”(Aqli ilmlar tasnifi) asarining amaliy falsafa qismida insonlar o’zaro totuv,hamkorlikda, bir-birlariga ko’mak berishga shay holatda yashasalar,o’zaro kelishilgan qonunlar asosida jamiyatda adolatni barqaror qilsalar,yuksak axloqiy hislatlar:to’g’riso’zlik,qat’iyat,kamtarlik,jasurlik, sofdillik, tashabbuskorlik jamiyat va uning a’zolari fazilatiga aylansa,qabul qilingan qonunlar ustuvor bo’lsa,unga bo’ysunib ish yuritish taomilga kirsa,ideal jamiyat shu mavjud dunyoda barpo rtish mumkin,deb ta’kidlaydi.Mustaqilligimizning ilk kunlaridan bugunga qadar biz Yurtboshimiz rahnamoligida ana shunday barqaror jamiyat sari qadam tashlanayotganini ko’ramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |