- — -rr
iU
Berilgan masalani yechish natijasida 42 kg pecheniyni joylash
uchun 7 ta bir xil yashik kerakligini topamiz. So‘ngra o'qituvchi
teskari masala tuzishi, ya’ni masalaga shunday o ‘zgartirish
kiritishi kerakki, natijada masalada izlanayotgan noma'lum (7
ta yashik) berilgan son bo‘lib, berilgan sonlardan biri esa,
masalan 5, izlanayotgan son bo‘lsin. 0 ‘quvchilar yangi masalani
ifodalaydilar: «7 ta bir xil yashikka 42 kg pecheniy joylash
mumkin. 30 kg pecheniyni joylash uchun shunday yashiklardan
nechta kerak?» Jadvaldan ko‘rinadiki, bunday teskari masalaning
yechilishida 5 soni chiqdi, demak, berilgan masala to ‘g ‘ri
yechilgan.
2 0 4
Qolgan ikkita teskari masala ham shunga o ‘xshash yechiladi.
Ularda berilgan masalaning izlanayotgan miqdori ma'lum (7),
berilganlardan biri esa (aw al 30, so'ngra 42), nom a’lum bo‘lib
qoladi. Masalaning yechimini tekshirish uchun mumkin bo‘lgan
teskari masalalarni tuzish va yechish zaruriyati yo‘q. Mumkin
bo‘lgan bitta teskari masalani tuzish va uni yechish bilan
cheklanish mumkin.
3. Masalani turli usullar bilan yechish. Agar masalani boshqa
usul (usullar) bilan yechish mumkin b o ‘lsa, unda bir xil
natijalarning hosil qilinishi masala to ‘g‘ri yechilganini tasdiq-
laydi. Quyidagi masalani ko‘ramiz: «Mehnat darsi uchun 100
so‘mdan 4 g‘altak oq ip va shu bahoda 6 g‘altak qora ip sotib
olindi. Bu iplar uchun qancha pul to‘langan?»
I usul: 100 • 4 + 6 • 100 = 400 + 600 = 1000 (so‘m).
I I usul: (4 + 6) • 100 = 10 • 100 = 1000 (so‘m).
Masalani ikkinchi usul bilan yechganimizda yig‘indini songa
ko'paytirdik, birinchi usul bilan yechishda esa har bir qo‘shi-
luvchini shu songa ko‘paytirdik va hosil bo‘lgan natijalarni
qo‘shdik.
4. Javob chegaralarini belgilash (taxminiy javob). Tekshirish-
ning bu usulini qo‘llash shundan iboratki, masalani yechishga
qadar o'quvchilar masalaning javobi qaysi oraliqda bo‘lishini,
berilgan sonlarning birontasidan katta yoki kichik bo'lishini
aniqlaydilar. Agar javob aniqlangan chegaralarga mos kelmasa,
demak masala noto‘g‘ri yechilgan bo'ladi. Bu usul ayrim hol-
larda yechimning noto‘g‘riligini aniqlashga imkon beradi. Bu
usul boshqa tekshirish usullarini rad qilmaydi. Misol sifatida quyi-
dagi masala yechimini tekshirishni ko‘ramiz: «Vali 2 quti qalam
sotib oldi. Po'lat shunday qalamdan 5 quti sotib oldi. Vali qalam-
larga 400 so‘m to'ladi. Po‘lat qalamlarga qancha to'lashi kerak?»
Masalani yechishga qadar bunday suhbat o‘tkaziladi:
— Siz nima deysiz, kim qalamlar uchun ko‘p pul to ‘lagan?
(Po'lat).
— Nima uchun? (U ko‘proq quti qalam sotib oldi).
— Javobda yana nimani esda tutish kerak? (Javobda 400
dan katta bo'lgan son hosil bo‘lishi kerak).
— Agar javobda 400 dan kichik son chiqsa, unda masala
noto‘g‘ri yechilgan bo'ladi.
0 ‘qituvchi darsga tayyorlanishida ko'rgazmalardan foyda-
lanishi kerak.
2 0 5
7.
M a s a l a
u s t i d a
i s h l a s h d a
m u s t a q i l
r a v i s h d a m a ’ l u m b i r t i z i m n i b e l g i l a b o l i s h v a
b u t i z i m n i t a t b i q q i l i s h m a l a k a s i .
0 ‘quvchilar yuqorida ko'rib o ‘tilgan malaka va ko‘nikmalar-
ning har birini ishonch bilan egallashdan tashqari, har birining
masala xususiyatlarini hisooga olgan holda bir-biriga bog‘lab
o'rganishlari muhimdir.
Topshiriqlar yoziladi va o'quvchilar masalalar yechishda ko‘r-
gazmalarda ko‘rsatilgan topshiriqlarni qat'iy ma’lum tartibda
bajarib, o'quvchilar masala ustida ishlash malakasini egallab
boradilar, ularda masala ustida ishlashning umumiy metodi
tarkib topa boradi.
Rasmga qarab masala tuzing va masala yechimini tahlil qiling:
700 so'm.
1000 so'm.
a) rasm bo‘yicha masala tuzing va yeching. Bitta koptok
necha so‘m turadi?
b) jami pulga ikkita sumka olish mumkinmi?
Masala ustida ishlash rejasi
1. Masalani o‘qing va masalada nima to‘g‘rida gapirilayot-
ganini o ‘zingizcha tasaw ur qilib ko‘ring.
2. Masalada nima m a’lum va nimani bilish kerakligini bilib
oling. Agar masala mazmunini tahlil qilish qiyinlik qilsa, uni
qisqacha yozing.
3. Har bir son nimani ko‘rsatishini qisqa yozuv bo‘yicha
tushuntirib bering va masala savolini qaytaring.
4. Masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, o ‘ylab
ko‘ring, agar mumkin bo‘lmasa, nima uchun mumkin emasligini
tushuntiring? Oldin nimani, so‘ng nimani bilish mumkin?
Yechish rejasini tuzing.
5. Yechishni bajaring.
6. Yechishni tekshiring va javobini yozing.
7. 0 ‘z-o‘zingizga «qiziq» savollar bering va shu savollarga
javob toping.
2 0 6
Har bir masalani yechishda keltirilgan rejaga qat’iy amal
qilish umuman shart emasligini nazarda tutish kerak. Agar,
masalan, tanish ko'rinishdagi masala berilsa va o'quvchi uni
birinchi marta o'qishdan keyinroq yechish yo'lini tasaw ur qila
olsa, rejaning hammasini qat’iy bajarish ortiqcha vaqt sarflashga
sabab bo'lar edi. Bunday holda o ‘quvchi masalani tez yechadi
va yechimni tekshiradi. Bitta masalaning o‘zini ba’zi o ‘quvchilar
birdaniga yechishlari mumkin, boshqa o'quvchilar qisqacha
yozish bilan yechishlari mumkin va hokazo. Agar o‘qituvchi,
masalan, bolalar qisqacha yozishni qanchalik bilishlarini aniq-
lashni xohlasa, o'quvchilarning hammasidan qisqacha yozishni
bajarishlarini yoki masalaga oid chizma chizishni talab qilishi
mumkin. Bolalarga eslatma yordamida qanday ishlash mumkin-
ligini tanishtirishni bunday amalga oshirish mumkin:
— Bugun siz masala ustida boshqacha ishlashni o‘rganasiz.
Qo‘lingizdagi ko‘igazmalarda yozilgan topshiriqlardan foyda-
lanib, masalalar yechamiz. Agar siz ko‘rgazmalardan foydala-
nishni bilib olsangiz, masalani mustaqil yecha olasiz.
Masalan, «Bochkada 40 chelak suv bor edi. Gullami sug‘o-
rish uchun ertalab 12 chelak, kechquran 15 chelak suv olindi.
Bochkada necha chelak suv qoldi?»
— Qumri, birinchi topshiriqni o ‘qing. ( 0 ‘quvchi eslatmadagi
birinchi topshiriqni o'qiydi).
— Topshiriqni bajaring. (Hamma masalani ichida o‘qiydi).
— Po‘lat, ikkinchi topshiriqni o'qing. ( 0 ‘qiydi).
— Topshiriqni daftarlaringizda bajaring. Karim esa doskada
bajaradi. (Karim doskaga masalani yozadi):
Bor edi — 40 chelak.
Olindi
— 12 va 15 chelak.
Qoldi
- ?
Karim qisqa yozish bilan birga, masalani tahlil ham qiladi,
ya’ni nima ma'lum, nima noma'lumligini aniqlaydi.
— Rahim, uchinchi topshiriqni o ‘qing. ( 0 ‘qiydi).
— Jo‘ra sonlar to ‘g‘risida savollar beradi, siz esa unga javob
bering.
Jo ‘ra: — Guli, 40 soni nimani ko'rsatadi?
Guli: — Bochkada qancha suv bo'lganini.
Jo ‘ra: — Ahmad, 12 soni nimani ko‘rsatadi?
Ahmad: — Sug‘orish uchun ertalab qancha suv olinganini.
Jo ‘ra: — Gulsum, 15 soni nimani ko'rsatadi?
2 0 7
Gulsum: — Kechqurun sug'orish uchun qancha suv olinganini.
Jo ‘ra: — Surayyo, masalada nimani bilish talab qilingan?
Surayyo: — Bochkada qancha suv qolganini. (Keyinchalik
bu topshiriqni bir o'quvchi bajarishi mumkin).
Esiatmaning boshqa topshiriqlari ustida ham xuddi shunday
ish olib boriladi. Masala tahlil qilinganidan so‘ng o'quvchilar
masaianing quyidagi yechimiga ega bo'ladilar:
40 - (12 + 15) = 40 - 27 = 13 (chelak).
J a v o b : 13 chelak.
Qaralayotgan masalada tekshirishni masalani boshqacha ikki
usul bilan yechish orqali olib borish maqsadga muvofiqdir
(sondan yig‘indini ayirish xossasidan foydalaniladi).
I I usul:
(40 - 12) - 15 = 28 - 15 = 13 (chelak).
J a v o b : 13 chelak.
I I I usul:
(40 - 15) - 12 = 25 - 12 = 13 (chelak).
J a v o b : 13 chelak.
Javoblarni taqqoslab, o'quvchilar masalani birinchi usulda
yechilgandagi kabi javob hosil qilganiiklariga ishonch hosil
qiladilar. Bu yerdan masala to‘g‘ri yechilgan, degan xulosa
chiqarish mumkin. Masala yechib bo‘lingandan keyin bolalarga
«qiziqarli» savollarni berish mumkin.
— Qiziq savollarni hozircha men beraman, keyinchalik sizlar
ham o'rganib olasizlar, — deydi o'qituvchi. Mana bu savolni
eshiting:
— Qanday shartda javob 13 dan kichik son hosil bo‘ladi?
(Agar ertalab sug‘orish uchun ko‘proq chelak suv olingan bo‘lsa,
agar kechqurun sug'orish uchun ko'proq chelak suv olingan
bo‘lsa, agar bochkada kamroq chelak suv bo‘lsa).
Bunday ish natijasida o‘quvchilar topshiriqlar bilan aniqlan-
gan ishlash usullarini o'zlashtiradilar, ularni masalalar yechishda
qoilaydilar, bu — masala ustida ishlash metodidir.
Masalani yechib boiingandan va tekshirishdan so‘ng masala
ustida qo‘shimcha ishlash foydalidir. (Bunday ishlardan biri
yuqorida o ‘qituvchi «qiziqarli» savollar berganida amalga oshi-
riladi).
208
Maktabda masalalar yechish ustida ishlashning quyidagi
turlari ishlatiladi:
1. Masalani boshqacha usul bilan (agar mumkin bo‘lsa)
yechish.
2. Masalani almashtirish — teskari masala tuzish va uni yechish.
Ko'rsatilgan bu ikki xil ish usuli bir vaqtning o'zida masalani
tekshirish usullari hamdir.
3. Masala shartida elementlami o'zgartirish:
a) shartlardan birini o'zgartirish;
b) berilganlardan birini o‘zgartirish (masalan, yuqorida ko‘ril-
gan masalada «qiziqarli» savollami taklif qilib, berilganlardan
birini o'zgartirib, savollarga javob olgan edik);
d) masala savolini o'zgartirish («Bir tokchada 12 ta kitob,
ikkinchisida esa undan 3 ta kam kitob bor. Ikkinchi tokchada
nechta kitob bor?», degan masalani yechgandan so‘ng, bola-
larga masala savolini u ikki usul bilan yechiladigan qilib o‘zgarti-
rishlar taklif qilinadi);
e) yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan ikkitasini va bir nech-
tasini o'zgartirish.
Masala ustida qo'shimcha ishlash o‘quvchilarning yechila-
yotgan masala mazmunidagi miqdorlaming munosabatlarini va
bogianishlarini, masalani almashtirishda, o‘zgartirishda yoki
kengaytirishda hosil boiadigan o'zgarishlarni yaxshi tushunish-
lariga yordam beradi.
Shu maqsadda o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishning
quyidagi tizimi amalga oshirilmoqda:
1. 0 ‘quvchilar oldin muhokama qilingan va sinf doskasida
yozilgan masala yechimini o‘z daftarlariga mustaqil ravishda
yozadilar.
Bu holda o ‘quvchilardan uncha ko‘p mustaqillik talab qilin-
maydi, chunki masala yechilgan, tushuntirilgan, yozilgan.
Shunday hollar boiadiki, bunday ishni ham o'quvchilar
xatosiz bajara olmaydilar. Bu holda o ‘qituvchi o ‘z ishini tahlil
qilib ko‘rishi kerak; ya’ni u o‘z ishini to ‘g‘ri olib boryaptimi,
o‘quvchilaruni o‘igatishlarini tushunyaptilarmi, bu ishda sinfning
hamma o ‘quvchilari qatnashmoqdami, o ‘rgatishda shoshma-
shosharlik yo‘qmi, awalgi material o'zlashtirilganmi.
2. 0 ‘quvchilar mustaqil ishlashining ikkinchi bosqichi masala
sharti tahlil qilingandan so‘ng va yechish rejasi tuzilgandan
so‘ng masalani yechishdan iborat. Yechim doskaga yozilmaydi,
14
—
Do'stlaringiz bilan baham: |